199. Qanday maqsadlarda yuklar doimiy, uzoq muddatli va qisqa
muddatlilarga bo‘linadi?
Yukning ta’sir qilish davomiyligi har
qanday material
ning mustahkamligi va
deformatsiyalanuvchanligiga ta’sir qiladi,
ayniqsa betonning mustahkamligiga jid-
diy ta’sir qiladi (1-bobga qaralsin). Shu-
ning uchun yuklarni ikki turga doimiy va
vaqtinchalik yuklarga, vaqtinchalik yuk-
larni esa o‘z navbatida qisqa muddatli va
uzoq muddatli yuklarga bo‘linadi. Odat-
da doimiy va uzoq muddatli yuklarni o‘zaro birlashtiriladi va
uzoq muddat ta’sir qiladigan yuk deb hisoblanadi. Doimiy yuk-
larga binoning yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qismlari, gruntning
og‘irligi yoki uning yon tomonlama bosimi va shunga o‘xshash
yuklar kiradi. Vaqtinchalik yuklarni uzoq muddatli va qisqa
muddatliga bo‘lish shartli bo‘lib, ularning davomiyligi to‘g‘ri-
sida aniq chegara mavjud emas. Shuning uchun har bir konkret
holda loyihalash me’yorlariga murojaat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |