Konstitutsiyaviy


-§. Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

8-§. Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi

Konstitutsiyaning  42-moddasi  ikki  banddan  iborat  bo‘lib, 

birinchi  bandda  “Har  kimga  ilmiy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi, 

madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi  kafolatlanadi”  –  deb 

ko‘rsatilgan bo‘lsa, ikkinchi bandda “Davlat jamiyatning madaniy, 

ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi” – deb mus

-

tahkamlangan.



Shu  moddaning  ikkinchi  bandida  belgilanganidek,  jamiyat

-

ning  madaniy,  ilmiy  va  texnik  rivojlanishiga  g‘amxo‘rlik  qilishni 



davlat o‘z zimmasiga olar ekan, bu vazifa fuqarolarga ilm-texnika, 

madaniy sohada erkinlik bermasdan ta’minlanishi mumkin emas.

Jamiyatning rivojlanishi uning har bir a’zosi o‘z imkoniyatlari

-

dan qanchalik to‘la va keng foydalanishiga bog‘liq. Ijod natijasida



-

gina fan-texnika yutuqlariga ega bo‘lish mumkin. Turli sohalarda 

tegishli qobiliyatga ega shaxslarga o‘z qobiliyatini to‘la namoyon 

qilish imkoniyati yaratilib berilgandagina, ijobiy natijaga erishish 

mumkin.

Bu imkoniyat esa, shu sohadagi huquqlarning kafolatlanishidir.

Ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi orqali mamlakatimizda ahami

-

yatli  kashfiyotlar,  ixtirolar,  xorijiy  mamlakatlar  bilan  hamkorlik 



qilish, mamlakatni jahonga ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi.

Fuqarolar  madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi  orqali 

madaniyat, san’at namunalaridan foydalanib, ma’naviy ozuqa olish 

bilan  o‘z  ehtiyojlarini  qondirmoqda.  Shu  bilan  birga,  madaniyat, 

san’at sohasidagi yutuqlar jahonga namoyon qilinmoqda.

Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi-

ga g‘amxo‘rlik qilar ekan, bu sohada ijodkorlar, mualliflar, ixtiro

-

chi, kashfiyotchilarning huquqlarini samarali himoyalash tizimini 



yaratgan.

Mualliflar,  ixtirochilar,  kashfiyotchilar  huquqi  davlat  tomo

-

nidan  himoya  qilinishi  orqali  ularning  natijasidan  avvalo  mual



-

lif, kashfiyotchi, ixtirochilar manfaatdor bo‘lsa, ularning mehnati 

natijalari  jamiyatning  rivojlanishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ijobiy  ta’sir 

qilganligi sababli bundan davlat ham manfaatdordir.




182

Ijodkorlar,  mualliflar,  ixtirochilar,  kashfiyotchilar  huquqlari 

himoya  qilinishi  bilan,  birga  ular  davlat  tomonidan  turli 

rag‘batlantirishlarga  ham  ega  bo‘ladi.  Bu  ham  ijod  erkinligi  ka

-

folatidir.



O‘zbekistonda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlar  Konstitutsiyada 

alohida  tur  huquqlar  sifatida  ko‘rsatilgan  va  fuqarolarning  kons-

titutsiyaviy huquq va erkinliklari tizimining ajralmas qismidir. Bu 

huquq  va  erkinliklardan  foydalanish  orqali  fuqarolar  o‘zlarining 

turmush sharoitini farovonligini ta’minlaydi. Davlatning iqtisodiy 

qudrati qanchalik kuchli bo‘lsa, iqtisodiy huquqlardan foydalanish 

imkoniyati ham shuncha kengayib boradi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish