Birovning ustidan kulish. Birovning ustidan istehzo bilan kulish, uni mashara qilish agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Birovning ustidan kulish inson huquqlarini buzishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Odatda javob bera olmaydiganlar ustidan kulgi qilinadi, yoki ana shu vaziyatda konkret odam kulgiga nisbatan ma’lum sabablarga ko‘ra javob qaytara olmaydi. Inson ustidan kulish uning nafsoniyatiga tegadi va uzoq vaqt dilda o‘rnashib qoladi. Bolaligida mazah qilingan “semiz”lar, “omi”lar, “qishloqi”lar, “turqi sovuq”lar keyinchalik o‘z ustidan kulgan odamlarga qarshi harakat olib borgani, yoki, “birinchi muhabbati” hamma tomonidan kulgi ostiga olingan yigitlar keyinchalik o‘z dushmanlaridan qaqshatgich qasos olgani borasidagi hayotiy misollar ko‘p. Ko‘pchilik hollarda kulgi ostida qolgan odam qulay vaziyat poylab o‘z javobini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |