185. Nima uchun yig‘ma elementlarni biriktirishda
markazlashtiruvchi taglik kam ishlatiladi?
Markazlashtiruvchi tagliklar tayanch reaksiyalar holatini
belgilash, boshqacha qilib aytganda teng ta’sir etuvchi bosim
epyurasi holatini aniqlash uchun zarur. Tagliklar qancha aniq
bo‘lsa, reaksiyalar shuncha aniq bo‘ladi (ular taglik chegara-
sidan chiqmaydi), tayanch momentlari M
0
ning qiymati shun-
cha kam bo‘ladi. Tagliklar mavjud bo‘lsa, betonning mahal-
liy siqilishdagi kuchlanishi yuqori bo‘ladi. Betonning mahalliy
siqilishga (ezilishga) mustahkamligini ta’minlash uchun tag-
liklarni shunchalik katta tayyorlash kerakki, ular boshlang‘ich
ma’nosini yo‘qotadi. Tagliklar ustun choklarining ba’zi turla-
rida qo‘llaniladi, lekin ular montaj jarayonida fiksator vazifa-
sini bajaradi, natijada payvandlangandan keyin armatura chi-
qiqlarini payvandlab, choklar betonlangandan keyin ma’nosini
yo‘qotadi (190-savolga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |