87. Nima uchun oldindan zo‘riqtirilgan egiluvchi
elementlarda oddiy elementlarga qaraganda betonning
klassi yuqoriroq qabul qilinadi?
Buning sababi beton siqilgandagi talab qilingan mustah-
kamlikni ta’minlash yoki zo‘riqtirilgan armaturadagi zo‘riqish-
ning yo‘qotilishini kamaytirishdir. Shu munosabat bilan be-
tonning uzatish mustahkamligi R
bp
ni va shu bilan birgalikda
betonning klassi oshiriladi (57-savolga qaralsin).
88. Ko‘p qatorli armaturalar joylashgan kesimlar
qanday hisoblanadi?
Armatura neytral o‘qqa qancha yaqin bo‘lsa, undagi defor-
matsiya ε
s
va kuchlanish σ
s
. shuncha kam bo‘ladi. Yassi ke-
simlar gipotezasiga asosan ε
s
ning qiymati neytral o‘qdan uzoq-
lashishiga proporsional ravishda o‘sib boradi (38-a rasm). Agar
kuchlanish σ
s
ham proporsional o‘sib borganda vazifa biroz
yengilroq bo‘lar edi. Bunday holat esa faqat ortiqcha armatu-
ralangan kesimlarda bo‘lishi mumkin, shunda ham chetki qa-
tordagi cho‘ziluvchi armaturaning kuchlanishi proporsionallik
chegarasidan oshmagan bo‘lsa (taxminan oquvchanlik chega-
rasining 80% icha bo‘lsa), po‘latning ishi Guk qonuniga mos
keladi. Me’yordagi armaturalangan kesimlarda bunday yon-
dashish natijaning noaniq bo‘lishiga olib keladi, zaif armatu-
ralangan kesimlarda esa umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bun-
day kesimlarda chetki qatordagi armatura butunlay boshqacha
ishlaydi (62-savolga qaralsin). Yumshoq armatura oqadi, un-
62
dagi kuchlanish R
s
ga yetgandan keyin o‘smaydi, lekin kuch-
lanish keyingi qatorlarda o‘sadi, qo‘shni qatorlarda ular ham
oquvchanlik chegarasiga yetishi mumkin. Qattiq po‘lat shart-
li oquvchanlik chegarasidan keyin ham ishlaydi, undagi kuch-
lanish σ
s
= γ
s6
R
s
bo‘lib, siqiluvchi zonaning balandligiga bog‘liq
ravishda qo‘shni qatorlarda R
s
ga yetib borishi, hatto undan or-
tib ketishi ham mumkin.
a)
b)
v)
38-rasm.
Keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, vazifa ancha mu-
rakkab: siqiluvchi zona balandligidan tashqari, deyarli barcha
qatorlardagi armaturalar kuchlanishi noma’lum, faqat chet-
ki siqiluv chi armaturaniki ma’lum, uning qiymati σ
sc
=R
sc
.
Masalaning yechimi loyihalash normalarida hisoblashning
umumiy qoidalarida berilgan. Mazkur qoidalarda tenglama-
lar sistemasini yechish yoki EhMda hisoblash ko‘zda tu-
tiladi.
Yumshoq po‘lat bilan armaturalangan kesimlarning hisobi-
ni anchagina soddalashtirish mumkin, lekin ushbu soddalash-
tirish kichik noaniqliklarga yo‘l qo‘yish orqali amalga oshiri-
ladi: cho‘ziluvchi zonaning pastki yarmida joylashgan barcha
armatura h
0
– x hisoblash jarayonida σ
s
=R
s
deb hisoblana-
di, ustki yarmida joylashgan armaturalardagi kuchlanish esa
σ
s
=0,8R
s
(38-v rasm) qabul qilinadi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |