1 –shart
TANISHTIRUV
Nilufar-Assalom ustozlar mehrigo’yolar
Yuragi quyosh-u qalbi daryolar
Sizga ham ustozlar dildan ehtirom
Qo’llar ko’ksimizda deymiz
Hamma birgalikda: A s s a l o m!!!
Madinabonu-Asosiy qonunimiz - Konsitusiya borimiz
U biz uchun doimo bo’lar iftixorimiz
Xalqning tafakkurini davlat qiyofasini
Belgilovchi mahsuli qomusimiz orimiz!!!
Bizning guruh-“Parlament”
Bizning shior- Qonunning kaliti adolat-adolat kaliti sahovat!
Maqsadimiz- Huquqiy demokratik davlat barpo etish.
Madinabonu:
P- “Parlament” deb nomladik guruhimiz nomini
Mavzuga mos tanladik, maqsad va shiorini
Shahboz:
R- Referendumlar bo’lar faqat adolat bilan
Fuqarolar qatnashar erkin ovozi bilan
Shaxzoda:
L- Legitimnost - ma’nosi “qonuniy” va “tan olish”
Biror huquq, vakolatni qonuniyligin bilish
Shaxzod:
A- Adolat ustovor bo’lgan hur o’lka farzandimiz
Qonun huquq teng bo’lgan zaminning dilbandimiz
Har sohada ustuvor bugunning ertasimiz
O’zbekiston yuriting yorug’ kelajagimiz.
Madina:
M -Madhiyamiz yangrasin, qo’llar ko’ksimizdadir
Hurmat izzat muhabbat bari qalbimizdadir.
Jasur:
E- E’tiqod erkinligi mavjud qonunimizda
Qaysi birin tanlamoq faqat o’z zimmamizda
Nilufar:
N-Namoyish fuqarolarning ommaviy harakati
Hukumat qarorlariga bo’lgan munosabati
T-Teng huquqiylik-barchaning bir degani,
Bunda mansab, ko’rinish hech bir ma’no bildirmas
Qonun uchun hamma, o’zaro teng bo’lgani
Turli ziddiyatni keltirib ham chiqarmas.
Davlatning rivojlanish yuksalish fundamenti
Hisoblanar bu uning qonuniy
Hamma birgalikda: P A R L A M E N T I .
Shaxzoda: Gerb tanishtiruv.
Shahzod: Devoriy gazetaga ta’rif
Madina: O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining dastlabki variyanti 1991-yil noyabrgacha tayyorlangan bo’lib, u 6 bo’lim, 158 moddadan iborat edi.
Shahboz: 1992 yilning bahorida Konsitutsiya loyihasining ikkinchi variyanti ishlab chiqildi.
Shaxzoda: Konsitutsiyaning uchinchi variyanti 130 moddadan tashkil topgan edi.
Shaxzod: Konsitutsiyaning to’rtinchi variyanti 127-moddali bo’ldi va unga bitta modda qo’shilib, 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Madina: O’zbekiston Respublikasi Konsituitsiyasining bosh maqsad va vazifalari inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishini kafolash va ularni ulug’lashdan iborat.
Jasur: SSR vaqtida qabul qilingan Konsitutsiya bilan Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi o’rtasidagi farqi shundan iboratki, SSR Konsitutsiyasida davlat va uning faoliyati, huquq va erkinliklari ulug’langan, inson huquqlari esa faqat qog’ozlarda mavjud bo’lib, amalda ifodalanmas edi.
Nilufar: O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasining IX bob 41-42 –moddalarida har kim bilim olib, ilmiy, texnikaviy ijod erkinligi bilan shug’ullanishga hamda O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy me’roslarini asrab avaylashga haqli ekanliklarini qonuniy kafolatlari fikrimizning yaqqol dalilidir.
Shahboz: Temur tuzuklaridan…
Madina: O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining I bo’lim, I-bob, 1-moddasi:
O’zbekiston –suveren demokratik respublika. Davlatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
Jasur: Adolatli jamiyat so’zidan…
Shaxzoda: O’zbekiton Respublikasi II bo’lim, VII-bob, 29-modda:
Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istagan axborotni izlash, olish uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konsitutsiyaviy tuzumga qarshi qarartilgan ahborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklanishlar bundan mustasno.
Shaxzod: Qonun –Ko’z
Nilufar: Qonun-So’z
Madinabonu- U qalqon-pospon
Birgalikda- Unda ardoqlanar inson degan nom!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |