Kongress bo’lib o’tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat



Download 10,03 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi10,03 Kb.
#763025
Bog'liq
12-variant


12-variant
1-savol. Elektrotexnika soh’asidagi xalqaro h’amkorlik bo’yicha ishlar 1881 
yildan boshlangan, chunki bu yili elektrotexnika bo’yicha birinchi Xalqaro 
kongress bo’lib o’tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat 
vakillarining konferentsiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika 
komissiyasi tuzish to’g’risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari 
soh’asi bo’yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan 
shug’ullana boshladi.
MEK nizomiga ko’ra, bu tashkilotning maqsadi elektrotexnika va 
radiotexnika va ularga qo’shni tarmoqlardagi muammolarni standartlashtirish 
masalalarini h’al qilishdir.
İSO va MEK faoliyatlari bo’yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, 
elektronika, radioaloqa, asbobsozlik soh’alari bo’yicha shug’ullansa, İSO esa 
qolgan boshqa h’amma soh’alar bo’yicha standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo’mitalar MEKning azolari h’isoblanadi. Bu 
mamlakatlarda Er qurrasining 80% ah’olisi yashab, 95% dunyodagi ishlab 
chiqarilayotgan elektr quvvatining istemolchisi h’isoblanadi. Bu asosan sanoati 
rivojlangan h’amda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, frantsuz va rus 
tillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rah’bar idorasi MEK kengashidir, u erda mamlakatlarning 
h’amma milliy qo’mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident 
bo’lib, u h’ar 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, 
g’azinachi, bosh kotib lavozimlari h’am bor. MEK h’ar yili bir marta o’z 
kengashiga yig’iladi va o’z faoliyati doirasidagi masalalarni h’al qiladi.
1972 yilga qadar MEK va İSO lar tomonidan yaratilayotgan h’ujjatlar 
tavsiya sifatida faoliyat ko’rsatar edi. 1972 yili esa MEK, İSO larning tavsiyalari 
xalqaro standartlarga aylantirilishi h’aqida qaror qabul qilindi.

2-savol. O‘lchash usuli – deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.

O‘lchashning quyidagi usullari mavjud:

Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.

O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud:

Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.

(U=U0 (Ux; Ux=U0 ((U

Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.

Nolga keltirish usuli - bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘lamuvozanatlashtirib o‘lchash

.

Almashlash usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:



Bunda “K” ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda 1=2 shart bajarilishi kerak

3-savol. Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlashtirish huquqiga ega bo'lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatining standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Download 10,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish