Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Download 332,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana19.01.2023
Hajmi332,58 Kb.
#900362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
qonunloyihasi

 
26-modda
. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi 
sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun 
barcha sharoitlar taʼminlanadi. 
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari 
tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining 
foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan 
shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining 
foydasiga hal qilinishi kerak. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini 
isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi 
mumkin. 
Hech bir shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga 
majbur emas. 


Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabatda 
bo‘linishi va ularning shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishi kerak. 
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning 
qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerak»; 
11) quyidagi mazmundagi 
26
1
va 
26
2
-moddalar
bilan to‘ldirilsin: 
«
26
1
-modda
. Har bir shaxs advokat yordamidan o‘z tanloviga ko‘ra hamda 
jinoyat protsessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida 
esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran 
foydalanish huquqiga ega. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va 
asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish, o‘ziga qarshi ko‘rsatma bergan guvohlar bilan 
yuzlashtirilish, o‘z foydasiga ko‘rsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi 
huquqiga ega. 
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish 
chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiisteʼmol qilishdan jabrlanganlarning 
huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan 
foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini taʼminlaydi. 
Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining 
noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat 
tomonidan qoplanishi huquqiga ega. 

Download 332,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish