O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI
XII chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil martda bo'lib o'tgan birinchi sessiyasi yangi konstitutsiyani tayyorlash masalasini qo'ydi. Oliy Kengashning 1990-yil iyunda bo'lib o'tgan ikkinchi sessiyasida respublika Prezidenti I. A. Karimov raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi.
Komissiya tomonidan ko'p sonli takliflar inobatga olingan holda tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo'yiidi, Oh'y Kengash esa XI ses-siyada uni ma'qul
lab, O'zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konsti-tutsiyasini qabul qildi.
Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritilgan, u qabul qilingan kun — 8-dekabr esa maxsus qonun bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya si kuni, umumxalq bayrami deb e'lon qilingan edi.
1992-yilgi Konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari u insonni, uning hayotini, erkinli-gini, sha'ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat deb e'lon qilganligi, inson manfaatlari, uning huquqlari va erkinliklarining davlatnikiga nisbatan ustivorligini tan olganligi, davlatga uning to'g'ridan-to'g'ri vazifasini — inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qi-lish vazifasini belgilaganligi, siyosiy plyuralizm prinsipini mustahkamlab qo'yganligi, xaiqm hokimiyat manbai deb e'tirof etganligidir.
Oliy Kengashda Davlat ramzlari haqidagi masala ham ko'rildi va quydagi qaror qabul qilindi:
1. O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida to’zilgan O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komiissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rilsin.
2. Bu boradagi takliflar matbuotda e’lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. O'zbekiston tarixida yangi davr - milliy istiqlol davri boshlandi. O'zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
III. O'zbekiston respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o'z taqdirini o'zi tomonidan belgilaydi, deb e’lon qilish etarli emas edi. O'zbekistonning Davlat mustaqilligi bilan bog'liq qonunlar ma'nosini anglamoq, ayni paytda mustaqillik g'oyasini ham faqat bir tomonlama nuqtai nazardan kelib chiqib talqin qilib bo'lmasdi. Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun kurashish lozim edi.
O'zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining VIII sessiyasi 1991 yilning 18 noyabrida "O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risida" qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi.
1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi masala bo'yicha O'zbekiston Respublikasining referendumi o'tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byo’lleteniga masala quydagi ta'rifda kiritilsin: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma'qullaysizmi?"
Referendumda katta tayyorgarlik ko'rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Ular joylarda referendum o'tkazish haqidagi Qonunning so'zsiz bajarilishini ta'minlash borasida katta tashkilotchilik ishlari olib bordilar. Umumxalq referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishini yoqlab 9 mln. 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O'zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma'qullandi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o'tdi. Buni referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil ko’zatuvchilar ham tasdiqladilar.
O'zbekiston Respublikasining mustaqil respublika deb e’lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi. Buni mustaqillik kunlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham bilsa bo'ladi. Jumladan, Amerika Qo'shma Shtatlarining o'sha paytdagi Prezident Jorj Bush Islom Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday deydi: "Qadrli janob Prezident, SSSR tarqatilgandan so'ng, Sizning mamlakatingizda yo’z bergan tarixiy o'egarishlar munosabati bilan shuni ma'lum qilish menga qoniqish beradiki, Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati O'zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan oldi".
Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o'z telegrammasida: "Shvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati O'zbekiston Respublikasini suveren va mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror qilganligini ma'lum qilishdan bahtiyorman. Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan O'zbekiston xalqiga ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman", - degan iliq istaklar bildiradi.
O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston bayrog'i xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida, xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida xilpirab turibdi. O'zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo'lgan kunidanoq, dastlab mustaqillikka erishgan Boltiq bo'yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o'rnatish uchun harakat boshladi. 1991 yilning 30 sentabrida Respublika Oliy Kengashi Latviya, Litva va Zstoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to'g'risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to'la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko'lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday so'zlar bitilgan edi: "Latviya bilan O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar an'anaviy do'stlik ruhida bo'lib, xayrihohlik va ikkala respublikaning suverenitetini tan olish printsiplariga asoslanadi. Mustaqil O'zbekiston bundan buyon teng huquqlilik va o'zaro xurmat asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajada davom zttirish niyatida. Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz".
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Latviya va Zstoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqiillik qo'lga kiritilgan davrdan boshlab O'zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan so'ng bu haqida respublika ichkarisida ham ayrim kishilar turli karashlarni ilgari surdilar. Jumladan: "O'zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo'lib oldi", - degan fikrlar paydo bo'ldi. To'g'ri, 1991 yilning o'rtalariga kelib sobiq SSSRning emirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo'ldan chiqarib yuborganligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo'ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o'ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to'g'ri belgilash, faqat qulay vaziyat vujudga kelgandagina qat'iy harakat boshlashdan iborat.
O'zbekistonning yangi rahbariyati ana shunday vaziyat vujudga kelganda donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e’lon qildi.
O'zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kundayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yo’zasidan amaliy choralar ko'rildi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida, Davlat gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konsituttsiya komissiyasining zkspert guruhiga Davlat bayrog'ining variantlari ustida ishlashni davom zttirish, Oliy Kengashning tegishli qo'mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog'i, Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
2. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o'zning xalqaro talablar va me'yorlar doirasida qiyofasini ko'rsatmog'i, buning uchun esa o'zining butun imkoniyatlarini, o'ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo'lmog'i lozim edi. Odatda ramzlar shunchaki ranglar yig'indisidan iborat bo'lgan shakllar emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o'zligidan kelib chiqqan, qolaversa, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o'zida mujassam ztmog'i kerak.
O'zbekiston o'z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu muhim siyosiy hodisaga alohida e’tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fursatda o'z mustaqilligini qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olishiga erishish tarixiy-olamshumul voqea edi. Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, fikrlar chuvalashib, "kalavaning uchi topilmay qolgan" bir paytda O'zbekiston o'zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat'iy ishonch bilan qaradi, shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko'z-ko'z etib, uni tan olish yo'lidan bordi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo'lib o'tgan VIII sessiyasi "O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida" Qonun qabul qildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar tug'lariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni, g'oyalarni davom zttirgan, ulug' ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos kelgan, qarashlarini davom zttirgan holda millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma'naviy jihatlarini ham o'zida aks zttirmog'i kerak edi.
Bayroqdagi moviyi rang hayotimiiz mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi.
Moviy rang sharqda azaldan qadrlangan. Amir Temur ham o'z bayrog'iga shu rangni tanlagan.
Bayroqdagi oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo'lining musaffo, beg'ubor va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ifodasi. Qizil yo'llar - bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo'sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang - O'zbekistonning sahovatli va tabarruk tuprog'i, go'zal tabiat timsoli, odamlarni atrof-muhitni muxofaza qilishga undaydi.
Yarim oy - o'zbek xalqining ko'p asrlik an'analariga mos keladi. Yarim oy va yo’ldo’zlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |