Bilasizmi, Fransiya tarixida hozirga qadar 17 marotaba Konstitutsiya qabul qilingan bo`lib, oxirgisi esa 1958 yilgi Konstitutsiya hisoblanadi.
1924 yilda o`tkazilgan milliy chegaralanishdan so`ng vujudga kelgan O`zbekiston SSR Konstitutsiyalari (1927, 1937, 1978).
-
3. Bosh qomusimiz bo`lmish mustaqil O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi Konstitutsiyasi.
Konstitutsiya eng muhim hujjat sifatida quyidagi yuridik belgilarga ega:
- Konstitutsiya-davlatning asosiy qonunidir. Har bir demokratik davlatda Konstitutsiya muqaddas sanalib unga so`zsiz amal qilish lozim. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, Konstitutsiyaning asosiy qonun sifatida mavqeini saqlab qolish bilan barobar.
- Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega. Har qanday davlatni olib qaramaylik u o`zining milliy qonunchilik tizimiga ega bo`ladi. Qonunchilik tizimi esa biror bir huquqiy asosga tayanishi muqarrar va bu asos rolini Konstitutsiya bajaradi. Har bir qonun va qonun osti normativ hujjatlar albatta Konstitutsiyaga asoslanishi shart.
Konstitutsiya tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni muhimligi va tartibga solib turuvchi normalarini birlamchi ravishda tan olinishi boshqa normativ hujjatlarni konstitutsiyalarga mosligini tekshirish uchun alohida huquqiy himoya mexanizmini ham talab qiladi.
- Konstitutsiya o`zining alohida obyektiga ega bo`ladi. Jamiyatda shunday munosabatlar mavjudki ularni faqat Konstitutsiya darajasida tartibga solish kerak. Masalan, davlat hokimiyatini amalga oshirish prinsiplari, davlatning boshqaruv va tuzilish shaklini belgilash, oliy davlat organlarining maqomini mustahkamlash kabi masalalar.
- Konstitutsiya - alohida tartibda qabul qilinadi va o`zgartiriladi. Konstitutsiyalarni qabul qilish va unga o`zgartirishlar kiritish oddiy qonunlarni qabul qilish va o`zgartirishdan farq qilib, parlament tomonidan malakali ko`pchilik ovoz asosida yoki referendum orqali hal qilinadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
- Konstitutsiya-muhim siyosiy hujjatdir. Chunki, davlat siyosiy tizimining asosini tashkil etadi. Ushbu tizim mamlakatning olib borayotgan siyosiy maydondagi faoliyati orqali jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarining buzilishidan himoya etish uchun xizmat qiladi. Shuningdek unda boshqa siyosiy yo`nalishlar ham aks etishi mumkin.
- Konstitutsiya barcha huquq tarmoqlarining asosini tashkil etadi. Konstitutsiya milliy qonunchilikda mavjud barcha huquq tarmoqlari uchun fundamental ahamiyat kasb etadi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |