Konstruksion matriallar haqida umumiy ma‘lumotlar. 1 Konstruksion materiallarni qurilishda ishlatilishi


Mebel va duradgorlik buyumlarga xomashyo tanlash



Download 6,5 Mb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi6,5 Mb.
#784202
1   2   3   4
Bog'liq
Konstruksion Ergashboyeva .M-WPS Office[1]

1.2 Mebel va duradgorlik buyumlarga xomashyo tanlash.
Duradgorlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan bar-cha turdagi asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan, ishni bajarish tartibini ko‘rsatuvchi texnikaviy hujjatlar (buyum chizmalari, texnik rasmlar) hamda buyum tayyorlash uchun kerak bo‘lgan yog‘och materiallar bilan ta’minlangan duradgorlik o‘quv ustaxonasining bir qismi duradgorlik ish o‘rni deb ataladi.
Duradgorlik ustaxonalarida ish о‘rnining asosini duradgorlik dastgohi tashkil etadi.
Yog‘ochni qayta ishlash uchun mо‘ljallangan dastgoh duradgorlik dastgohi deb nomlanadi.Dastgoh barcha turdagi duradgorlik ishlari bajariladigan, maxsus oyoqlarga о‘rnatilgan ish stolidan iborat bо‘lib, unda arralash, randalash, о‘yish-teshish, qismlarni biriktirish kabi ishlar bajarila-di. Stolning asosiy qismlari bо‘ylama va kо‘ndalang tiskilardan, ponalar о‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qо‘yish uchun moslan-gan novdan iborat. Duradgorlik dastgohidan foydalanish-da dastgohning balandligi о‘z bо‘y-bas-tingizga qarab moslanadi. Dastgoh ba-landligining о‘z bо‘yingizga mosligini tekshirishda qaddingizni bukmagan holda ikkala qо‘lingiz kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qо‘yasiz(7-rasm, a). Bu holda qaddingiz bukilmasdan qо‘l kaftingiz ish tax-tasigayetsa,ishо‘rniningbalandligibо‘yingizgamoshisoblanadi.Bundantashqari, duradgorlik dastgohlarini о‘z bо‘yingizga moslash imkonini beradigan yog‘och tagliklar bо‘lib, ular yordamida ish taxtasi balandligini о‘zgartirish mumkin.Yog‘och va yog‘och materiallar xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida eng ko‘p ishlatiladigan konstruksion materiallardan biridir. Ming yillar davomida odamlar yog‘ochdan turli xil maqsadlarda foydalanganlar: qurilish va inshootlarda, avtomobil-sozlik, vagonsozlik, kemasozlik, ko‘mir sanoatida, qog‘oz-selluloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarishda, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar va bo‘yoqlar olishda va boshqa sohalarda. Yog‘och deb,daraxtningtanasi,butoqlari,novdalarivaildizlariningasosiyqismidan olinuvchi materialga aytiladi.Duradgorlik go‘niyasi (burchaklik) – duradgorlik ishlari bilan qurilish konstruk-siyalari elementlarining to‘g‘ri burchak (900) hosil qilib biriktirilganligi tekshiriladi. Go‘niya asos (kunda) va unga to‘g‘ri burchak ostida biriktirilgan bo‘linmalari bo‘lgan chizg‘ichdan iborat. U metall yoki yog‘ochdan yasaladi. Ishlatilishiga ko‘ra metall, yog‘och, porsi, vintli va surma go‘niya turlari bor.Yog‘och materiallardan buyum tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar xilma-xil bo‘lib, ularni amalga oshirishda о‘lchash va rejalash asboblaridan tashqari arra, randa, egov, bolg‘a, iskana, yog‘och tо‘qmoq, ombur, jilvir qog‘oz kabi asboblardan foydalaniladi. Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida ishlatiladigan arralar shakliga qarab turlarga bo‘linadi. Duradgorlik ustaxonalarida STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari ishlatiladi.
-STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining asosiy uzellaristanina,oldingi babka,ketingibabka,tirgak,o‘yuvchimoslamabo‘lib,uningyordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi.

Qadimiy zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, o‘z hunarlarini avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqdalar. Yog’ochga naqsh o‘yish va gu lsolish san’ati hamisha ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda.Yog’och o‘ymakor ustalar yog’ochni o‘yishdan oldin uning o‘ziga xos xususiyatlarini sinchiklab o‘rganganlar. Keyingina yog’ochga o‘yib naqsh ishlangan. Hamma yog’ochlar ular olinadigan yog’och turiga qarab ikki guruhga: bargli va ninabarglilarga, bo‘linadi. Ninabargli daraxtlardan olingan yog’ochlar qurilishda, duradgorlikda va yog’och o‘ymakorligida asosiy material hisoblanadi, chunki ularning o‘zigaxos afzalliklari bor. CHunonchi tarkibida smola moddalari bo‘lganligi uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko‘pligi va yengilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin. Yog’och materiallari tabiiy guli, rangi, tovlanishi va xidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonlik yog’och o‘ymakor ustalar o‘zishlari uchun eng yaxshi yong‘oq (grecheskiyorex), kayrag‘och, chinor(platan), tut, archa (mojjevelnik), nok (grusha), zarang (klyon) ,zirk(olxa), shumtol (yasen), mirzaterak (topol), baqaterak, tog‘teragi (osina), terak, o‘rik(uryuk) kabi daraxtlardan va hozirda boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman, oqqarag‘ay (pixta), tilogoch (listvennitsa), arg‘uvon (lipa), oqqayin (beryoza), qoraqayin (buk), qarag‘ay (sosna) daraxtlari yog’ochlarini ishlatadilar. Ushbu yog’ochlarni pardozlash orqali naqsh o‘yishga tayyorlaydilar. Bunda pardozlashda yog’och sirtini yaxshilab tozalash, silliqlash, o‘yma relefga uch xil: pax (yoyma), choka (yorma), lulapardoz berish hamdavbo‘yab, kumush suvi yugirtirish, loklash va jilolash kabi ishlardanviborat.
Metalmas materiallar. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan metallmas materiallarni ishlatilishiga ko‘ra ikki gruppaga ajratish mumkin:
1. Mashina qismlarining ayrim detallarini tayyorlashda foydalaniladigan materiallar(plastmassa, yog’och, rezina, shisha, keramikavaboshqalar).
2 Maxsus materiallar( ta'lim, qog‘iz , pak va boshqalar).
Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi sifatli chiqishi duradgorning ish malakasiga va shu bilan birga, nazorat-o‘lchov hamda rejalash asboblaridan o‘rinli, to‘g‘ri foydalana olishlariga bog‘liq.Duradgorlikda masshtabli chizg‘ich, go‘niya, porsi go‘niya, vintli porsi cho‘niya, xatkash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Masshtabli chizg‘ich yordamida Yog’och materiallarning, tayyor detal va buyumlarning o‘lchamlari o‘lchanadi va rejalash ishlari bajariladi.Masshtabli chizg‘ich yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli o‘lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga chizg‘ich o‘rnatilib qalam yoki chizg‘ich bilan reja chiziladi. Masshtabli chizg‘ich yordamida egri chiziqlarni ham rejalash mumkin. Buning uchun egrichiziq o‘rniga uning egriligiga qarab har er-har erga mix qoqib olinadi. So‘ngra chizg‘ichni qirrasi shu mixlar bo‘yicha egib o‘tqiziladi va qalam bilan qoplanadi.
Duradgorlik o‘lchov asboblari.
Yogʻochsozlik sanoati - oʻrmon sanoatining yogʻochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida oʻz ehtiyojlari uchun turli yogʻochlardan foydalanadigan tarmogʻi. Yo. s mahsulotlariga arralangan yogʻoch, shpal, faner, yogʻoch toʻsinlar, qurilishda ishlatiladigan yogʻoch detallar, mebel, yogʻoch qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, q. x. mashinalari uchun xomaki va tayyor detallar, q. x. mahsulotlari uchun qutilar, toʻqimachilik sanoatiga gʻaltaklar, turli moslamalar, poyabzal qoliplar, asbobuskunalar va ularga gʻiloflar, changʻi va b. sport anjomlari, gugurt va b. kiradi. Oʻzbekistonda yogʻochsozlik, yogʻochdan turli anjomlar yasash qadimdan hunarmandlikning rivojlangan turi tarzida mahalliy xom ashyo resurslari bilan chegaralangan holda mavjud boʻlib kelgan. Yogʻochsozlik yoki duradgorlik (yogʻochni qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash), uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, panjarasozlik, oʻymakorlik singari juda koʻp tarmoqlardan iborat boʻlgan. Bu soxada uzoq vaqtgacha kichik korxonalar, oddiy mebel ishlab chiqaradigan artellar, kerakli asbobuskuna bilan taʼminlangan sexlar ishlab kelgan. 20-asrning 50—70y.larida Oʻzbekistonda respublikaning yogʻoch va yogʻochdan ishlangan buyumlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq taʼminlanishini inobatga olgan holda Yo. s taraqqiy eta boshladi. Qurilish ktlarining duradgorlik sexlari asosida yirik yogʻochsozlik korxonalari tashkil etildi, ularda deraza va eshik, arralangan yogʻoch, toʻsin, parket va b. duradgorlik mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlashga oʻtildi. Germaniya, Shvetsiya, Italiya va Rossiya mashinasozlik korxonalari bilan hamkorlikda Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi (1968), "Toshkent" yogʻochsozlik birlashmasi (1972 y., kuvvati 400 ming m2 rom, 500 ming m2 eshik tavaqalari), Toshkent quyoshdan himoya uskunalari zavodi (1974 y., quvvati 400 ming m2), yogʻoch chiqindilaridan presslangan qurilish taxtachalari ishlab chiqaradigan zd (1976 y., kuvvati 20 ming m3) ishga tushirilganidan tashqari Sharqiy Sibirda Oʻzbekiston tashkilotlari qaramogʻida 11 oʻrmon sanoati (daraxt kesish) xoʻjaliklari ham ish yuritdi. Daraxt kesish xoʻjaliklarida yiliga 500 ming m3 dan koʻproq yogʻoch va taxta tayyorlanib, respublikaga keltirib turildi. 1978 y.ga kelib Oʻzbekiston Sharqiy Sibirda yogʻoch tayyorlashdan yogoch va taxtani sotib olishga oʻtdi. Oʻzbekistonda yogʻochsozlik korxonalari sonini va ularning i. ch. kuvvatlarini koʻpaytirish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1979—1995 y.larda Toshkent, Asaka, Qoʻqon sh.larida yangi duradgorlik sexlari ochildi. 1991 y.da quyoshdan himoya uskunalari zdida plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan liniyalar, 1994 y. Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlgan "OʻzEllas" gugurt zavodi (Oʻzbekiston — Gretsiya qoʻshma korxonasi; yillik kuvvati 300 mln. kuti gugurt) mahsulot chiqara boshladi. 1995—2000 y.larda iqtisodiy islohotlar tufayli yogʻochni qayta ishlash sohasidagi barcha korxonalar davlat tasarrufidan chikarilib, ular asosida aksiyadorlik, jamoa va xususiy korxonalar tashkil qilindi. Qator viloyatlarda qisqa vaqt ichida plastmassa va metalldan har birining quvvatini 10—20 ming m2 boʻlgan zamonaviy koʻrinishdagi eshik va rom tayyorlaydigan qoʻshma va xususiy kichik korxonalar jadal surʼatda tashkil qilindi. Bu mahsulotlarning afzalligi rom va oynalar blok shaklda tayyorlanib, chang , sovuq va shovqinni oʻtkazmaydi, issiqlikni tejaydi. Oʻzbekistonda Yo. s. tarkibidagi korxonalar yiliga 3 mln. m2 eshik va deraza romlari, 233 ming m2 parket, 1 mln. m uzun oʻlchovli buyumlar (plintus, qoplamalar va b.), 50 ming m2 quyoshdan himoya uskunalari, 2,5 mln. dona oshik,moshiq, 50 ming m3 taxta va boshqa mahsulot i. ch. kuvvatiga ega (2001). Shuningdek, koʻpgina jamoa va shirkat xoʻjaliklari, kurilish tashkilotlarida arralangan yogʻochga ishlov berish va gʻoʻla yogʻochni tilish bilan shugʻullanadigan korxonalar bor. Respublika xalq xoʻjaligi va aholining yogʻoch — taxtaga boʻlgan yillik ehtiyoji 10 mln. m3 ga boradi. Yogʻoch xom ashyosi taqchilligi tufayli Yo. s.dagi mavjud kuvvatlarning yarmidan foydalanilmokda. Respublikaning yogʻoch, taxta, qogʻoz, sellyuloza, gugurt va b. boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, yogʻochni qayta ishlash sanoati korxonalarining xom ashyo bazasi mustaqilligini taʼminlash uchun respublika Vazirlar Mahkamasi 1994 y. 8 fevralda "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid choratadbirlar toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. Qarorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda har yili 10 ming ga, 10 y.da 100 ming ga terakzor tashkil etish, yaqin kelajakda har yili 3 mln. m3 sanoatbop va qurilish yogʻochi tayyorlash rejalashtirilgan. Xorijiy mamlakatlardan Rossiya, AQSH, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya va Kanada kabi mamlakatlar iqtisodiyotida Yo. s. muhim oʻrinda turadi. Bu mamlakatlardan oʻrmon resurslari kam boʻlgan davlatlarga yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari eksport qilinadi. Germaniya va Fransiyada ham Yo. s. rivoj topgan.
Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. Duradgorlik bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (qarang Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil.Yog'ochdan qo'lda yaratilgan mahsulotlar ma'naviy ma'noni ifodalaydi, mahsulotning notekis yuzasida siz usta asbobining harakatini his qilishingiz mumkin. CNC dastgohida ishlab chiqarilgan mahsulotlar deyarli bir-biriga o'xshash va bu individual ekspressivlikka ega emas. Qayta ishlashning ikkita usuli - qo'lda va mashinaning kombinatsiyasi murakkab relyef va haykaltaroshlik yog'och mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori eksklyuzivligi, mahsuldorligi va sifatini birlashtira oladi, deb ishonish uchun barcha asoslar mavjud. Ma'lum bo'lishicha, CNC dastgohida tayyorlangan mahsulotni 5-10% qo'lda tozalash bilan ham, qo'lda o'ymakorlikka taqlid qilish va shunga mos ravishda mahsulotning eksklyuzivligini oshirish mumkin. Mashinada ishlov berish sizga eng murakkab va muntazam ishlarni tezda bajarishga imkon beradi va qo'lda pardozlash - mahsulotga original ko'rinish berish.Badiiy yog'och mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash uchun mebel va me'moriy interyer detallariga dekorativ va bezak qo'shimchalarini o'z ichiga olgan holda, frezalash va nusxa ko'chirish mashinalari qo'llaniladi. Bunday asbob-uskunalar yordamida turli xil o'ymakorlik elementlarini yasash mumkin - ko'p bargli gullar ko'rinishidagi dumaloq rozetlar, vorteksli rozetlar, egri chiziqli to'lqinli bo'linishli rapport belbog'li frizlar, balusterlar va hatto yuqori haykaltaroshlik, barelyef va yuqori relyefli. tafsilotlar va boshqalar.Yana bir texnologiya - yog'ochni bo'rttirish texnologiyasi - uning isitiladigan matritsalar va zımbalar bilan bosim bilan ishlov berish bilan bog'liq. Yog'och oldindan bug'lanadi. Markalarni ishlab chiqarishning yuqori narxi va presslash paytida uch o'lchovli relef naqshlarini olishning iloji yo'qligi ushbu texnologiyadan suvenir mahsulotlarini yuqori hajmli partiyalarda, masalan, qutilarda ishlab chiqarishda keng qo'llanilishiga imkon berdi, lekin ma'lum bir mahsulot uchun eksklyuziv mahsulotlarda emas. kichik partiyalarda buyurtma bering. Yog'ochni lazerli o'ymakorlik texnologiyasi, shuningdek, rastr naqshlari bo'yicha yuzalarni lazer bilan yoqish hozirda yog'ochda uch o'lchamli tasvirlarni olish uchun qo'llanilmaydi.
Oxirgi ko'rib chiqilgan texnologiyalar (quyma, qum bilan ishlov berish, bosim bilan ishlov berish va lazerli o'yma) qattiq yog'ochda uch o'lchamli barelef, yuqori relyef yoki haykaltaroshlik shakllarini ochib bera olmaydi. Shuning uchun biz ularni faqat yog'ochni badiiy qayta ishlashning mavjud turlari sifatida eslatib o'tamiz, asosan yog'och buyumlarning tekis yuzalarida teksturalar va sayoz naqshlarni qo'llash uchun ishlatiladi.


Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish