Viza so'rovini ko'rib chiqish uchun Davlat bojlari miqdori
Vizani rasmiylashtirish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar
Firibgarlik belgilaridan ogohlantirish
VIZA TURLARI
Shengen vizasi safar maqsadiga ko’ra 2 kotegoriyada – А и С – beriladi
A kotegoriyasidagi viza Shengen davlati aeropoti xalqaro transit hududidan o’tishga mo’ljallangan bo’lib, u Shengen kelishuvi a’zo davlatlarining to’g’ridan to’g’ri hududlariga kirish huquqini bermaydi.
C kotegoriyasidagi viza Shengen kelishuvi a’zo davlatlari bo’lgan 1 yoki undan ko’p mamlakatlarida bo’lish hohishini bildirgan yoki tranzit orqali bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tish istagi bor fuqarolar uchun beriladi.
Qisqa muddatli viza - kategoriya C
Bu viza Shengen davlatida qisqa muddat mobaynida bo’lib qaytish uchun yoki Shengen davlatlari hududidan tranzit yo’lovchi sifatida o’tish uchun beriladi. Ushbu viza sayoxat maqsadidan kelib chiqqan holda bir marotaba, iki marotaba yoki ko’p marotaba Shengen davlati hududiga kirish uchun beriladi. Vizaning amal qilish muddati 5 yilda oshmaydi. Shengen hududiga kirish vaqti Shengen hududiga kirmaydigan davlat hududidan Shengen davlati hududiga kirilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Chet el fuqarosining Shengen davlati hududida turishi uchun belgilangan eng ko’p muddat Shengen hududiga kirmaydigan davlatdan Shengen davlati hududiga kirilgan vaqtdan boshlab har 6 oy ichida 90 kun hisoblanadi.
Vizaning amal qilish muddati mobaynida chet el fuqarosi Shengen davlatiga kirish yoki undan chiqish huquqiga ega, faqatgina vizaning “Sayohat qilish davomiyligi” bo’limida ko’rsatilgan ma’lum sanoqli kundan ortiq yurishi mumkin emas.
Bazi tranzit holatlarida zarur davlat hududidan tranzit sifatida o’tib ketish uchun kerak boladigan muddatni hisoblash orqali vaqtinchalik bo’lib turish muddati aniqlanadi. Tranzit vizasini olish uchun topshrilayotgan hullatlar bilan birga ohirgi boriladigan davlat vizasi (agar shart deb topilsa) ham ko’rsatilishi zarur.
Uzoq muddatli viza – kategoriya D
Latviyada yarim yil mobaynida 90 kundan ortiq turish zarur bo’lgan chet el fuqarosi uzoq muddatli viza ( yoki вид на жительство) rasmiylashtirishi lozim.
Fotosuratlar uchun talablar
Sifatli ro’yhatga olish ishlarini olib borish va vizalarni taqdim qilish uchun fotosur’atlar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Ikkita rangli fotosur’at.
Fotosur’atlar 45 Х 35 мм ±1 мм hajmida oq rangdagi burchaklarsiz bo’lishi kerak
Fotosur’atlar o’lchamlari –ko’z qorachiqlari o’rtasidagi masofa 6 ± 3 мм, ko’zning o’rta chizig’I va iyak (daxan) o’rtasidagi masofa (chetdagi nuqtalar) 15 ± 2 мм hamda boshdan (kalladan) fotosur’atning tepa qismidagi eng chetigacha 6 ± 2 мм bo’lishi kerak.
Fotosur’at faqat ranhli bo’lishi kerak.
Fotoqog’oz ustki qismi rel’ef bo’lmagan holda silliq, glyantsli yoki matoviy bo’lishi mumkin.
Fotosur’at orqa qismi (foni) oq yoki yorug’-kulrang bo’lishi kerak. Agar Fotosur’at foni qora yoki boshqa rangda bo’lsa bu fotosur’at yaroqli emas deb topiladi.
Bosh (kalla)ning turishi – fas.
Yuz ko’rinishi – tabiiy bo’lishi kerak (kulib tushish ruxsat etiladi).
Kiyim – kundalik kiyim bo’lishi mumkin. Ustki hamda bosh kiyimlarida sur’atga tushish man qilinadi (masalan, pal’to, kurtka va boshqalar). Bundan tashqari gavdaning tepa qismi yalang’och tarzda sur’atga tushirilishi ham man etiladi.
Yoritish – ikki tomondan yuzga yo’naltirilgan holda. Agar fotosur’atga ijodiy tomonlama yondashilgan bo’lib, uning fonida rangli ko’rinishlar mujassam bo’lsa, bu fotosur’at yaroqsiz deb hisoblanadi.
Fotosur’atga fotoapparatning negativ ko’rinish funktsiyasida o'zgartirish kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Fotosur’at ishlash mobaynida hosil bo’ladigan bir rangning asosiy rang bo’lib qolishiga ruxsat berilmaydi.
Sur’at sifatli, tiniq va hech qanday shikastkarsiz bo’lishi shart.
Agar shaxs doimiy tarzda ko’zoynaklar taqib yursa, unda ko’zoynaklar bn rasmga tushish ruxsat beriladi. Tim qora ko’zoynaklarda hamda ko’zoynak buringa tushirilgan holda sur’atga tusish man etiladi. Ko’zoynaklarning nuri kozni qoraytirib qo’yishi kerak emas.
Viza so'rovini ko'rib chiqish uchun Davlat bojlari miqdori
Vizani rasmiylashtirish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar
LATVIYA RESPUBLIKASINING O'ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI
UZ
Vizani rasmiylashtirish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar
17.01.2022. 10:05
1. PASPORT va uning ikkinchi, uchinchi sahifalari nusxasi
pasport 10 yildan ko’p bo’lmagan muddatda berilgan bo’lishi kerak;
rejalashtirilayotgan sayohatdan 3 oy o’tguncha amalda bo’lishi kerak;
viza yelimlanishi uchun mo’ljallangan 2 tadan kam bo’lmagan toza sahifalari bo’lishi kerak.
2. Anketa so'rovnoma
Viza so’rovnomasi to’liq to’ldirilgan bo’lishi va viza so’rayotgan shaxs tomonidan o’zining asl imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. So’rovnoma Shengen davlatlariga borayotgan har bir kishi uchun tuldiriladi.18 yoshgacha bo’lgan, voyaga etmaganlar uchun surovnoma ularning ota- onalari yoki ota–onalik (vasiylik) huquqlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan imzolanadi: https://epak.pmlp.gov.lv/NVIS.EService001.WebSite/?
3. Bitta rangli fotosurat (35 mm x 45 mm)
4. Mablag'ni tasdiqlovchi ma'lumotnoma
Hisobida pul mablag’lari borligi haqida bankdan ma’lumotnoma va horijda bo’lganda bu mablag’lardan foydalanishga imkon beruvchi to’lov kartalari, shuninigdek ohirgi 6 oy davomida pul mablag’larining harakati to’g’risidagi bank hisobidan ko’chirma;
5. Sug'urta Polisi
Shengen vizasini olish uchun Shengen davlatlari hududida amal qiluvchi va sog’liqni tibbiy sug’urta qiluvchi polis zarur. Polisning amal qilish muddati viza berilayotganda hisobga olinadi.
6. Davlat Boji
Viza murojatini ko’rib chiqish uchun davlat boji to’lanishi shart. Viza murojaatiga rad javobi olinganda dalat boji uchun berilgan pul qaytarilmaydi. Davlat boji 6 yoshli bolalar dan boshlab olinadi.
Barcha murojaat etuvchilar viza olishda qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar;
Shengen kelishuvi mamlakatlarida bo’lish davri uchun Moliyaviy mablag’larning mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar. Shengen davlatlari hududida bo’lish bilan bog’liq bo’lgan harajatlarni taklif qiluvchi tomon qoplamagan holda borishni rejalashtirayotgan shaxs Shengen mamlakatlarida bo’lish davri hamda o’z doimiy yashash davlatidiga qaytib kelish uchun yetarli pul mablag’lariga ega ekanligini isbot qilishi kerak.
Firibgarlik belgilaridan ogohlantirish
Diqqat! Shengen va milliy vizalar bilan bog’liq firibgarlik faoliyati tog’risida ogohlantirish.
Shengen vizasini olish uchun arizalarni uchinchi shaxslarning vositachiligi bilan ko'rib chiqish uchun topshirilgan va ularning noqonuniy xizmatlari uchun to'lov qilingan holatlar bo'lganligi sababli, eslatib o'tamiz, Latviya, Estoniya yoki Shveytsariyaga sayohat qilish uchun Shengen vizasiga arizalar shaxsan arizachi tomonidan faqat O'zbekistondagi VFS GLOBAL viza markazi orqali topshirilishi lozim.