Oltinchi. Saylovchilar ro‘yxatini tuzish va saylov byul-
letenlarini rasmiylashtirish.
Saylovchilar ro‘yxati – uni tuzish, ro‘yxat bilan saylovchilarni
tanishtirish, ro‘yxat yuzasidan kelishmovchiliklarni hal qilish mu
-
nosabatlarini keltirib chiqaradi. Saylovchilar ro‘yxati ovoz berish
imkoniyatini beruvchi hujjat. Saylovchilar ro‘yxati saylov uchast
-
kalarida uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Tuman, shahar hokimlari saylovchilarni hisobga olishni
ta’minlaydi, ro‘yxat tuzishga jamoatchilik vakillari jalb qilini
-
shi mumkin. Harbiy qismlarda saylovchilarning ro‘yxati qism
qo‘mondonligi taqdimi bilan, xorijdagi vakolatxonalarda, sog‘liqni
saqlash, dam olish muassasalarida saylovchilar ro‘yxati tashkilot
rahbarlari taqdim etgan ma’lumotlar bo‘yicha tuziladi.
Saylov kuniga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzi-
layotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasida doimiy yoki vaqtin
-
cha istiqomat qilayotgan fuqarolar ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxat
uchastka saylov komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi,
tug‘ilgan sanasi va manzili aks ettiriladi.
Ro‘yxat saylovga o‘n besh kun qolganda, kasalxona, dam olish
uylari va boshqa uzoq joylarda yetti kun (Prezident sayloviga ikki
kun) qolganda tanishish uchun saylov uchastkasida osib qo‘yiladi.
Ro‘yxat xususida shikoyat uchastka saylov komissiyasiga beri-
ladi, Prezident saylovlarida shikoyat kechi bilan ikki kunlik mud
-
datda, saylov arafasida esa, darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Vakillik
organlariga saylovda shikoyat 24 soat ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Komissiya xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish
ko‘rsatilgan. Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunda sudga say
-
lovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi, sud shikoyati
ikki kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
306
Saylov jarayonida saylov byulletenlarini tayyorlash, yetkazib
berish va rasmiylashtirish alohida bir tadbir deb qaraladi.
Saylov byulleteniga nomzodlar familiyasini, otasining ismi
alifbo tarkibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavo
-
zimi, nomzodlikka ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi.
Tuman, shahar Kengashiga saylovda nomzod nomzod ko‘rsatgan
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ham ko‘rsatiladi. Say
-
lov byulletenida uni to‘ldirish tartibi ham ko‘rsatiladi.
Byulletenlar davlat tili, okrug saylov komissiyasining,
viloyat, tuman, shahar kengashiga saylovda shu hududlar uchun
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasining qarori bilan okrugining
ko‘pchilik aholisi so‘zlaydigan tilda nashr qilinadi.
Saylov byulletenlari saylovga kamida uch kun qolganda
uchastka saylov komissiyasiga yetkazib beriladi. Olingan byulleten
-
lar soni ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Byulletenning o‘ng tomoni yuqori burchagiga
uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar
komissiya muhri bilan tasdiqlanadi. Shunday usulda rasmiylashtiril
-
magan byulletenlar sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |