Ko’p va bitta” predmetlarni topish



Download 369,12 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi369,12 Kb.
#94458
Bog'liq
kop va bir predmetni topish


Ko’p va bitta” predmetlarni topish

Bolalarni to ‘plam ning ayrim elem entlardan iboratligi bilan

tanishtirib bo‘lgach, ularni bir xil narsalarni mustaqil ravishda

guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) narsalarni

va narsalar yig‘indisi (ko‘p) ni topa olishga o ‘rgata boshlanadi.

3 yoshli kichkintoylar, garchi ulaming hammasi bo lm asa ham,

bir joyga, bitta guruhga yig‘ib qo‘yilgan narsalar yig‘indisini mustaqil

ravishda ajratib ko‘rsata oladilar. (Mashinaningg^ldiraklari ko‘p, qo‘lda

barmoqlar ko‘p, bog‘da yoki o ‘rmonda daraxtlar ko‘p va hokazo).

Xonada qaysi narsalar k o ‘p, qaysilari bittadan uchraydi, degan

savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu masalani hal

etish uchun ular tevarak-atrofni ancha murakkab fazoviy miqdoriy

tahlil qilishlari: qandaydir bir narsani ajratishlari, diqqat-e’tiborlarini

o ‘shanga qaratishlari, o ‘sha turdagi narsalar atrofda boryo‘qligini

k o ‘rib chiqishlari va bu narsalarni, garchi ular xona,

dala hovli va boshqa joylarning har tomonida sochilib yotgan boNsa

ham , yaxlit bir butun narsa deb tasa w u r qilishlari,ya’ni bolalar

narsalarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy sifat xossalaridan

va fazoviy nisbatlaridan abstraktlashtirishni o ‘rganishlari kerak

bo‘ladi. Narsalarning miqdoriy tomonini abstraktlashtirish va garchi

bir xil narsalar aslida butun xona b o ‘ylab har yoqda sochilib yotgan

b o ‘lsa-da, ularni fikran birlashtirish ko‘nikmasini asta-sekin o ‘stirib

borishga imkon beruvchi mashqlarni bir tizimga keltirib ishlab

chiqadi.


Ishni k o ‘rsatilgan m iqdordagi (bitta, k o ‘p) turli rangdagi

narsalarni doska ustiga terib q o ‘yish mashqidan boshlanadi. Doska

chap va o ‘ng tom onda yoki baland hamda pastda joylashtiriladi.

Bolalarga, masalan, quyidagi topshiriqlar beriladi: „Chap

tomonga, qizil doska ustiga bitta q o ‘ziqorin, o ‘ng tom onga, havo

rang doska ustiga esa ko‘p qo‘ziqorin joylashtirilsin". Doskalar joyini

o ‘zgartirib yoki ularning ustiga q o ‘yilishi kerak b o ‘lgan narsalar

miqdori haqidagi ko‘rsatmalarni o ‘zgartirib, pedagog (tarbiyachi)

bolalarni narsalar miqdorini awal doskalar rangiga qarab, keyinroq

esa ularning fazoviy joylashishiga qarab topishga o ‘rgatadi.

Bunday ishga 2-3 mashg‘ulot ajratiladi. Mana shu mashg‘ulotlarda

bolalar yo‘l-yo‘lakay chap va o ‘ng q o ‘lini farq qilishni, qo‘llarni

farq qilish asosida esa narsalarning bir-biridan chapda va o ‘ngda

joylashganligini aniqlashni o ‘rganadilar.



Kichkintoylar narsalarning bir-biridan yuqorida va pastda

joylashganligini aniqlashga ham o ‘rgatiladi.

Bolalar vazifalarni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng pedagog

(tarbiyaichi) ulardan har bir doska ustida nechta (bittami yoki ko‘pmi)

o ‘yinchoq borligini aytishlarini so‘raydi, kichkintoylarga

yordamchi savollar bilan ko‘maklashadi.

Ikkinchi m ashg‘ulotda bolalar doskalar turgan joyni ham

ko‘rsatishga undaladi. („C hap tomondagi qizil doska ustida ko‘p

o‘yinchoq, o ‘ng tomondagi havo rang doska ustida esa bitta o ‘yinchoq

bor“).

Keyin shunday m ashg‘ulotlar o ‘tkaziladiki, ularda bolalar



tarbiyachining topshirig‘iga binoan stol ustidan bitta yoki ko‘p

o ‘yinchoq topib olib keladilar.

Bir xil o ‘yinchoqlarning o ‘zini ham birlik sonda, ham guruh

holida ko‘rsatish kerak. Masalan, bir stol ustiga 1 ta kuchukcha,

boshqasiga esa 3 ta kuchukcha qo‘yiladi. Bolalar, bir xil narsalarning

bitta va ko‘p b o ‘lishi mumkinligini tushunishlari kerak, guruhlarga

turli miqdordagi (3 dan 5 gacha) narsalar kiritiladi. Bu narsa bolalarda

miqdoriy tarkibi jihatidan turlicha b o lg a n to ‘plamlarni idrok etish

tajribasining to ‘planishiga imkon beradi.

Oldin topshiriqning mazmunida kichkintoy nima qilishi kerak

b o ‘lsa, shularning barchasi tushuntirib beriladi („K o ‘p xo‘rozcha

olib kel“ ), keyinroq esa bolaning o ‘ziga yoqqan bitta yoki ko‘p

predmetlarni olib kelishi taklif qilinadi.

Bolalar birinchi hoi da faqat to‘plamning farqiga borishlari, ikkinchi

holda esa o ‘zlari narsalami mustaqil ravishda tanlab olishlari ham zamr

bodadi. Bu ishni bajarish kichkina bola uchun oson emas. Mashg‘ulot

boshlanishida pedagog (tarbiyachi) har bir stol ustida qanday

o ‘yinchoqlar turganini bolalar bilan birga ko‘rib chiqadi va ularning

e ’tiborini o ‘yinchoqlarning ko‘p yoki bitta ekanligiga jalb etadi.

Tarbiyachi kichkintoylarning saviyasini e ’tiborga olib, ularga

murakkabligi turlicha b o ‘lgan topshiriqlar beradi.

Topshiriqlarni bajarish shartlari yanada murakkablashib borishi

shundan iboratki, bitta stol ustiga bitta bir xil o ‘yinchoq va ko‘p

miqdorda boshqa xil o ‘yinchoq, masalan, bitta archa va ko‘p qo‘ziqorin

q o ‘yiladi. Bolalar ayni bir vaqtda bittani va ko‘pni topishlari

kerak. Ular endi o ‘yinchoqlami olib kelmaydilar, balki stol yoniga

borib, qanday o ‘yinchoqlami topganliklarini so‘zlab beradilar.

Bolalar keyinchalik o ‘yinchoqlami tarbiyachining ko‘rsatmasi asosida

topadilar.

, , 0 ‘yinchoq m ashina, q o ‘g‘irchoq, bitta qalam qayerdaligini

top?“ kabi savollar orqali mashg‘ulotlarda bolalar nutqini o ‘stirish

ustida puxta ish olib boriladi. Ular ko‘p va bitta so‘zlarini q o ‘llashni

o ‘rganadilar. Bir soni gapda ot vazifasida kelganida kelishikda

turlanadi. Bolalar aw al sodda gaplardan foydalanadilar. , , 0 ‘yinchoq

mashina ko‘p “ , „Qalam bitta". Pedagog (tarbiyachi) ularga ikkita

sodda gapni bitta qo'shm a gapga aylantirishni o ‘rgatishda davom

etadi: ,,0 ‘yinchoq mashina ko‘p, amm o qalam bitta". Bunday gapda

son kesim vazifasini o ‘tab keladi, kesim esa gapning aktiv boiagidir.

Jumlaning bunday tuzilishi tam omila qonuniydir. U bolaning fikri

miqdoriy tomonni izlashga va uni ajratib ko‘rsatishga yo‘naltirilganligidan

dalolat beradi.

Izlanishlar maydoni kengaytirib boriladi. 0 ‘yinchoqlar guruhi

va ayrim o ‘yinchoqlar turli xil narsalar (tokchalar, stollar, tortmalar,

gilam va boshqalar) ustiga joylashtiriladi. Tarbiyachi ustiga 0‘yinchoqlar

joylashtirilgan narsalami bolalarga ko‘rsatadi:

„Qaranglar, gilam (tokcha, stol) ustidagi o ‘yinchoqlarning qaysi

biri ko‘p va qaysinisi faqat bitta?".

Guruhda bir xil belgili narsalar bilan bir qatorda ulardan farq

qiluvchi belgiga ega narsalar ham b o ‘lishi mumkin. Bolalar guruhni

topib, undagi narsalarning um um iy belgisini aytganlaridan so‘ng,

tarbiyachi bu narsalarning rangi (kattaligi) haqida bolalarga savol

beradi. U kichkintoylarga guruhning qismlarini ajratib ko‘rsatishda

yordam beradi: „GMshtchalardan yo‘lka, devorcha, uycha qurish

mumkin. G'ishtchalarning bir qismi qizil, bir qismi esa havo rang".

Bunday mashqlar natijasida bolalar tevarak-atrofdagi tabiiy

sharoitda narsalar yigindisini va yakka narsalami topa oladigan bo‘lib

qoladilar.

Awal kichkintoylarning diqqat-e’tibori xonaning m a’lum qismiga

yo‘naltiriladi. „Qaranglar, pol ustida (devorda, deraza tokchalarida...)

turgan qaysi narsalar ko‘p va qaysi narsalar bitta?". Asta-sekin

bolalar qaysi narsalar ko‘p va qaysilari bittadan uchrashini mustaqil

ravishda topish qobiliyatiga ega b o ‘la boshlaydilar. Tarbiyachi narsalarning faqat yonma-yon emas, balki birbiridan

uzoqda joylashishi ham mumkinligini tushuntiradi. Agar

kichkintoylar javob berishga qiynalsalar, tarbiyachi q o ‘shim cha

savollar beradi: „Qaranglar, bizning xonamizda derazalar ko‘pmi?

Shkaflarchi? Bizda qancha stol bor? Stullarchi?“ .

Bunday m ashqlar m ashg‘ulotdan tashqari, sayr vaqtlarida

o ‘tkaziladi. Masalan, bolalardan devorda, uyning tom ida, hovlida

nim a k o ‘pligi so‘raladi: „ 0 ‘rindiqlar n ech ta?“ — , , 0 ‘rindiqlar

ko‘p “ , „Uychalar nechta?“ — „U ycha bitta“ va hokazo. Tarbiyachi

kichkintoylarning tevarak-atrofdagi narsalarning miqdorini

bilishga b o ‘lgan qiziqishlarini q o ‘llab-quwatlaydi.

Narsalarning fazoda tarqoq holda b o ‘lishiga va bevosita ko‘zga

chalinmasligiga qaramasdan bolalar asta-sekin ularni bir turdagi

narsalar guruhiga fikran birlashtirish k o ‘nikmasini hosil qiladilar.

Bu davrda guruhdagi barcha narsalarning um um iy belgilarini,

shuningdek, ularning biror qismigagina xos b o ‘lgan belgilarni

ajratish va aytish qobiliyatini o ‘stirishga katta e ’tibor beriladi.

N arsalarning sifat belgilarini ajrata olish k o ‘nikmasi ular

0‘rtasidagi miqdoriy nisbatlami tahlil qilishga o ‘tish imkonini beradi.

Bolalarda narsalarning miqdori, sanog‘i va ularning k o ‘p sonli

xossalaridan eslab qolish qobiliyati paydo b o ‘ladi.



Miqdoriy tasawurlam i shakllantirish ishining ikkinchi bosqichi

boshlanadi.
Download 369,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish