50. Nima maqsadda kuchlanishlar yo‘qotilishi birinchi va
ikkinchi yo‘qotishlarga bo‘linadi?
Birinchi yo‘qotishlar tayyorlash jarayonida va beton si-
qilishi tugaguncha namoyon bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotish-
lar temir-beton tayyorlangandan keyin uning ekspluatatsiyasi
boshlanguncha ro‘y beradi. Ularning bo‘linishiga sabab shun-
daki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiya turli davrda turlicha
yuklarni qabul qiladi, u ning ta’siriga konstruksiyani mustah-
kamlik va darzbardoshlikka tekshirish kerak. Buyum tayyor-
lab bo‘linishi bilan siquvchi kuch, uni ko‘tarish yoki tashish-
dagi xususiy og‘irligiga ta’sir qiladi. Ushbu holda zo‘riq tirilgan
armaturada faqat birinchi yo‘qotishlar sodir bo‘ladi, chunki
siquvchi kuch hali kichkina, betonning mustahkamligi esa
kam bo‘ladi. Ekspluatatsiya jarayoni boshlanishida esa bi-
rinchi va ikkinchi yo‘qotishlar sodir bo‘ladi, siquvchi kuch
kamaygan, betonning mustahkamligi esa o‘sib, loyihaviy qiy-
matga erishgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |