Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiya – qonunchilik asosi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§. Konstitutsiya – qonunchilik asosi

Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida uning 

boshqa huquqlar uchun baza, asos bo‘lishi ko‘rsatilgan edi. Qonun 

huquq  ifodalanadigan  asosiy  hujjatlardan  biri  bo‘lganligi  sababli, 

uning vujudga kelishida ham konstitutsiyani asos, baza deb hisob-

lashimiz mumkin.

Eng avvalo shunga e’tibor berish kerakki, qabul qilinadigan 

qonunlar konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi kerak. Bu qonunlarni ya

-

ratishdagi asosiy prinsip. Ikkinchidan, qabul qilinadigan qonunlar 



konstitutsiya  normalariga  tayanishi,  uni  hayotga  tatbiq  qilishni 

nazarda  tutishi,  konstitutsiyada  nazarda  tutilgan  qoidani  yanada 

to‘laroq tartibga solishni maqsad qilishi shart.

Masalan,  Konstitutsiyaning  37-moddasida:  “Har  bir  shaxs 

mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash,  adolatli  mehnat  sharoitlarida 

ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish 

huquqiga egadir”, – deb belgilangan. Bu mehnat munosabatlari-

ning asoslarigina hisoblandi, mehnat munosabatlari shular bilan

-

gina tugamaydi. Ular juda keng. Endi shu asosiy mehnat munosa



-

batlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlar mehnat qonunlari 

bilan  tartibga  solinadi.  Demak,  konstitutsiya  mehnat  qonunini 

yaratish uchun asos bo‘ldi.

Xuddi  shuningdek,  konstitutsiyada  belgilangan  ijtimoiy 

ta’minot olish masalasi, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish 

masalalari  yoki  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorlik  bilan  munosa

-

batda bo‘lish masalasi, harbiy xizmatni o‘tash burchlari ham har 



tomonlama tartibga soluvchi qonunlar bo‘lishini taqozo etadi.

Konstitutsiyaning ko‘pchilik moddalarida esa, shu masala qo

-

nun bilan tartibga solinishi tartibi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Masa



-


46

lan, referendum masalasini belgilagan 9-modda, fuqarolik masala-

sini belgilagan 21-modda, fuqarolarning murojaat qilishi haqidagi 

35-modda,  Prezident  saylovlariga  taalluqli  90-modda,  Vazirlar 

Mahkamasiga  taalluqli  98-modda,  mahalliy  hokimiyat  organlari 

faoliyatiga  taalluqli  102,  103-moddalar,  o‘zini  o‘zi  boshqarish  or

-

ganlari  faoliyatiga  taalluqli  105-modda,  saylov  tizimiga  taalluqli 



117-modda,  Prokuratura  faoliyatiga  taalluqli  120-modda,  qurolli 

kuchlar faoliyatiga taalluqli 125-moddalarida shu masalalar qonun 

bilan tartibga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Konstitutsiya  qonunchilik  asosi  deganda  konstitutsiyaning 

o‘zida qonun qabul qilish va e’lon qilish jarayoni asoslari belgilab 

qo‘yilganligini ham ko‘rsatish mumkin. 

Konstitutsiyaning 78-moddasida Oliy Majlis qonun chiqaruvchi 

hokimiyatni  amalga  oshirishi  belgilab  qo‘yilgan.  83-moddasida  qo

-

nunchilik tashabbusiga ega subyektlar doirasi belgilangan va 84-mod



-

dada qonun yaratish jarayoni mustahkamlangan. Unga asosan, qo

-

nun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan 



ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan im

-

zolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon 



qilingach,  yuridik  kuchga  ega  bo‘ladi.  Qonunlar  oddiy  ko‘pchilik 

ovoz  bilan,  konstitutsiyaviy  qonunlar  mutloq  ko‘pchilik  ovoz  bilan 

(O‘zbekistonda uchdan ikki qism ovoz bilan) qabul qilinadi. 

Qonun qabul qilish jarayoni keng ravishda darslikning boshqa 

mavzularida bayon qilinadi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish