Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligini oshirish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat
qilish Davlat inspeksiyasi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni, shuningdek yo‘l bo‘yidagi
infratuzilmani qurish,
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va
konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida shaharsozlik
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli
davlat organi hisoblanadi.
Davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarni loyixalash,
qurish va
ekspluatatsiya qilish ishlarini nazorat qiladi. Ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar qurilishiga hurmatli
Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor berilishi xammaga ma’lum. Sifatli, barcha me’yoriy talablarga
javob beruvchi, uzoq muddat ishlovchi ko‘prik inshootlari qurilishida o‘z hissamizni qo‘shish bizning
asosiy vazifalarimizdan biri. Bu yo‘nalishda qilingan tadbirlarimizdan bir nechasini keltirib
o‘tmoqchiman:
1.
Yangi qurilayotgan,
rekonstruksiya qilinayotgan, mukammal ta’mirlanayotgan davrda barcha
ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar doimiy nazorat ostiga olinib, aniqlangan kamchiliklar, nuqsonlar,
loyihadan chetlanish hollari bartaraf etib borilmoqda.
2.
Vazirlar mahkamasining topshirig‘iga binoan ko‘priklarning loyihalari qurilish-montaj ishlari
boshlangunga qadar tahlil qilinib kerak bo‘lgan hollarda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar
kiritilmoqda.
3.
Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalarida davlat inspeksiyasi
xodimlari komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi. Qurilish-montaj ishlari davrida yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar yoki oxiriga yetkazilmagan ishlar mavjudligi aniqlansa, barcha kamchiliklar oxiriga
yetkazilmasdan ob’ektlar foydalanishga topshirilmasligi ta’minlanmoqda.
4.
Inspeksiya tomonidan yo‘l-qurilish ishlari loyixalari taxlil qilinganda ko‘prik inshootlari va suv
o‘tkazish quvurlarining rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash loyixalarini ishlab chiqishdan oldin,
shuningdek inshootlarni buzib o‘rniga yangi inshoot qurish bo‘yicha qaror qabul qilinganda diagnostika
yoki texnik tekshirishdan (obsledovaniye) o‘tkazmaslik yoki ularning natijalarini e’tiborga olmaslik,
avtomobil yo‘li mukammal ta’mirlanayotganida shu yo‘lda joylashgan inshootlarni diagnostika qilmaslik
va ta’mirlash ishlarini loyixaga kiritmaslik xollari uchradi. Ushbu xolat qaytarilmasligi uchun Umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar mintaqaviy yo‘llariga buyurtmachi xizmati DUK boshliqlariga 2017 yil 5
dekabrida 168 sonli xat yuborilgan. Ushbu masala Inspeksiya nazoratiga olingan.
5
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish
Davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi mavjud ko‘prik inshootlarining (ko‘prik va
yo‘lo‘tkazgichlar) texnik holati o‘rganib chiqilganda ushbu xulosalarga kelindi:
-Ko‘prik inshootlarining eng tez ishdan chiqadigan elementlari: deformatsion choklar
va oraliq
qurilma gidroizolyatsiyasi.
-Deformatsion choklari va oraliq qurilma gidroizolyatsiyasidagi nuqsonlar tufayli ko‘prik
inshootlarining ish muddati keskin kamayadi.
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining deformatsion choklari va oraliq qurilma
gidroizolyatsiyasining ishdan chiqish sabablari va bu nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal soha,
transport, kapital qurilish va qurilish
industriyasi masalalari Axborot-tahlil Deportamentiga 2018 yil 15 fevraldagi 85-sonli xat
orqaliyuborilgan.
Hurmatli yurtdoshlar ko‘prik inshootlarida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari davrida bizning
xodimlarimiz nazaridan chetda qolgan kamchiliklarni aniqlasangiz bizga xabar berishingizni so‘rab
qolamiz.
Sirdaryo viloyatida
M34
va
4P28
avtomobil yo‘llarida qurilayotgan ko‘priklar
tayanchlari qoziqlarining
ko‘tarish qobiliyatini tekshirish bo‘yicha sinash ishlari.