Koreya tarixi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/38
Sana01.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#293885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
Valeriy Xan. Koreya tarixi (1)

Koyon  Kaya
 va  Sokaya bo'lgan.  A fsonaga ko'ra,  ularning asoschilari 
osm ondan  tushgan  6  ta  oltin  tuxum   bo'lgan   ("Sam gu k  yu sa"da 
yozilgan  "K arak  davlati  haqida  yozu vlar").  M azkur qabilalam ing 
birlashuvi  natijasida  Kaya  nomi  paydo  bo'lgan.  Koguryo,  Pekche 
va  Silladan  farqli  ravishda  bu  yerda  konfederativ  respublikalar 
mavjud  bodib,  ularning  har  biri  m ustaqil  siyosat  olib  borishgan. 
H ududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oralig'idagi hudud 
sanaladi.  A fsonaga  ko'ra,  Kaya  42 -  562 yillarda  m avjud  bo'lgan.
Kaya  qabilalarining  birlashuvi  m azkur  davlatning asoschisi  va 
birinchi  hukm dori  Kim  Suro  (afsonaga  ko'ra,  eram izning  42  yili- 
dan  boshlab  hukm ronlik  qilgan  va  158  yil  yashagan)  tom onidan 
Kim kvan  Kaya  atrofida  kechgan.  U ning  rafiqasi  hind  m alikasi  Xo 
X v an -o k  bo'lgan.  M a'lum   vaqt  o‘tib  Kaya  qabilalari  m arkazi  Te- 
kayaga  o'tgan.  Kaya  Koguryo,  Pekche  va  Sillaning  tajovuzlari  os- 
tida  qolgan.  Kaya  hokim iyati  tarqoq  boTib,  oxir-oqibatd a  barham  
topgan.  Bu jarayon dasllab Kim kvan  Kayada  (532  y.),  so'ngra  Teka 
(562  y.)da sodir boTdi.
U ch  p o d s h o lik n in g  iq tis o d iy  
Koreys  davlatida  yerga  xususiy
va ijtim o iy  -  siy o siy   ta v s ifi 
m ulkchilik  boTm agan.  Davlatni
m ustahkam lash  uchun  am al- 
dorlarga hadya etish  tizim iga asoslangan yerga davlat egaligi  (van) 
qaror  topa  boshlagan.  H ukm dorlar  am aldorlarga  yerdan  vaqtinc- 
halik foydalanish uchun hadya etishgan yoki dehqonlar orqali y e r- 
m ulklaridan  foydalanishgan.
M ustabid  hokimiyatga  ega  boTgan  ilk  koreys  davlatida  monar- 
xiyaga  asoslangan  van  hokimiyati  boTgan.  Koguryo  vani  M obona- 
ning  (48-53)  zulm korligi  haqida  "Sam guk  sagi"  shunday  yozadi: 
"K u n d an -kun ga van yanada qattiqqo'1 va zulm kor boTib borm oqda, 
qachon u o‘tirsa, odam lar u o'tirishi uchim  joy hozirlashgan,  qachon
www.ziyouz.com kutubxonasi


34
III  Bob.  UCH   PO D SH O LIK   D A V RI
u  yotsa,  unga  yostiq  qo'yishgan,  agarda  kim da-kim   gap  qaytarsa, 
yovuzlik  bilan  shavqatsizlarcha  o ld irilgan   Agar  xizm atchilaridan 
birortasi  tushuntirishga  urinsa,  u  kamondan  otib  o'ldirilgan.  Pekc- 
helik  van  Kinchxo  haqida  Kim  Busik  shunday  m a'lum ot  beradi: 
"U   qahrli  va  qattiqqo'l,  rahmsiz,  pastkash  va  injiq,  kuch-qudratga 
tayangan.  Shu  sababli  odam lar  undan  nafratlanganlar".  Barcha 
davlatlarga kuchli  tabaqalanishm avjud bo'lgan.  Silladagi  tabaqaviy 
tizim  kolpxum  deb  nomlanib,  u  qarindoshchilikka  asoslangan.  Ush- 
bu  tizim  uch  kom ponentdan  iborat  bo'lgan.  Birinchi  va  ikkinchisi 
hukm dorlar  xonadoniga  tegishli  bo‘lgan  qon-qarindoshlar  guruhi: 
1)  songol  ("oqsu yaklar")  -   podsholar  sulolasi  vakillari  (Pak,  Sok  va 
Kim  sulolalari  avlodlari);  2)  chingol  ("haqiqiy  suyak")  -   singollar 
avlodining  asosiy  chizig'i  va  Sillaga  asos  solgan  chinxan  jam oasi- 
ning  avlodlari.  Uchinchi  kom ponent  ko'pchilikni  tashkil  etib,  6  ta 
tupxum
  tabaqaviy  guruhini  tashkil etgan. Ular podsho xonadoni bi- 
lan bog'liq bo'lm agan. Shuning uchun ular oliy darajadagi davlat la- 
vozim lariga ega bo'la olmaganlar.  Har bir  kishining hayoti qaysidir 
ijtimoiy tabaqa bilan belgilangan.  D ehqonlar hech qanday tabaqaga 
kirm agan va  ular  pxyonmin (oddiy xalq)  deb  atalgan.
Barcha  uchta  podsholikning  ijtimoiy  asosini  erkin  dehqonlar 
tashkil  etgan.  Davlatning asosini  tashkil  etuvchi jam oalarga  tegish- 
li  b lgan  dehqonlar  o'zlarining  m avqelari  bo'yicha  bosib  olingan 
yerlardagi  dehqonlardan  yuqori  turganlar.  Dehqonlar doim o  oshib 
boruvchi  qarzlarini  to'lay  olmasliklari  sababli  bir  qism  yerlaridan 
ayrilib borganlar, ulam ing bolalariga  {nobi) qul sifatida qaraganlar. 
Koguryoda  "Sam guk  sagi"dagi  m a'lum otlarga  ko'ra,  xonavayron 
bo'lgan  dehqonlar  batraklarga,  qurg'oqchilik  bo'lgan  yillari  day- 
dilarga  aylanganlar.  Pekcheda  ocharchilik  yillari  jam oa  dehqonlari 
qarzlari  evaziga  o'z  bolalarini  ham  qullikka  sotganlar.  Bu  yillarda 
kannibalizm   ham  bo'lganligi  qo'lyozm alarda  yozilgan:  "Shu  dara- 
jada  odamlar  yo'qchilikdan  ochlikka  rneihkum  bo'ldilarki,  hattoki 
[odamlar]  bir-birlarini  yeganlar,  buning  ustiga  qaroqchilik ham   avj 
olgan, van esa ulam i  tinchitishi  kerak ed i"("Sam g u k sagi"). Silla ha- 
qida  ham  shunday m a'lum otlar mavjud.
Barcha  podsholiklarda  davlat boshqaruvi  tizimida  ham  bunday 
qiyinchiliklar bn'lgan.  Koguryoda  372  yili  Xitoy  ta'siri  ostida  amal- 
dorlam i  tayyorlaydigan  m axsus m uassasa -  Txexak  tashkil etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


III  Bob.  U CH  P O D SH O L IK  D AVRl
35
Lavozim lar tizimida  bunday ranglar birinchi vazir, chap va o'ng va- 
zirlar,  viloyat boshliqlari va barchasi  12 rangdan  iborat bo'lgan.
Fekcbeda  ham  "ch ap "  va  " o ‘n g "  vazirlar  lavozim lari  bo'lgan. 
Qo'lyozm alarda 
Pekche  vani  Koi  (234-286  yy.)  davrida  birinc- 
hi  toifaga  kiruvchi  ranglam i  tashkil  etuvchi  6  ta  lavozim  haqida 
m a'lum otlar  uchraydi.  Jum ladan,:  1)  "Van  buyrug'iga  aloqador 
vazifalar";  2)  "om borlar  va  xazinalar";  3)  "u rf-o d atlar  va  marosim- 
lar";  4)  "sudlar  va  hukm  chiqaruvchilar";  5)  "vanni  qo'riqlovchi 
qo'sh in lar";  6)  "tashqi  harbiy  ishlar"  bilan  shug'ullanishgan.  Bun- 
dan  tashqari,  15  ta  oliy  am aldorlar  darajasi  bo'lgan.  Darajalarga 
bog'liq  holda  ular  turli  xil  kiyim lar  kiygan 
(6  ta  oliy  amaldorlar 
darajasi kum ush rangdagi  shlyapalar kiyganlar, quyiroq darajadagi 
am aldorlari  esa  belbog'larining  ranglariga  qarab  ajratilgan).  Pekc- 
heda  "ich k i"  va  "tash qi"  boshqaruv  tarmoqlari  m ahkam alari  soni 
belgilangan.  Birinchisiga  Davlat  Kengashi  organlari,  poytaxt  va  vi- 
loyat  am aldorlari,  don,  qurol,  marosimlar,  buddaviylik,  dorixona, 
o'rm onchilik, yilqichilik va bog'dorchilik m ahkam alari kirgan. Tash- 
qi  boshqaruv  m ahkam alariga  esa  harbiy  mahkam a,  adliya  mahka- 
masi,  taTim,  jam oat  ishlari,  ipakchilik,  astronom iya,  bozorlar,  van 
qarindoshlarining ishlari va saroy ishlari kirgan.
Pekchedagi kabi Sillada ham VI asrdan boshlab kiyimlaridagi turli 
darajaga qarab ajratilgan: van, bosh vazir va mahkama boshlig'i, umu- 
miy  ishlar  mahkamasi,  harbiy  mahkama,  amaldorlar bo'yicha  mah- 
kama,  adliya,  soliq va moliya, davlat zaxiralari,  transport va xabarlar, 
marosimlar, tashqi  aloqalar, bozorlar boshqaruvi va boshqalar.
Barcha  davlatlarda  jinoiy  huquq  tizimi  shakllangan.  Koguryoda 
davlatga  xoinlik,  jang  m aydonini  tashlab  qochish  va  qotillik  uchun 
oTim  jazosi  qoTlanilgan.  0 'g 'rilik   sodir  etilganda  o'g'ri  keltirilgan 
zararni  qoplashi  shart  boTgan,  chorvani  oTdirgani  uchun esa  ayb- 
dor qullikka  m ahkum   etilgan.  Pekcheda  van  Koi boshqaruvi  davri- 
da  amaldorlaT  pora olganligi,  davlat xazinasini  o'm arganligi uchun 
yetkazilgan  kam om adni  uch  hissa  qilib  toTashi  bilan  birga  ularga 
umrbod  qam oq jazosi belgilanishi haqidagi qonun ishlab  chiqilgan.
Yovvoyi bosqinchilik odatlaridan voz kechilgan. 248 yili Koguryo 
vani  Chunchxon vanlarning dafn m arosim ida qurbonlik keltirishini 
taqiqlagan.  502  yilda  xuddi  shunday  qaror  Sillada  ham   m aripkan 
Chidjin tom onidan chiqarilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


36
III  Bob  UCH   PO D SH O LIK   D A V RI
U ch   p o d s h o lik  
Ushbu  uchta  davlatda  ham  tem ir eritish,
m a d a n iy a ti 
unga  ishlov  berish,  qim m atbaho  toshlar
va  boshqa  m ateriallarga  ishlov  berish 
m adaniyati  yuqori  darajada  rivojlangan.  Q urilish  va  arxitektura 
yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  (saroylar,  ibodatxonalar  va  qabr- 
toshlar).  M asalan,  Koguryo yerosti  qabrtoshi  (eng  m ashhuri -   N° 3 
A nak qabrtoshi) - b u  b irb u tu n likd agi  ajoyib arxitektura m ajm uasi 
hisoblanadi.  Bu  davrda  o'z  davri  uchun  ilg'or  qurilish  m ateriali  -  
pishgan g'ish t va  cherepitsalardan  foydalanilgan.  Pekcheda  ishlab 
chiqarilgan  g'ishtlarga  feniks,  olov,  lotos  yoki  fantastik  ajoyibotlar 
tushirilgan.  Sillada esa yirik irrigatsiya inshootlari -  Sije suv om bo- 
ri  qurilgan.
Buddaviylikning paydo b o'lish i bilan Budda  tasviri  tushirilgan 
m iniatyura  shaklidan  boshlab,  yirik  o'lch am d agi  haykallar  ya- 
salgan.  M asalan,  o'tirgan   holdagi  Budda  haykalining  balandligi  5 
metr  bo'lib,  27  tonna  mis,  5  kg  oltin  sarflangan  (574  y.).  Koreya 
haykaltaroshlari, m asalan, pekchelik ustalar tom onidan yapon ibo- 
datxonalari  uchun  Budda  va  buddaviy  avliyolarning  haykallarini 
tayyorlab berganlar.
Rassom chilikning  badiiy  darajasi  borasida,  jahon  san'ati  dur- 
donalari  qatoriga  kiruvchi  K oguryo  ibodatxonalaridagi  freskalar 
(devorga  ishlangan  rasm)  orqali  m ushohada  qilish  m um kin.  Ush- 
bu  freskalar  koguryoliklarning  hayoti  va  turm ushi  haqida  yaqqol 
tasavvurga  ega  bo'lish   im konini  beradi.  A nak  qabrtoshidagi  fres- 
kalarda  yuzlab  kishilar,  jang  tasviri,  ov  m anzarasi,  ziyofat,  saroy 
am aldorlari  va  orkestrlam ing  tantanali  chiqishlari,  xo'jaIik  bu- 
yum lari va h  k.  tasvirlangan.  Boshqa  freskalarda  esa  m arhum larni 
saqlovchi dunyoning to‘rt tom oni  ruhi -  ko'k ajdarho  (Sharq ruhi), 
oq yo'Ibars (G 'arb  ruhi), qirm izi  qush (Janub ruhi)  va  ilon  o'ralgan 
toshbaqa  (Shimol  ruhi)  aks  etgan.  Koguryo  ustalari  yapon  ibodat- 
xonalari  uchun ham   turli tasvirlar tayyorlaganlar.
A rxeologik  qazilm a  ishlari  jarayonida  K oreyaning  turli  qism  
laridan  yashm a  (rangli  tosh),  nefrit,  oyna,  qim m atbaho  tosh- 
laT,  kum ush  va  oltindan  tayyorlangan  -   zirak,  m unchoq,  popuk, 
qo'ng'iroqlar, bilaguzuklar,  uzuk, belbog'  kabi zeb -ziy n at buyum - 
lari  topilgan. Am aliy  san'atning haqiqiy nam unasi -  bu  og'irligi  12 
kilogram m  bo'Igan, 26 ta jonivorning tasviri tushirilgan Pekcheda-
www.ziyouz.com kutubxonasi


III  Boh.  UCH   P O D SH O LIK   D A V RI
37
gi  oltin  isiriqdon  b o ig an h am d a  Sillada  tayyorlangan  naqshinkor 
oltin toj  hisoblanadi.
Ilm iy  va  fa ls a fiy  
Uch podsholik davrida ilm iy bilim lar ham
t a s a w u r la r  
ancha  rivojlangan.  A stronom ik  bilim lar-
n ing  m avjudligi  to 'g ‘risida  K oguryo  dax- 
m alaridagi  va  Silladagi  C hxom sonde  observatoriyasi  (yulduzlar 
kuzatiladigan  m inorajdagi  osm on  yoritkichlari  va  yulduzlar  tur- 
kum ining (jum ladan,  Katta Ayiq)  tasviri guvohlik beradi.
Tarixiy  fanlaT  asosi  100  ta  kitobdan  iborat  Koguryo  yilnom alari 
( " 0 'tm is h   haqida  qayd lar"),  Pekche  "S o g i"  tarixi  ("Tarixiy  qayd- 
la r",  384  y.)  kabilarga  tayanadi.  Pekcheda  "X aritalar  to'p lam i" 
("T ojo k ") jam langan.
Falsafiy  dunyoqarash  kurtaklari  Xitoy  ta'siridagi  Q adim gi  Cho- 
songa  borib  taqaladi.  Q adim gi  koreys  faylasuflari  olam ni  o'zaro 
ta'sirga  ega boTgan  ikki  asosning  bir joyga  jam langani  sifatida  ta- 
savvur  etishgan:  ya'ni  erkak jinsiga  m ansub  ijobiy,  yorqin,  faol  ib- 
tido  yan  va  ayol  jinsidagi  salbiy,  passiv  qora  ibtido  im.  D astlabki 
substansiya fc/ning o'zgarishi natijasida, har ikkala ibtidoning in'omi 
sifatida  (yanki -  yorqin  ki va  imki -  qora ki)  yer va  osm on  ham da  5 
unsur: m etall, daraxt, suv,  olov, yer paydo boTgan:  5  unsurning har 
biri  m akon  va  rangdagi  maTum  holatga  m os kelgan.  Yer  -  m arkaz 
va sariq rang, daraxt -  sharq va yashil rang, m etall g'arb va oq rang, 
olov -  janub  va  qizil  rang,  suv -   shim ol  va  qora  rang.  5  unsum ing 
qorishuvi esa  turli xodislaryaratilishiga  olib kelgan.
D astlabki 5 u nsur  qirollik sulolalarini ifodalaydi  H ar bir sulola 
O sm on bilan tabiat unsurlari: yer,  suv,  olov, m etal! yoki daraxtning 
sifatlarini  va  "yaxsh i  fazilatlarin i"  olishi  uchun hukm ron boTgan. 
U nsurlar  b irin -k etin   b ir-b iri  bilan  alm ashadi:  yer  -d araxtga,  da- 
raxt -  m etallga,  m etall -  olovga, olov -  suvga aylanadi.  Ushbu dav- 
riy alm ashinuv hukm ron sulolalar  tom onidan ham   m a'qullangan.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish