Konstruksion matriallar haqida umumiy ma‘lumotlar. 1 Konstruksion materiallarni qurilishda ishlatilishi



Download 6,5 Mb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi6,5 Mb.
#784202
  1   2   3   4
Bog'liq
Konstruksion Ergashboyeva .M-WPS Office[1]
1chi shaxsiy top, ozbekistonning mustaqillik davrida davlat hokimiyati strukturasidagi ozgarishlar (1), ozbekistonning mustaqillik davrida davlat hokimiyati strukturasidagi ozgarishlar (1), 7 Tarmaq operation sistemasi, Sog' tanda sog' aql 2009, M.Saitova Musiqa o\'qitish metod taqdimot, Bolalar nutqini o\'stirish va bolalar adabiyoti 2021, 71) 1-maktabgacha ta’lim, Termiz shahar Markaz tuzilmasi nizom, geometriya mustaqil ish, sample, dermatologiya va stomatologiyada lazer texnologiylaridan foydalanish, 2 300397348486381727, amaliyot 1, 4-Mavzu Faoliyatning psixologik taxlili. Reja


KONSTRUKSION MATERIAL SIFATIDA QURILISHDA, MEBEL VA DURADGORLIK BUYUMLARGA, MUSIQA ASBOBLARIDAN, RO‘ZG‘OR ASBOB ANJOMLARI ISHLAB CHIQARISHDA BUYUMLARGA XOMASHYO TANLASHNI O‘RGANISH.
Mundarija.
Kirish……………………………………………………………………3
I-BOB. KONSTRUKSION MATRIALLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOTLAR.
1.1 Konstruksion materiallarni qurilishda ishlatilishi........................ .
1.2 Mebel va duradgorlik buyumlarga xomashyo tanlash va ishlatiladigan uskunalar............................................
II-BOB. MEBEL VA DURADGORLIK, RO‘ZGOR ASBOBLARI , MUSIQA ASBOBLARI, ISHLAB CHIQARISHDA BUYUMLARGA XOMASHYO TANLASHNI O‘RGANISH.
2.1 Musiqa arboblariga xomashyo tanlashni o‘rganish.................. ...
2.2 Ro‘zg‘or asbob-anjomlarini ishlab chiqishda xomashyo tanlash.......
XULOSA........................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish juda muhim hisoblanadi. Chunki tanlangan kasb har bir inson kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham takdir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunardan zavq olsa, qilgan ishidan mamnun bo‘ladi. O‘z kabining ustasiga aylanadi el e‘tiboriga tushadi, baraka topadi.
1.1 Konstruksion materiallarning qurilishda ishlatilishi.
Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexaniq va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; boʻlardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa ham Konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexaniq xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi. Metall Konstruksion materiallar ga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha temperaturada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllaniladi. Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000— 1100° gacha temperaturada mustahkamligini saqlaydi; ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi 550—750 Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi.
Metallmas Konstruksion materiallarga beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi. Ular samolyotsozlik, raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllaniladi. Kompozitsiyey Konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va boshqa[1]Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, se-ment, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.

Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton ,Temir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. Lok va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi. Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005-yilgacha).Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. Duradgorlik bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (qarang Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil. Duradgorlik ishlarida turli stanoklardan foydalaniladi. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish va ularga amal qilish shart:
1.Yorug‘lik ish o‘rniga o‘ng tomondan tushishi, ish o‘rnida tabiiy yorug‘lik yetarlicha bo‘lishi kerak.
2.Materiallarni stanok staninasiga, mexanizm yoki to‘siqlar ustiga qo‘ymaslik ta-lab etiladi.
3.Stanok va mexanizmlarning detallari, staninalari, qopqoqlari, to‘siqlari sinma-gan, g‘adir-budursiz bo‘lishi kerak.
4.Elektr dvigateli qulfanadigan yashik yoki maxsus to‘siq bilan yopilishi kerak.
5.Stanoklarning tishli, tasmali va boshqa uzatmalari, disk arralari, pichoqli vallari maxsus qopqoqlar bilan berkitilishi kerak.
6.Stanokning aylanayotgan ish qismlarini qo‘l yoki boshqa biror narsa bilan to‘xtatmaslik kerak.
7.Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo‘l bilan tek-shirmaslik kerak.
8.Ish vaqtida maxsus kiyimda bo‘lish va himoya ko‘zoynagini taqib ishlash talab etiladi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti