3-§. Sudlarni tashkil qilish tartibi
Boshqa hokimiyat organlari kabi sud hokimiyati organlari ti
-
zimini tashkil etish, vakolatlarini belgilash Oliy Majlis palatalari-
ning birgalikdagi vakolatlariga kiradi (Konstitutsiyaning 78-mod
-
dasi 5-bandi).
Bu bandda sudlarni tashkil etish tartibi deganda sud organ
-
lariga sudyalarni saylash yoki tayinlash masalasi ko‘rinadi.
Sud hokimiyat tarmog‘i bo‘lib, ma’lum sud organlaridan ibo
-
rat bo‘lsa, sud organlari asosan sudyalardan iborat bo‘ladi.
Sud hokimiyati tizimiga kiruvchi Konstitutsiyaviy sud, Oliy
sud va uning quyi pog‘onadagi organlari, Oliy xo‘jalik sudi va
uning quyi pog‘onadagi sudlari turli yo‘llar: saylash va tayinlash
yo‘li bilan vujudga keladi.
Konstitutsiyada sud hokimiyatining tizimida birinchi bo‘lib
Konstitutsiyaviy sud ko‘rsatilgan. Shuning uchun avval shu sud
a’zolari (sudyalar)ning lavozimga saylanishini ko‘rib chiqamiz.
495
Qonunga asosan K
onstitutsiyaviy sud – Konstitutsiyaviy sud
Raisi, Rais o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan say
-
langan sudyani qo‘shgan holda sudning yana besh a’zosidan ibo
-
rat tarkibda tashkil topadi.
Konstitutsiyamizning 80-moddasi 2-bandiga binoan Konsti
-
tutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan, Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaning
93-moddasi, 13-bandida sud raisi, sudyalarni Senatga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti taqdim etishi huquqi belgilangan (Oliy
sud raisi, sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi, sudyalari ham Prezi
-
dent tomonidan taqdim qilinishi Konstitutsiyaning shu moddasida
belgilab qo‘yilgan).
Konstitutsiyaga asosan, Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq
sohasidagi mutaxassislar orasidan sud raisi, rais o‘rinbosari, sud-
yalardan iborat tarkibda saylanadi. Sudyalarning bittasi, albatta,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili bo‘lishi shart. Bu Konstitu-
tsiyaviy sud raisi o‘rinbosari va sudyalarga qo‘yiladigan Konstitu-
tsiyaviy talab hisoblanadi. Qonunda Konstitutsiyaviy sud sudyalari
oldiga yana shaxsning yuksak ma’naviy fazilat va zarur malaka
egasi bo‘lishi talabi qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunga asosan, Konsti
-
tutsiyaviy sud sudyalari deputat bo‘la olmaydilar, siyosiy parti
-
yalar va harakatlarning a’zosi bo‘lishi va boshqa haq to‘lanadigan
lavozimni egallashi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod
qabul qiladi. Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- u jinoiy javobgarlikka tortilganida;
- sudyalik lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shu-
g‘ullanganda;
- sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak
yo‘qolgan deb hisoblanganda.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hol-
larda Oliy Majlis Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tu
-
gatiladi:
- sudyalik qasamyodini buzganda;
- iste’foga chiqish to‘g‘risida iltimos qilganda;
496
- unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov huk-
mi bo‘lsa;
- sudya ogohlantirilgandan yoki uning vakolatlari to‘xtatilga-
nidan keyin ham o‘z vazifasiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyatni da
-
vom ettirsa;
- uzoq davom etadigan kasallikka uchrasa;
- fuqarolikni yo‘qotsa.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o‘z vakolatlari davrida al
-
mashtirilmaydi. Konstitutsiyaviy sudyalar daxlsizlik huquqidan
foydalanadi, ya’ni ular Senatning roziligisiz, uning majlislari
o‘rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tor
-
tilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan ma’muriy jazoga torti
-
lishi mumkin emas.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat Bosh prokuror tomo
-
nidan qo‘zg‘atiladi. Sudyani majburiy keltirish, ushlab turish,
shahsiy ashyolari, yuki, transporti, turar joyi yoki xizmat binosini
ko‘zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emas.
Umumiy yurisdiksiyali sudlari va xo‘jalik sudlari raislari,
o‘rinbosarlari, sudyalarni saylash (tayinlash) tartibi ularga qo‘yila-
digan talablar deyarli o‘xshash. Shuning uchun bu yerda ularni
alohida ajratib ko‘rsatishga hojat yo‘q.
Bu sudlar markaziy (oliy) va hududiy sudlarga bo‘lingani
uchun ularning tashkil bo‘lishida farq bor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini Kons-
titutsiyaning 80-moddasi 3, 4-bandlariga binoan, Oliy Majlisning
Senati saylaydi. Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi raisi va ularning sud
-
lari nomzodlari Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandiga binoan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi.
O‘zbekiston Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi: Rais, raisning
birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, sudlov hay’atlarining rais
-
lari, sudyalardan iborat bo‘ladi.
Viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sud
-
lari (shu jumladan, fuqarolik va jinoyat sudlari) O‘zbekiston Prezi
-
denti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudyalari, Jo‘qorg‘i Kenges
raisining O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimno
-
497
masiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan saylanadi yoki ta-
yinlanadi.
Bu darajadagi sudyalarni lavozimga tayinlash va lavozimdan
ozod qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident
huzurida tuzilgan Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsi
-
ya etish
bo‘yicha Oliy Malaka komissiyasi yordam beradi. Shu
komissiya tavsiyasi asosida Prezident sudyalarni lavozimga tayin
-
laydi hamda lavozimdan ozod etadi.
Umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlari sudyalari bo‘lib sayla-
nuvchi nomzodlar oldiga ham qonun bir necha talablarni qo‘yadi.
O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lu-motga,
yuridik ixtisos bo‘yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega
bo‘lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respub
-
likasi fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo‘jalik sudi
sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga hamda yuridik ixtisos bo‘yicha kami
-
da besh yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo‘lib kamida
ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan va malaka imtihonini topshir
-
gan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respub
-
likasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga hamda yuridik ixtisos bo‘yicha
kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya
bo‘lib kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan va mala
-
ka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi
bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruv-
chi harbiy unvonga ega bo‘lgan va ushbu moddadagi talablarga
javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud
sudyasi bo‘lishi mumkin.
Harbiy sudlar sudyalariga “Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, har
-
biy ustavlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan, shuningdek
ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoyalash
choralari tatbiq qilinadi.
498
Bu yerda sudlarning darajasiga qarab turli talablar qo‘yilgan,
lekin hammasida ham oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish talabi bor.
Sudyalar qasamyod qabul qiladi. Qasamyod yuqori sud orga
-
nida qabul qilinadi.
Sudyalarning mustaqilligi alohida kafolatlanadi. Shu asosda:
sudyaga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik; sud ishlariga
aralashishga yo‘l qo‘yilmaslik, sudyalarning daxlsizligi; sudya-
larning vakolatini to‘xtatish va vakolatlarini muddatidan ilgari
tugatishning alohida tartibi belgilanishi; sudyalarning intizomiy
javobgarligi; sudyalarning moddiy ta’minoti; sudya va uning oila
a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari “Sudlar to‘g‘risida”gi
(yangi tahrirda) Qonunda belgilangan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlari sudyalari
ham boshqa haq to‘lanadigan ishlarda ishlay olmaydi va siyosiy
partiyalarga a’zo bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |