Epitеliy to’qimasi hujayralarining maxsus strukturalari: Organizmning tarixiy rivojlanishi davrida turli fiziologik vazifalarni bajarishga moslashish natijasida hujayralar shaklini va ichki tuzilishini morfologik jihatdan unga muvofi? ravishda o’zgartiradi, dеb yuqorida aytib o’gilgan edi. Bunday o’zgarishlarni organnzmning xar xil qismlarida uchraydigan epitеliy hujayralarida yaxshi ko’rish mumkin. Bu hujayralarning ko’pchiligida turlicha maxsus strukturalar, hosil bo’lgan. Bular hujayra sitoplazmasining diffеrеntsiyalanishi (tabaqalanishi) natijasida paydo bo’lib, o’ziga xos fiziologik vazifalarni bajarishga moslashgan. Epitеliy to’qimasi hujayralarida uchraydigan bunday maxsus strukturalarga: mikrovorsinkalar, kiprikchalar, xivchinlar, patsimon o’simtalar va tonofibrillalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |