Aldash yoki aldashga harakat qilish. Eng ashaddiy konfliktogenlardan hisoblanadi. Ayollar ham, erkaklar ham o‘zlarini aldashga yo‘naltirilgan harakatlarni kechira olmaydilar. Odatda aldash orqali yuzaga kelgan xissiy-emotsional holat juda uzoq vaqt ongda saqlanib qoladi hamda umr bo‘yi konfliktogen rolini o‘ynab keladi. Aldash orqali odam yuragida yuzaga kelgan alam ko‘p hollarda umuman yo‘qolmaydi va o‘chib ham ketmaydi. Bu alam bot-bot odamlar orasiga yangitdan nizo solinishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayollar o‘z erlarining xotinidan pul yashirganini kechira oladilar, ammo “chetga yurganini” mutlaq kechira olmaydilar. Bu borada o‘zbeklar aytadigan “Er bermoq, jon bermoq” maqoli aynan haqiqatdir. Erkaklar esa o‘z xotinlariga o‘z oilasiga nisbatan hurmatsizlik, xotinning o‘z manfaatlari yo‘lidan qilgan ayyorliklari, “suyuq oyoq”lilikni mutlaq kechira olmaydilar. Agar mana shu masalalarda aldash vujudga kelgan bo‘lsa, tomonlar munosabati barbod bo‘lishi tabiiy. Umuman olganda, oilaviy hayotda aldash, aldashga harakat qilish yaxshi va samimiy munosabatlarni ichdan va zimdan qo‘poradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |