Burovchi moment va uning epyurasini qurish Brusning qoldirilgan qismiga ta’sir etayotgan tashqi momentlarning biror kesimdagi algebraik yig‘indisiga shu kesimdagi burovchi moment deb ataladi va bilan belgilanadi.
Valni mustahkamlikka tekshirishda uning eng xavfli kesimini aniqlab olish zarur. Buning uchun esa brus o‘qi bo‘ylab burovchi momentning o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafikni chizish lozim. O‘zgarmas ko‘ndalang kesimli bruslarning maksimal burovchi moment hosil bo‘lgan kesimi xavfli kesim hisoblanadi.
Burovchi momentni brus o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafikka burovchi moment epyurasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |