sabatiga ta’sir qiladi.
siz kurashlar olib borildi. Aholining vijdon erkinligi buzildi.
.
1 Bu qonun 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan.
235
nosabatlarni tartibga soldi va dinni davlatdan ajratilganligini qo
-
nuniy mustahkamlab qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qabul
qilinishida bu masalaga alohida e’tibor berildi.
Konstitutsiyaning 31-moddasida vijdon erkinligi fuqarolarning
shaxsiy huquqlari qatorida mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning “Jamoat birlashmalari” bobining 61-mod
-
dasida davlat bilan diniy tashkilotlar munosabatining konstitutsi
-
yaviy asosi belgilab qo‘yildi. Unga asosan: “Diniy tashkilotlar va
birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar.
Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
Demak, diniy tashkilotlar va birlashmalar (ular qaysi dinga
mansubligidan qat’i nazar) davlatdan ajratilgan, ya’ni mustaqil
faoliyat yuritadi:
- diniy birlashma va tashkilotlar ham boshqa jamoat birlash
-
malari qatorida qonun oldida teng, ya’ni qonunlarga itoat etadilar;
- davlat diniy birlashma va tashkilotlar faoliyatiga aralash
-
maydi.
Davlatning diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi, ular-
ning faoliyati nazorat qilinmaydi, degan gap emas.
Konstitutsiyaning o‘zida diniy tashkilotlarning qonun oldida
tengligi o‘rnatilgan ekan, bu ularning faoliyatiga aralashmagan
holda nazorat qilish mumkinligini ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz xalqining aksariyati Islom diniga e’tiqod qiladi,
shuningdek, boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham mavjud. O‘z-
o‘zidan turli dinga mansub diniy tashkilot, birlashmalar tuzilgan
bo‘lib, ular qonun oldida teng.
Davlat va qonunning barcha diniy tashkilot va birlashmalarga
bir xil talabi va munosabati diniy konfessiyalar o‘rtasida tinchlik-
totuvlik bo‘lishini ta’minlaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining vazifasini yuk
-
lamaydi, shuningdek, diniy tashkilot va birlashmalar ham davlat
vazifalarini bajarishga urinmaydi, da’vo qilmaydi.
Konstitutsiya normalarini hayotga kengroq tatbiq etish maqsa
-
dida mamlakatimizda 1991-yil 14-iyunda “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Qonun davlat bi
-
236
lan diniy tashkilot va birlashmalarning barcha munosabatlarini
atroflicha tartibga soladi.
Qonun qoidalariga asosan, diniy tashkilot va birlashmalarn
-
ing Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi dushmanlik, nafrat, millatlar
o‘rtasida adovat keltirib chiqarishga, axloqiy negizlar va fuqaroviy
totuvlikni buzishga qaratilgan, vaziyatni beqarorlashtiruvchi
bo‘xton, uydirmalar aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi xabarlarni
tarqatishi, jamiyat, fuqaro, davlat manfaatlariga zid faoliyat olib
borishi taqiqlanadi.
Din niqobi ostida davlat organlari, mansabdor shaxslarga bi
-
ror-bir yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, yashirin diniy faoliyat olib borish
aslo mumkin emas.
Davlat bilan diniy tashkilot va birlashmalarning munosabati
har qanday dinning insonparvarlik, axloqiy, tarbiyaviy g‘oyalaridan
jamiyat rivojida unumli foydalanishga asoslanadi. Dunyoviy va
diniy ta’limotlarning ijobiy jihatlaridan foydalanib, tarbiya ishlar
-
ining olib borilishida diniy tashkilot va birlashmalarning to‘g‘ri
munosabati katta rol o‘ynaydi.
Davlat va din munosabatlarida dinning foydali jihatlaridan,
uning ma’naviyatga ijobiy ta’siridan, axloqiy tarbiyaviy ta’siridan,
insonlarni kamtarlik, kamsuqumlik, halollik, poklikka undaydigan
boshqa qadriyatlar sifatida foydalanish va dindan g‘arazli maqsad
-
larda foydalanish, dindan siyosat, davlat ishlariga aralashishga
bo‘lgan harakatlarni taqiqlash, shunday hollar bo‘lsa, ularga chora
ko‘rish alohida ahamiyatga ega.
Davlat, shuningdek, millatlararo, diniy mojarolar, qonli to‘qna-
shuvlarning oldini olish, ularni to‘xtatishda dinning hayotbaxsh
o‘gitlaridan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 216
2
-moddasida
“diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan.
Davlatning dinga nisbatan to‘g‘ri munosabati tufayli bu
-
gungi kunda respublikamizdagi barcha dinlar tinch-totuv faoliyat
ko‘rsatmoqda va shu dinlarga e’tiqod qiluvchilar orasida totuvlik,
hamjihatlik bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.