Konyunktura tadqiqotlariga tizimli yondashuv


Bozorning umumiy holatini



Download 21,23 Kb.
bet3/3
Sana19.01.2017
Hajmi21,23 Kb.
#632
1   2   3
Bozorning umumiy holatini o‘rganishda, uning geografik joylanishi, hajmi, tovarlar va firmalar tarkibi, raqobatning shiddati, konyunkturasi va uning istiqboliga ahamiyat beriladi.

Bozor va, eng avvalo, butun bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jalik masalalarida bir qarorga kelishda tavakkalchilikni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy konyunktura tadqiqoti tovar ayirboshlash sohalari va ularning takror ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqalarini rivojlantirishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganish bilangina cheklanmaydi, balki u yoki bu tovar bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama chuqur tahlil etishga, yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatni oldindan tahmin qilishga qaratilgandir.

Tovar bozori o‘zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi, ikkinchidai, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi xil aloqalarning asosiy shakli xarid qilish va sotish, ikkinchi shakli esa o‘zaro raqobatdir.

Tarmoqlararo raqobat mexanizmi orqali harakat qiladigan tovar bozorlari birgalikda milliy bozorni shakllantiradi. Tarixiy taraqqiyot davomida bozor munosabatlari milliy chegaralar doirasidan chiqib, xalqaro tovar bozorlarini vujudga keltiradi. Ular tegishli davlatlar va mintaqalar bozorlari bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadi.

O‘ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy konyunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko‘ra milliy xo‘jaliklar va tovar bozorlari g‘oyat xilma-xildir. har bir tovar bozori va uning konyunkturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo‘nalishlar ko‘lamini, o‘tkinchi va nisbatan davomli o‘zgarishlarni hamda bularning ahamiyatini, o‘zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o‘rnini belgilab beruvchi omillarni qanchalik uyg‘unlashtira olish muhimdir.

Iqtisodiy konyunkturani tadqiq etish metodologiyasi tovar bozorlari turlanishini o‘tkazish zarurligini taqozo qiladi. Konyunkturaviy tadqiqotlarning amaliy yo‘nalishi ularga qanday yondashish va qanday uslubdan foydalanish kerakligini ham aniqlab beradi. Boshqacha aytganda, tadqiqotning maqsadi o‘tkaziladigan turlanish zamirida nimalar yotishini belgilaydi.

Xo‘jalik tarkibi ishlab chiqarish ehtiyojini, ya’ni xom-ashyo, materiallar, mashinalar va texnik jihozlar, asbob-uskunalarga bo‘lgan ehtiyojni belgilaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar guruhi uchun ilg‘or xo‘jalik tarkibi xosdir: sanoat etakchi o‘rin tutadi, xizmat ko‘rsatish sohalari ancha rivojlangan bo‘ladi, lekin qishloq xo‘jaligining mehnat taqsimotidagi ulushi unchalik katta bo‘lmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi uchun esa, avvalo, qishloq xo‘jaligi va eksport yo‘nalishiga ega tog‘-kon sanoati xarakterlidir.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar sanoat tovarlarining asosiy eksportchilari va importchilari hisoblanishadi. Xalqaro mehnat taqsimoti negizida ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishi keng tashqi iqtisodiy aloqalarni va, eng avvalo, o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirishni, shuningdek, boshqa xildagi xo‘jalik tarkibiga ega bo‘lgan mamlakatlarga tovarlar va xizmatning juda ko‘p va xilma-xil turlarini eksport qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish ko‘lamining kengligi va rang-barangligi hamda bozorlarining boyligi tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlar har qanday tovarlarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Natural xo‘jalikka asoslangan iqtisodiyot doirasida aholining aksariyati eng oddiy qishloq xo‘jalik yumushlari bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismini o‘zlari iste’mol qiladilar, qolganini esa oddiy tovarlar va xizmatlarga ayirboshlaydilar. Bunday sharoitda eksportchilar uchun tegishli bozorlarga tovarlar va xizmat turlarini yetkazib berish imkoniyati unchalik ko‘p emas.

Xom-ashyo eksport qiladigan mamlakatlar tabiiy resurslarning bir yoki bir necha turiga boy bo‘ladi. Ular o‘z xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan valyutaning katta qismini ana shu resurslarni eksport qilish evaziga olishadi. Bunday mamlakatlar tog‘-kon sanoati jihozlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, asbob-uskunalar va yordamchi materiallar, yuklash-tushirish mexanizmlari, yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchilar uchun yaxshi bozor hisoblanadi. Iqtisodiyotining sanoat tarmog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta ishlash sanoatining o‘zi yalpi milliy mahsulotning anchagina qismini beradi. Bunday mamlakatlar guruhi ichida qayta ishlash sanoatiniig rivojlanishi va xilma-xilligi darajasiga ko‘ra yangi industrial davlatlar deb ataladigan mamlakatlar turli xom-ashyolar va og‘ir mashinasozlik buyumlarini import qilishga tobora ko‘proq intiladi.

Mamlakatda daromadlar darajasi va uni taqsimlash xarakteriga ko‘ra avvalo iste’mol va oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanadi. Daromadlar darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich mamlakatda aholi jon boshiga tushadigan yalpi ichki mahsulot miqdori hisoblanadi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot darajasining yuqoriligi sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, ularda bu ko‘rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan o‘nlab marta yuqori bo‘ladi.

Hududiy belgilari bo‘yicha turlashda «Jahon bozori» tushunchasini aniqlash va tarkibini belgilash muammosi metodologik va amaliy nuqtayi nazardan o‘ta muhimdir. Shartli ravishda bu sistemaning dastlabki tarkibiy qismi davlat chegaralari bilan cheklangan tovar ayirboshlash sohasi, tovarni sotish bois tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning iqtisodiy munosabatlari uyg‘unligini o‘z ichiga olgan ichki bozor hisoblanadi. Ichki bozorning milliy bozordan farqi milliy bozorda ko‘pchilik mamlakatlarda eksport-import jarayonlari kabi iqtisodiy mexanizm amal qilishining muhim jihati yuzaga kelishidan iboratdir. Demak, milliy bozor - bu ichki savdo va tashqi savdo jarayonlari amalga oshiriladigan sohadir.

Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, jahon bozorini muvofiq ravishda ham ichki, ham tashqi savdo jarayonlarini o‘z ichiga olgan milliy bozor umumlashmasi sifatida belgilash to‘g‘ri bo‘ladi. Demak, jahon bozori tushunchasi ichki savdo singari muhim sohani qo‘shish hisobiga vujudga keladigan xalqaro savdo jarayonlariga nisbatan anchagina keng tushunchadir. Bu holatda ichki savdo jahon bozorining barcha savdo jarayonlari ulushidagi asosiy qismini ta’minlaydi.

Ko‘p darajali oydinlashtirilgan tovar-tarmoq belgilari bo‘yicha bozorlarni turlash tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi manfaatlariga xizmat qiladigan barcha tadqiqot muassasalarida qabul qilingan.

Mashina va jihozlar bozori guruhiga umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va asbobsozlik, transport vositalari singari mashina-texnika buyumlarining xilma-xil bozorlari kiradi.

Mineral xom-ashyo va yonilg‘i bozorlari guruhi esa yonilg‘i va energetika xom-ashyolari (ko‘mir, neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, uran) bozori; mineral xom-ashyolar (qora va rangli metallar rudalari, boksitlar, birlamchi va ikkilamchi metallar) bozori; kimyoviy xom-ashyo va qishloq xo‘jalik o‘g‘itlari bozorini o‘z ichiga oladi.

Qishloq xo‘jalik xom-ashyosi, oziq-ovqat va yog‘och tovarlari bozorlari guruhi quyidagilardan iborat: sanoat-qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi (paxta, jun, tabiiy kauchuk) bozorlari; yog‘och tovarlari (ishga yaroqli yog‘och-taxta, binokorlik materiallari, sellyuloza va boshqalar) bozorlari; oziq-ovqat xom- ashyosi (don, qand, hayvon va o‘simlik yog‘lari, go‘sht, kofe, mevalar, baliq va baliq mahsulotlari) bozorlari. Bunday turlash aksariyat davlatlar milliy statistikasi va xalqaro tashkilotlar, avvalo, BMT statistikasining tarmoq belgilari bo‘yicha ish ko‘rishi bilan taqozo etilgan.

Savdoning turli shart-sharoitlari hamda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri nuqtayi nazaridan bozorlarni turlarga bo‘lish g‘oyat muhim ahamiyatga ega, chunki mazkur shart-sharoitlar bu bozorlarda narxlarning tarkib topishi, ularning darajasi va barqarorligida muhim omil hisoblanadi. Bozorlarning tashkiliy tuzilishi tovar bozorlarida savdoning shart-sharoitlari va sotuvchi, xaridorlar guruhi xarakteri bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ichki bozor ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi. Ulgurji savdo ulgurji narxlar bo‘yicha yetakchilik qiluvchi subyektlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishi vositasi bo‘lgan tovar aylanishi shakllaridan biri hisoblanadi. Bu tovar ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasidagi uzatish bo‘g‘inidir. Ulgurji savdo qiluvchilarning tovar ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarining xarakterli xususiyati kredit munosabatining mavjudligidir. Chakana savdo mamlakat barcha toifa aholisining turli-tuman ehtiyojlarini chakana narxlar asosida qondirish vositasi bo‘lgan tovar aylanishi shakli hisoblanadi.

Ko‘pchilik jahon tovar bozorlari tuzilishida ikki asosiy sektor-yopiq va ochiq bozorni ko‘rish mumkin. Ular savdo va narx belgilashda o‘z qonun-qoidalariga ega. Bu sektorlar o‘z navbatida shartli ravishda segmentlarga bo‘linishi mumkin.

Yopiq bozor notijorat munosabatlarning turli shakllari, alohida tijorat xarakteriga ega bo‘lmagan yuridik bog‘liqlik, ulushli ishtirok va moliyaviy nazorat tizimi ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash to‘g‘risidagi bitimlar, maxsus savdo-iqtisodiy, valyuta-kredit, harbiy-siyosiy va o‘ziga xos shartnomalar bilan bog‘langan sotuvchilar va xaridorlar o‘zaro faoliyat ko‘rsatadigan joy hisoblanadi.

Yopiq bozorning asosiy segmentlari-bu yirik (asosan transnatsional) korporatsiyalar filiallari, shoxobcha va bosh korxonalari o‘rtasidagi tovar aylanishini ifodalovchi ichki firma jo‘natishlari; ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash doirasida monopoliyalar pudratchilari bilan birga ishtirok etuvchi mayda va o‘rta rasmiy mustaqil firmalar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni olib yetkazib berishlar; uzoq muddatli shartnomalar, barter va kompensatsiya bitimlari bo‘yicha «yordam» doirasida yetkazib beriladigan tovarlar bilan amalga oshiriladigan maxsus savdo va boshqalardir.

Tovar bozorining yopiq sektorida konyunkturani shakllantirishga mos bo‘lgan eng muhim xususiyat taqsimotning turli shakllari, konyunktura omillarining cheklangan ta’siri, bozor narxlarining nisbiy barqarorligiga ega bo‘lish hisoblanadi.

Ochiq sektor mustaqil xaridorlar va sotuvchilar cheklanmagan doirasining odatdagi tijorat faoliyati sohasi hisoblanadi.

Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishidagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmuyi - bozor konyunkturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlar-talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi.

Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi mumkin: 1) Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish ko‘zlansa, u holda uning belgilangan davrdagi dinamikasi o‘rganiladi. 2) Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan ahvolini bilish zarur bo‘lsa, unda tovarning bozordagi hayotiy yo‘li o‘rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.



Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga konyunkturani oldingi davrda tasvirlagan ma’lumotlar kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi, konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo uning istiqboliga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlargagina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha yig‘ilgan va statistika ma’lumotlariga, ularning umumiy qarama-qarshi tomonlariga asoslanishi kerak.

Konyunktura axborotnomasi-konyunkturaning tahlil shakli hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risida, ularning o‘zaro aloqalari hamda kon’yunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Download 21,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish