4-§. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asos-
lari. Saylovlarda erkinlik
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi.
Undan foydalanish siyosiy hayotda ishtirokni ta’minlab, mam
-
lakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
fuqarolarga saylov huquqini berish, ta’minlash bilan birga kimlar
saylovda ishtirok etmasligi, kimlarning saylov huquqi vaqtincha
to‘xtatilishi, uning asoslari ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu Konsti
-
tutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: “Sud tomo
-
nidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayot
-
gan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmay
-
dilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlari-
ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashishni istis
-
no etuvchi ikki asosni belgilaydi.
289
Birinchi
– fuqaroning muomalaga layoqati cheklanganligi, aqli
zaifligi natijasida. Bunday shaxslar o‘zlarining harakatlarini baholay
olmaydi yoki ongli harakat qilolmaydi. O‘zining harakati qanday
oqibatlar keltirib chiqarishini anglamaydi.
Ikkinchi
– ozodlikdan
mahrum etish joylarida saqlanayotgan, ya’ni jazo o‘tayotganlar.
Bularning saylov huquqi jazo o‘tash davrida to‘xtatiladi.
Har ikki holatda ham saylovda ishtirok etmaslikning asosi
sud hujjatidir. Sud shaxsni muomalaga layoqatsizligi to‘g‘risida
qaror qabul qiladi, shaxsni ozodlikdan mahrum qilish ham sud-
ning hukmiga asosan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya boshqa hech qanday holatda fuqarolarning say
-
lov huquqini cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.
Saylovlarda turli senzlar o‘rnatilishi (senz cheklash ma’nosini
beradi) mumkin. Hozirgi kunda butun dunyoda saylov huquqida
mavjud bo‘lgan senz – bu yosh senzidir. Yosh senzi fuqaroning
voyaga yetgan bo‘lishi, uning natijasida esa, o‘z harakatiga javob
bera olishni nazarda tutadi.
Aktiv va passiv saylovda yosh senzi har xil o‘rnatilgan, masa
-
lan, O‘zbekistonda aktiv saylov huquqiga (saylash huquqiga)
18 yoshdan ega bo‘linadi. Hamma organlarga saylash huquqi
18 yoshdan vujudga keladi. Passiv saylov huquqi (saylanish huqu
-
qi) turli organlarga turlicha o‘rnatilgan. Xalq deputatlari mahal
-
liy Kengashlarida deputatlik uchun 21 yosh, Qonunchilik palatasi
deputatlari, Senat a’zolari uchun 25 yosh, O‘zbekiston Respub
-
likasi Prezidenti etib saylanish uchun 35 yosh belgilangan. Shu
yoshga yetmaganlar tegishli organlarga saylana olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa – milliy, jin
-
siy, irqiy, mulkiy cheklashlar nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga aytish mumkinki, turli organlarga passiv say
-
lov huquqida – saylanishda saylanuvchilar (nomzodlar) oldiga
ma’lum talablar qo‘yiladi. Bu talablar qonuniy asosda, chunki ular
tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Bunday shartlar, talablar Prezidentlikka saylanuvchilar va va
-
killik organiga saylanuvchilar uchun alohida-alohida bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 90-moddasiga binoan, Prezident etib say
-
lanish uchun fuqaro o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi, davlat
290
tilini yaxshi bilishi, saylovgacha O‘zbekiston hududida kamida
10 yil muqim (doimiy) yashagan bo‘lishi kerak. Shu shartlar mav-
jud bo‘lsa fuqaroning nomzodi tegishli tartibda Prezidentlikka
nomzod sifatida qo‘yiladi va saylovda ishtirok etadi. “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydigan
shaxslar doirasi belgilangan. Ular quyidagilar:
- qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan
fuqarolar;
- o‘zlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi munosabati
bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmat-
chilari (Qonunning 25-moddasi).
Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
va Senati a’zosi bo‘lib saylanadiganlar oldiga ayrim talablarni
qo‘ygan, fuqaro deputat va senator bo‘lib saylanish uchun yigir
-
ma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil O‘zbekistonda muqim
yashagan bo‘lish kerak.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi
Qonunda ham deputat bo‘lib saylanuvchilarga ba’zi talablar qo‘yil-
gan (25-modda).
- sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlangan
-
lik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan
fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston
hududida muqim yashamagan fuqarolar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xiz
-
matchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan
bo‘linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchi-
lari deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olinmaydi.
Senat a’zoligiga saylanish uchun qonunning 53-moddasida
talablar qo‘yilgan bo‘lib, senatorlikka yigirma besh yoshga to‘lgan,
kamida besh yil O‘zbekistonda muqim yashagan, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy Kengashlar deputatlari
saylanadi.
291
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasida shu Kengash depu
-
tatligiga nomzodlar oldiga ma’lum talablar qo‘yilgan.
Quyidagilar:
- sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugal
-
lanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston
Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xiz
-
matchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizma-
tining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining,
boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchi-
lari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokurotura organlari va hokimiyat ijroiya organ
-
larining mansabdor shaxslari (hokimlar bundan mustasno) de-
putat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan
bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina deputatlikka
nomzod etib ro‘xatga olinadi.
Saylov to‘g‘risidagi qonunlarda boshqa har qanday hollarda
fuqarolarning saylash, saylanish huquqlarini cheklash taqiqlanishi
qayd qilingan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida “ijtimoiy kelib chi
-
qishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi,
ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xu
-
susiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov
huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqla
-
nadi.
Shunday cheklashlar bo‘lgan paytda aybdorlar qonunlar bilan
tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.
Saylov cheklashlari saylov erkinligi bilan bog‘liq masala.
Cheklashlar qanchalik kam bo‘lsa, saylovlar erkin o‘tadi.
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi bo‘lib, ularning
jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vosi
-
tadir. Shunday ekan, saylov huquqidan foydalanish erkinlik, ixti
-
yoriylik prinsipiga asoslanadi.
292
Konstitutsiyaning 117-moddasida: “Ovoz berish huquqi, o‘z
xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolat
-
lanadi”, – deyilgan. Ko‘rinib turibdiki, ovoz berish erkinligi, umu
-
man, saylovda qatnashish erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi
Qonunning 3-moddasida fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida
va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashishi, fuqarolarning xo
-
hish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etishga yo‘l qo‘yilmasligi
mustahkamlab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |