Конспект қилиш учун 10-та мавзу: Фалсафа фанининг предмети, муаммолар доираси ва вазифаси


- mavzu.  Borliq - falsafaning fundamental  kategoriyasi (ontologiya). Falsafada ong muammosi



Download 51,39 Kb.
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi51,39 Kb.
#193307
TuriКонспект
1   2   3   4   5   6
2- mavzu.  Borliq - falsafaning fundamental  kategoriyasi (ontologiya). Falsafada ong muammosi.

Reja:


1.     Borliq   tushunchasi va uning shakllari.

2.     Toq va juft kategoriyalar hamda ularning tabiat, jamiyat va inson hayotida nomoyon bo‘lishi.

3.     Falsafada substansiya va materiya muammosi.

4.     Harakat, rivojlanish, makon va vaqt  tushunchalari  va ularning o‘zaro aloqadorligi

 

 



 Falsafa o‘rganadigan qaysi bir muammoni olmaylik, bu muammo borliq muammosi bilan bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. Haqiqatdan ham, borliq, unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o‘rinni tashkil qiladi. Bu bejiz emas, albatta. CHunki borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash  va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, diniy va ilmiy, idealistik va materialistik dunyoqarashlar o‘rtasidagi bahslar, qarama-qarshiliklar borliq muammosi atrofida, ya’ni borliq azaldan mavjudmi, u xudo yoki mutlaq ruh tomonidan yaratilganmi, degan masala yuzasidan olib borilgan tortishuvlardan iboratdir.

         Xo‘sh, borliq o‘zi nima? Borliq tushunchasi nimani bildiradi? Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo‘lgandan beri ya’ni qadimgi dunyodan bugungi kungacha faylasuflar e’tiborini o‘ziga jalb qilib keladi? Bu savollarga javob berish uchun biz borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq real ildizlarini yoritishimiz lozim.

         Ma’lumki kishilar qadimgi davrdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va ular yashab turgan jamiyat, inson va insoniyat haqidagi, xususan o‘zlari haqida ham o‘ylay boshlaganlar. Ular tabiat va jamiyatda, o‘z hayotlarida sodir bo‘lgan turli-tuman o‘zgarishlarni kuzatganlar. Bu narsalar ular ko‘z o‘ngida reallik sifatida kelganlar: ya’ni ular bor mavjud, lekin ba’zi narsalar vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lganlar, ya’ni mavjud bo‘lmay qolganlar; aksincha, ba’zi yo‘q narsalar paydo bo‘lib, bor bo‘lganlar, ya’ni mavjud bo‘lganlar. SHular asosida kishilarda «mavjudlik», va «mavjudsizlik» haqida qarashlar paydo bo‘la boshlagan.

Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi /paydo bo‘lishi/, yashashi va nihoyat, dunyodan ketish /o‘lishi/ kabi jarayonlarni kuzatganlar, ular haqida ham fikr qila boshlaganlar. SHular asosida keyinchalik dinda «bu dunyo» va «u dunyo» / «narigi dunyo»/ ya’ni kishilarning real hayotlari kechadigan dunyo va vafot etishi bilan ularning ruhlari boradigan dunyo to‘g‘risida tasavvurlar paydo bo‘la boshlagan.

Kishilar o‘z kundalik tajribalari asosida o‘z onglarida fikr yuritib, o‘zlari yashayotgan dunyoning ayni hozir mavjudligiga uning o‘zlaridan oldin ham mavjud bo‘lganligiga, o‘zlaridan keyin ham mavjud bo‘lishiga, o‘zlarining esa o‘tkinchi, vaqtincha yashab, so‘ng dunyodan o‘tib ketishlariga ishonch hosil qila boshlaganlar. Bu ishonchlar asosida ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida qarashlar paydo bo‘ladi.

Lekin bu o‘rinda dunyoning mavjudligi, ya’ni borlig‘i to‘g‘risida bahs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondashganlar: ularning ba’zilari: dunyo avval ham bo‘lgan, hozir ham mavjud bundan keyin ham mavjud bo‘ladi, deyishsa; boshqalari: dunyo avval mavjud bo‘lmagan u xudo yoki ruh tomonidan yaratilgan; insonni ham dunyodagi hamma narsalarni, xususan, insonni ham xudo yoki ruh yaratgan shundan buyon ular mavjud deganlar. Uchinchi xil mutafakkirlar esa dunyo o‘z o‘zidan yaralgan, xudo, uning yaralishiga faqat sababchisi bo‘lgan xolos, u shundan buyon mavjud, degan qarashni ilgari surishgan. To‘rtinchi xil mutafakkirlar bo‘lsa dunyo oldin ham bo‘lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo‘ladi; dunyoni hech kim yaratmagan u cheksiz va chegarasiz, deyishgan.

SHunday qilib, dunyoning yaratilganligi uning fazo va vaqtda chegaralanganligi, chekliligi, cheksiz va chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi to‘g‘risidagi qarashlar bilan almashinib borgan.

Bu borada kishilar o‘zlarining o‘tkinchi muvaqqat hayotlari bilan cheksiz va abadiy mavjud bo‘lgan dunyo, tabiat bilan boshqa kishilarning hayoti va ishlari bilan o‘zlarigacha bo‘lgan va o‘zlaridan keyin keladigan avlodlarning hayot va faoliyatlari haqidagi qarashlari bilan solishtirishlari orqali fikr qilishib, keyinchalik doimiylik va o‘tkinchilik kabi qarashlarni hosil qila borganlar. Ularning bu qarashlari tabiiyki, o‘zlarining shaxsiy hayotidagi tajribalaridan kelib chiqqan bo‘lib, ular butun koinotga ham o‘zlarining o‘tmishi va kelajagiga ham, o‘z tajribalariga taalluqli bo‘lgan. Binobarin dunyoning doimiyligi va vaqtinchaligi, uning fazo va vaqtda chekliligi va cheksizligi to‘g‘risidagi qarashlar butun insoniyat tarixida dastlab afsonalar va diniy qarashlarda, keyinchalik falsafa va fanlarda ifodalanib, muhokama qilinib kelingan. Bu muhokamalarning hammasi bir so‘z bilan aytganda, borliq muammosi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan ularning barchasi bilan mantiqiy xulosasi shu bo‘lganki, dunyo avval ham bo‘lgan, hozir ham mavjud va bundan ham keyin mavjud bo‘ladi. Demak, dunyo doimiy, abadiydir. Ammo shu abadiy dunyodagi ayrim narsalar turli tuman jonsiz va jonli organizmlar, hatto insonlar va ularning faoliyati bir butun jamiyat, shubhasiz, vaqtincha, o‘tkinchidir. Bundagi borliq muammosining butun ildiz, ma’nosi va mazmuni shunday ediki; bir butunlik sifatidagi dunyoning doimiy mavjudligi va uni tashkil etgan narsalarning: notirik va tirik organizmlar, ya’ni tabiat, insonlar, jamiyat va ularning faoliyatlarining o‘tkinchiligi ziddiyatli birliqni tashkil qilishidir.

Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, borliq muammosi falsafada  o‘rganish dunyo «hozir, shu erda mavjud» degan qarashdan boshlanib bu qarashlar bir butun dunyoning cheksiz va doimiy mavjudligi undagi predmet va hodisalarning, shu jumladan, insonlarning ham vaqtinchaligi va o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi qarashlarga tomon rivojlanib borgan. Bu borliq to‘g‘risidagi falsafiy muammoning birinchi tomonidir. Borliq muammosining falsafiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, dunyo bir butun, abadiy mavjud, lekin uni tashkil etgan narsalar o‘z mavjudligi jihatdan har xil, o‘tkinchidir. Bir butunlik sifatidagi dunyo undagi mavjud narsalardan ajralmasdir. Bir jihatdan bir butun dunyo bilan uni tashkil qilgan narsalar, hodisalar va mavjudotlar o‘rtasida farq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, dunyo o‘zini tashkil qilgan narsalar, mavjudotlar bilan ajralmas birliqdagi butunlikni hosil qiladi. Bunda borliq to‘g‘risidagi falsafiy muammoning dunyoning birligi masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi tomoni kelib chiqadi.

Kishilar o‘zlari faoliyat ko‘rsatadigan dunyoda yashar ekanlar, o‘z faoliyatlarida doimiylikni o‘tkinchi narsalar bilan bog‘lashga, bir butun dunyo bilan har xil narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv munosabatlarni bilishga kirishadilar. Ular o‘zlari ham dunyodagi turli tuman narsalardan va ularda amal qiladigan qonuniyatlardan ham foydalangan holda turli tuman yangi predmet va hodisalarni yangidan yaratib, ulardan o‘z hayotlarida foydalanadilar.

SHu bilan birga, kishilar o‘z kundalik amaliy, ijtimoiy faoliyatlarida dunyodagi predmet va hodisalar bilan, o‘zlarini qurshagan tabiat bilan, boshqa kishilar va bir butun jamiyat bilan muayyan munosabatlarda bo‘lib, dunyodagi mavjud predmet va hodisalarning ba’zilari ular ongidan hohish irodasidan tashqarida, ularga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud ekanliklariga boshqa predmet va hodisalar  esa ularga, ular ongiga hohish va irodalarga bog‘liq mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilib borganlar. Ular bu jarayonda tabiat bilan jamiyat o‘zlari bilan o‘zgalar, inson bilan tabiat, inson bilan jamiyat, inson bilan uning ongi, inson bilan inson, moddiy narsalar bilan ma’naviy narsalar, tana bilan jon /ruh/ o‘rtasida umumiy birlik aloqadorlikni aniqlash bilan birga ular o‘rtasida muhim farqlar borligini ham bilib borganlar. Bora-bora ular insonning o‘zida ham tana bilan /jon/, tabiiylik bilan ijtimoiylik bir-birlaridan ajralmagan holda mavjudligini, birligini ham bila borganlar. Lekin kishilarning borliq muammosini falsafiy anglashi ularning dunyoning birligini ilmiy tushunishi emas, balki uning zaruriy asoslarini izlashdan iborat buladi. CHunki dunyoning borlig‘i uning birligi uchun shart bo‘lsada dunyoning birligi  uning borlig‘ida emas edi. Dunyoning haqiqiy birligi uning moddiyligidadir.

SHuni aytish kerakki  borliq tushunchasi bunday moddiylikdan tashqari ma’naviylikni ham o‘z ichiga oladi. Bu jihatdan inson ongi ham barcha ongli va ongsiz faoliyatlar va ong mahsulotlari, ma’naviy va ruhiy hodisalar ham borliq tushunchasi tarkibiga kiradi. CHunki «ong hech qachon anglangan borliqdan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas, kishilarning turmushi esa ular hayotining real jarayonlaridir» Bu borliq to‘g‘risidagi falsafiy muammoning uchinchi tomonini tashkil etadi.

Demak borliq keng ma’noda eng umumiy tushuncha sifatida bir butun dunyo va undagi predmet va hodisalardan tortib, inson hayoti, ongi, ishlash yashash faoliyatining barcha ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari hatto jamiyatda sodir bo‘ladigan butun jarayonlardan iborat hamma realliklarni o‘z ichiga oladi. Borliq tushunchasi falsafiy jihatdan juda keng ma’noda bir butun reallik sifatida tushuniladi. SHu sababli unga, yuqorida aytilganlardan tashqari inson hali o‘zlashtirib, bilib ulgurmagan, tabiat hodisalari ham, tabiat boyliklaridan foydalangan holda insoniyat ishlab chiqargan ya’ni yaratgan barcha predmet va hodisalar, jarayonlar ham kishilarning ijtimoiy hayotlari ham ularning o‘zlari, fikrlari, g‘oyalari, qarashlari ular yashaydigan joylar, ular mehnat  qiladigan korxonalar, o‘qiydigan va ishlaydigan tashkilotlar ham, jamiyatdagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar ham kiradi.

Binobarin, har bir kishining hayot faoliyati uning o‘zi ham, atrofdagi o‘zga kishilar uchun ham ma’lum reallik hisoblanadi. SHu  bilan birga har bir kishi alohida narsaga, alohida kishiga, muayyan reallik sifatida munosabatda bo‘ladi. Kishilar, shu bilan birga, o‘z faoliyatlarida tabiiy boyliklar bilan bir qatorda, ma’naviy boyliklarni ham yaratadilar. Falsafada bu tabiiy-moddiy va ma’naviy boyliklar ham alohida o‘ziga xos reallik xarakteriga ega bo‘lgan borliq sifatida qaraladi. Demak, moddiy predmet va hodisalar bilan bir qatorda, ma’naviy hodisalar ham borliq tushunchasi tarkibiga kiradi. Umuman borliq muammosini tadqiq etishda falsafa kishilarning amaliy, ma’naviy-ahloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy va shular kabi faoliyatlariga va bilimlariga asoslanadi. U bunda borliq kategoriyasini u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan «mavjudlik», «reallik» va boshqa shular kabi bir qator falsafiy kategoriyalar yordamida o‘rganadi.

Falsafa borliq tushunchasini eng umumiy tushuncha sifatida o‘ziga boshlang‘ich kategoriya qilib qabul qiladi. Lekin borliq kategoriyasini falsafaga bunday boshlang‘ich kategoriya qilib kiritishga falsafada ikki yo‘nalish vakillari o‘z e’tirozlarini bildiradilar. Birinchi yo‘nalish vakillari borliq kategoriyasi narsalarning konkret xossalarini ifodalamasligi sababli uni falsafadan chiqarib tashlash kerak, degan  g‘oyani ilgari suradi. Bu e’tirozning noto‘g‘riligi shundaki, falsafiy kategoriyalar narsalarning konkret belgilarini emas, aksincha, dunyodagi eng umumiy aloqadorliklarni, eng umumiy tomonlarni ifodalaydilar. 

Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq avvalo, mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki borliq tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo‘lgan reallikni bildiradi.

Demak falsafada borliq kategoriyasi dunyo,tabiat, inson, jamiyat, inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan ko‘rinishlarining shunchaki mavjudligini emas, balki ulardagi umumiy xarakterga ega bo‘lgan reallikka xos eng umumiy aloqadorlikni ifodalaydi. Binobarin dunyo, undagi predmet va hodisalar o‘zlarining barcha xususiyatlari va hodisalari bilan birgalikda mavjud bo‘lib, ular o‘z realliklari bilan umumiy birlikka egadir, ular o‘rtasidagi umumiy aloqadorlik borliq kategoriyasida ifodalanadi.

Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida kishilar bilishining ikkinchi - yuqori boskichi - abstrakt tafakkurgagina xos bo‘lib, fikr jarayonda kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkret belgilari haqida emas, balki dunyodagi barcha narsalar, voqea va hodisalar jarayonlar o‘rtasidagi eng umumiy tomon- ularning realligi haqida fikr yuritadilar.

Borliq kategoriyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlaridan hamda uning falsafada tutgan o‘rnidan kelib chiqib, to‘g‘ri fikr yuritish bizni bir kator sohalarda xatolarga yo‘l qo‘yishimizning oldini oladi. Masalan, borliqni narsalarga yoki fikrning mavjudligiga o‘xshatish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaganidek, uni faqat moddiy narsalarga nisbatan qo‘llash yoki aksincha, uni faqat ma’naviy narsalar: sof fikr  g‘oyalar, faqat ong va uning maxsulotlariga nisbatan ishlatish ham qo‘pol xatodir. Lekin shunga qaramay borliqqa shunday yondoshishlar falsafa tarixida ham, hatto hozirgi  vaqtda ham uchrab turadi. CHunki borliq muammosi hamma vaqt faylasuflarni qiziqtirib kelgan.

Masalan, qadimgi yunon materialistlaridan Demokrit bo‘linmas eng mayda zarracha-atomni borliq, deb tushungan bo‘lsa, o‘sha davr yunon idealist faylasuflaridan Platon sezgi a’zolari bilib bo‘lmaydigan doimiy va o‘zgarmas «g‘oyalar dunyosi» ni borliq, deb biladi. O‘rta  asr faylasuflari ham borliq muammosi atrofida qizg‘in bahslar olib borishgan, ma’lumki, bu davrda din yagona hukmron ideologiyaga aylanganligi natijasida falsafa ham dinning xizmatkori bo‘lgan. SHunga ko‘ra o‘rta asr sxolastik falsafasida xudo /olloh/oliy borliq sifatida talqin qilingan.

Bizning O‘rta Osiyolik mutafakkirlarimiz ham o‘z qarashlarida xudo /olloh/ ni oliy borliq, yaratuvchi kuch, deb bilganlar, jumladan, Ibn Sinoning borliqning uch xil shakli haqidagi quyidagi fikrlari xarakterlidir:

1.  YAratilmaydigan va yo‘qolmaydigan, ya’ni doimiy borliq. Bu oliy borliq Olloh borlig‘idir.

2.  YAratiladigan, paydo bo‘lib, rivojlanib, so‘ng yana yo‘qoladigan ya’ni o‘tkinchi borliq. Bu borliq olloh yaratgan moddiy narsalar, xususan, tabiatdagi  predmet va hodisalar; inson va jamiyat borlig‘i.


Download 51,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish