Avstraliya: Avstraliya Bosh Vaziri Julia Gillard Avstraliya hukumati Shimoliy Koreya tomonidan oʻtkazilgan yadroviy sinovni qattiq qoralashini bildirdi.[9] AQSh: AQSh Prezidenti Barack Obama sinovni xoinona va mintaqa barqarorligiga rahna soluvchi harakat, deb atadi.[10] U AQSh va uning ittifoqdoshlarini himoyalash yoʻlida ishlar olib borishini bildirdi.[11] Birlashgan Qirollik: Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Kotibi William Hague bunday amallar Koreya yarimorolida osoyishtalik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi, dedi.[12] Eron: Eron Tashqi Ishlar Vazirligi vakili Ramin Mehmanparast barcha yadroviy qurollar yoʻq qilinishi kerak, dedi.[13] Fransiya: Fransiya Prezidenti François Hollande sinovni qattiq qoralashini va BMT Xavfsizlik Kengashi bilan birgalikda javob amallarini ustida ishlashga roziligini bildirdi.[14] Hindiston: Hindiston Tashqi Ishlar Vazirligi Shimoliy Koreyani mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi bunday amallardan oʻzini tiyishiga chaqirdi.[15] Isroil: Isroil Tashqi Ishlar Vazirligi KXDR olib borayotgan bu ishlar ustidan xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin choralar koʻrilishi lozim, deb bayonot qildi.[16] Kanada: Kanada Tashqi Ishlar Vaziri John Baird Shimoliy Koreyaning bu sinovi mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka xatar solishini aytdi.[17] Olmoniya: Olmoniya Tashqi Ishlar Vaziri Guido Westerwelle sinovni qattiq qoraladi va xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaga nisbatan keskinroq choralar koʻrishga chaqirdi.[18]