Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

3-§. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi 

va uning qabul qilinishi

Konstitutsiya loyihasi muhokamasi bir necha bosqichda bo‘lib 

o‘tdi. 

Birinchi bosqich

 – bu loyiha tayyorlovchi komissiya maj-

lisida, ishchi guruhlarda bo‘lgan muhokama. Bunda muhokamaga 

mutaxassislar,  ekspertlar  jalb  qilindi.  Ularda  konstitutsiya  tuzili

-

shi, tartibga solish doiralari aniqlab olindi.



Muhokamaning 

ikkinchi bosqichi

 umumxalq muhokamasi 

bo‘lib, bu xususida alohida to‘xtalamiz.

Uchinchi bosqich

 

Oliy Kengash komissiyalari va sessiyasida 

deputatlar muhokamasi.

Tayyorlangan  loyiha  Komissiya  qaroriga  asosan  1992-yil 

26-sentabrda  ommaviy  axborot  vositalarida  umumxalq  muhoka

-

masiga e’lon qilindi. 



Umumxalq muhokamasi o‘tgan davr shu vaqtda aholining faol

-

ligi kuchaygan davrga to‘g‘ri kelganligi bilan xarakterlanadi. Itti



-

foqning tarqalib ketishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqning 

faolligiga ijobiy ta’sir qildi. Demokratik o‘zgarishlardan ta’sirlangan 

fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etish orqali muhim masala

-

larga ta’sir qilish ishtiyoqi shu vaqtda, ayniqsa, kuchaydi.



Qo‘rquvlardan,  totalitar  tuzum  ta’qibidan  xalos  bo‘lgan  xalq 

o‘z  fikrini  erkin  bayon  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldi.  Ommaviy 

axborot  vositalarida,  yig‘ilishlarda  har  xil  fikrlar  bayon  qilishga 

keng imkoniyat yaratildi. Loyiha bo‘yicha ko‘plab takliflar tush

-

di.  Shular  asosida  loyiha  qayta  ishlanib,  takomillashgan  loyi



-

ha  1992-yil  21-noyabrda  ikkinchi  marta  umumxalq  muhokamasi 

uchun matbuotda e’lon qilindi.

Mamlakatimizda konstitutsiya loyihasining umumxalq muhoka

-

masi ikki bosqichda o‘tkazilganligi, birinchi bosqich muhokamasi 



asosida tushgan taklif va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirilib, 

yana  qayta  muhokamaga  qo‘yilganligini,  jahon  konstitutsiyaviy 

rivojlanish tajribasida yangi holat desa ham bo‘ladi. Chunki, shu 

vaqtgacha, konstitutsiyaviy loyihalar bir bosqichda o‘tkazilib keli

-

nar edi. Bu tajriba konstitutsiyaning yanada pishiq, puxta bo‘lishini 



ta’minladi.


56

Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan 

ortiq  taklif,  tavsiya  va  mulohazalar  bildirildi.  Loyihani  ishlovchi 

komissiyaning o‘ziga bevosita mingdan ziyod xatlar kelib tushdi.

Muhokama natijasida tushgan takliflarda ayrim normalarni 

o‘zgartirish,  qo‘shimcha  qoidalar  kiritish,  moddalarni  to‘ldirish, 

Konstitutsiyaviy normalarni aniq ifodalash, ular ommaga tushu

-

narli tilda bo‘lishi haqida mulohaza va tavsiyalar bildirildi. Tak



-

liflar asosida loyiha matnining deyarli yarmi o‘zgarishga uchra

-

di, ularga aniqliklar kiritildi. Loyihadagi 127 moddadan deyarli 



60  tasi  tuzatishlarga  uchradi,  ularning  normalariga  aniqliklar 

kiritildi. E’lon qilingan loyiha variantidan 4 ta modda umuman 

chiqarib tashlandi.

Takliflar konstitutsiyaning deyarli barcha holatlariga taalluqli 

bo‘ldi.

Umumxalq muhokamasi natijasida tushgan takliflarga komis

-

siya Raisi, ayniqsa, katta e’tibor bilan qaradi



 1

Umumxalq muhokamasi nafaqat Konstitutsiyani takomillash-



tirishga  xizmat  qildi,  u  Prezident  ta’riflaganidek,  xalq  irodasini 

bevosita aniqlash, muhokama natijasida to‘plangan juda boy ma

-

teriallarni har tomonlama va chuqur o‘rganib, tahlil qilib, uni mu



-

jassam davlat irodasi sifatida Asosiy qonunda ifodalash imkonini 

berdi

 2

.



Umumxalq  muhokamasi  O‘zbekistonda  yashovchi  barcha 

xalqlarning umummaqsad yo‘lida birligini namoyon qildi. Xalqimiz 

siyosiy sharoitlarni to‘g‘ri baholay olish qobiliyatiga ega ekanligi, 

tinch-totuv yashash uning orzusi ekanligi, siyosiy-huquqiy bilim

-

lari, qarashlari hech bir xalqnikidan kam emasligi muhokama nati



-

jasida yanada yaqqol ko‘rindi.

Loyiha  har  tomonlama  o‘ylab,  takomillashtirilgandan  so‘ng, 

Konstitutsiyaviy komissiya 1992-yil 7-dekabrda bo‘lib o‘tgan maj-

lisida uni ko‘rib chiqishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 

1  Prezidentning umumxalq muhokamasi natijalari ustida ishlash faoliyati va loyihani 

takomillashtirish ishlari bo‘yicha faoliyati haqida batafsil qarang: Mustaqil O‘zbekiston 

tarixi. T.3. – T.: Sharq, 2000. – 57–67-betlar.

2  Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992. 

– 37-bet.




57

sessiyasiga kiritish haqida qaror qabul qildi. Komissiyaning ushbu 

oxirgi majlisida ham Rais taklifi bilan loyihaning ko‘plab normalari 

takomillashtirildi.

1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq XI sessiya

-

si bo‘lib o‘tdi. Bu sessiya tarixiy sessiya bo‘lib, tarixiy ahamiyatga 



ega masalani muhokama qildi. Sessiyada Konstitutsiya loyihasini 

tayyorlovchi komissiya raisi I. Karimov ma’ruza qildi. Ma’ruzada 

Konstitutsiya  loyihasi  batafsil  bayon  qilib  berildi.  Shundan  so‘ng 

Konstitutsiya loyihasi deputatlar muhokamasidan o‘tdi. Sessiyada 

loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha, aniqliklar kiritildi. 

Ayrim takliflar asosli tarzda rad etildi.

Loyihaning  har  bir  moddasi,  bobi,  bo‘limlari  alohida-alohida 

muhokama qilinib, tegishli asosli takliflar inobatga olinib, o‘zgar-

tirishlar kiritilgandan so‘ng, qabul qilinish uchun ovozga qo‘yildi. 

Deputatlar yakdillik bilan muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 mod-

dadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.

Asosiy qonunimiz xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi 

va madaniyatini aks ettiradi. Chunki, uni ishlab chiqishda va muho-

kama  qilishda  butun  xalq  ishtirok  etdi.  “Bir  so‘z  bilan  aytganda, 

Konstitutsiyamiz  xalqimiz  tafakkuri  va  irodasining  mahsulidir”

 1



degan so‘zlar bilan Konstitutsiyamizga ham, uni vujudga keltirgan 

xalqimiz ongiga ham aniq ta’rif berilgan.

Konstitutsiyamiz davlatchiligimiz tarixida qabul qilingan eng 

demokratik  Konstitutsiya  bo‘ldi.  Unda  birinchi  marta  shaxs  va 

davlat o‘rtasidagi munosabatlarda birinchi marta shaxs ustuvorli

-

gi, shaxs, uning huquqi, qadr-qimmati, sha’ni oliy qadriyat sifatida 



belgilandi, shaxsning yashash huquqi asosiy huquq sifatida mus

-

tahkamlab  qo‘yildi.  Davlat  mas’uliyatlari  aniq  ko‘rsatib  qo‘yildi. 



Iqtisodiyot  bozor  munosabatlari  tamoyillari  asosida  mustahkam

-

lanishi  belgilandi.  Konstitutsiya  asosida  ko‘ppartiyaviylik,  fikrlar 



xilma-xilligi  belgilandi.  Hokimiyatni  tashkil  etishda  hokimiyatlar 

bo‘linishi prinsipi mustahkamlandi. Fuqarolik jamiyati asosi sifati

-

da o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqei konstitutsiyaviy darajada 



belgilandi.

1  Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 93-bet.




58


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish