Konstitutsiyaviy


-§. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

2-§. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi

Har qanday mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham ma’lum geo

-

grafik joyda belgilangan chegaralar doirasida joylashgan. Bu mam



-

lakatning hududi hisoblanadi. Aniq chegaralangan hududga ega bo‘lish 

davlatni  davlat  sifatida  ko‘rsatuvchi  asosiy  shartlardandir.  Ma’lum 

hududsiz davlat bo‘lishi mumkin emas. Davlat aniq bir hududda faoli

-

yat ko‘rsatadi va davlat faoliyati shu hududda amal qiladi.



Hudud  –  davlatga  tegishli  maydon.  Hudud  yer,  suv,  osmon 

chegaralaridan iborat bo‘ladi.

Har  bir  mamlakatning  hududi  katta-kichikligiga,  aholisi-

ning soniga qarab, tegishli bo‘lakchalarga bo‘lib idora etiladi. Bu 

bo‘lakchalar bir necha pog‘onadan iborat bo‘lib, ularning har biri 

o‘z hududiga (chegarasiga) ega. Mamlakat hududi bo‘lakchalarga 

bo‘linishi,  davlat  boshqaruvini  mukammal  tashkil  etish  bilan 

bog‘liq  bo‘lganligi  uchun  u  juda  muhim  davlat-huquqiy  institut 

bo‘lib, konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida to‘rtinchi 

bo‘limi va uning ikki bobi (XVI, XVII boblar) ma’muriy-hududiy va 

davlat tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan. Uning alohida-alohida 

moddalarida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartib-

ga solingan.

Har  bir  mamlakat  ma’muriy-hududiy  tuzilishini  belgilashda 

butun hududni boshqarishga oson bo‘lishi, markaz ta’sirining joy

-

larda samarali bo‘lishi, xalqning davlat organlariga yaqin bo‘lishi, 



ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  unumli,  arzon,  samarali 

bo‘lishi,  sanoatni  hom  ashyo  bilan  ta’minlash  darajasi,  aholining 

urf odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribasini hisobga oladi va o‘ziga 

ma’qul ma’muriy-hududiy birliklarni o‘rnatadi.

Ma’muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy asosda hal qilina

-

digan ijtimoiy munosabatlar qatoriga kiradi.



Shuning  uchun,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi

-

ning  68-moddasida:  “O‘zbekiston  Respublikasi  viloyatlar,  tu



-

manlar,  shaharlar,  shaharchalar,  qishloqlar,  ovullar,  shuningdek 

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat”, – deb belgilangan. Bu 

birinchidan,  O‘zbekiston  hududi  nimalardan  iborat  bo‘lishini,  ik

-



262

kinchidan, O‘zbekiston hududining, qanday ma’muriy birliklardan 

tashkil topganini ko‘rsatadi.

Bu  hududiy  birliklarning  huquqiy  maqomi,  hududiy  hola

-

ti,  aholisining  soni,  moddiy  ne’matlar  ishlab  chiqishi  yoki  aholi 



mashg‘ulotiga qarab bir-biridan farq qiladi.

O‘zbekiston  ma’muriy-hududiy  birliklarini  huquqiy  maqomi, 

darajasiga qarab uchga bo‘lish mumkin.

Birinchisi, yuqori pog‘ona – bunga Qoraqalpog‘iston Respublika

-

si, viloyatlar va Toshkent shahri, ikkinchisiga, tuman va shaharlar, 



uchinchisiga, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar kiradi.

Tuman  va  shahar  bir  maqomdagi  ma’muriy-hududiy  birlik 

bo‘lsa-da,  ular  ijtimoiy  hayot,  kishilarning  asosiy  mashg‘ulotlari, 

ishlab chiqarishdagi ishtirokiga qarab bir-biridan farq qiladi. Tuman

-

lar, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan, shaharlar sanoat ishlab chiqa



-

rishi bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, tumanga bo‘ysunuvchi 

shahar va shahar tarkibidagi tumanlar ham mavjud, ularning faoli

-

yat doirasidan maqomi belgilanadi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish