Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiyat. Konfliktning turlari


-mavzu:Konflikt ishtirokchilarning ruhiyati



Download 49,76 Kb.
bet5/18
Sana01.07.2022
Hajmi49,76 Kb.
#726360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
konfliktdan mustaqil ishlar

4-mavzu:Konflikt ishtirokchilarning ruhiyati
Reja:

  1. Konstruktiv tipi haqida malumot

  2. Desktruktiv tipi haqida malumot

  3. Konform tipi haqida malumot

Jamiyatning bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy konfliktlarning mohiyati va yoyilish darajasi sezilarli darajada o’zgardi. Negaki, davlat mulkchiligi hukmronlik qilgan va bozor munosabatlari mavjud bo’lmagan jamiyatda iqtisodiy konfliktlar uchun negiz juda cheklangan va tor bo’ladi. Bunda Sovet Ittifoqida ishsizlik, ish tashlashlar, sinflar kurashi bo’lmagan degan fikrlar targ’ibot ma’nosida bo’lmaganligi ma’lum, umumdavlat miqyosida ko’p yillar davomida iqtisodiy sohada konfliktlar amalda uchramagan yoki juda mahalliy va qisqa muddatli bo’lgan.


Bozorga o’tishda boshqacha manzarani kuzatish mumkin. Mohiyatiga ko’ra bozorning o’zi doimiy konfliktlar uchun maydondir, biroq u raqobat kurashi yoki raqibini siqib chiqarish ko’rinishida emas, balki, avvalo, dialog, ba’zida sherigini foydali kelishuvga majburlovchi turli harakatlar (tahdid solish, shantaj, zo’rlik) bilan birga ro’y beradigan savdo bitimlari shaklida yuzaga chiqadi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa kuchli konfliktli vaziyatlar ham yuz beradi: ish tashlashlar, pul muomalasidagi inqirozlar va b. Bozor iqtisodi maxsus ishlab chiqilgan qoidalar bilan tartibga solinuvchi, doimo yuzaga keluvchi mehnat konfliktlarini ham taqozo etadi. Garchi mehnat nizolari har qanday ijtimoiy tuzumda mavjud bo’lsada, ular aynan istagan tovarni (ishchi kuchini ham) oldi-sotdisiga asoslangan bozor iqtisodi uchun ko’p darajada xosdir.
Katta ko’lamdagi iqtisodiy konfliktlarning xususiyati shundaki, ularga aholining keng qatlamlari jalb qilinadi. Aviadispetcherlarning ish tashlashi faqat aviasiya kompaniyalariga emas, shuningdek minglab yo’lovchilarga ham talluqli. Agar ish tashlash vrachlar tomonidan amalga oshirilsa, millionlab jabrlanuvchilar paydo bo’ladi. Shu bois ba’zi turdagi ish tashlashlarni man qilish jamiyat hayotini barqarorlashtirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Siyosiy sohadagi konfliktlar - bu umuman demokratik jamiyatdagi odatiy voqyelikdir. Ularning xususiyati shundaki, ular katta miqyosdagi ijtimoiy hodisalarga, qo’zg’olonlarga, ommaviy tartibsizliklarga, oqibat natijada fuqarolik urushiga aylanishi mumkin. Hozirgi davrdagi ko’pchilik siyosiy konfliktlar uchun millatlararo jihat xarakterlidir. Deyarli barcha hollarda siyosiy konflikt bir vaqtning o’zida milliy ham hisoblanadi yoki har qalay uning milliy tomoni bo’ladi (vatanparvarlik, separatizm yoki diniy harakat).
Mehnat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim sohasidagi manfaatlar qarama-qarshiligi bilan kechuvchi konfliktlar yuqorida bayon qilingan konfliktlarning ikki turi - iqtisodiy va siyosiy konfliktlar bilan uzviy bog’liq. Bu konfliktlar bevosita ijtimoiy tuzum tabiatiga bog’liq emas va ularning ko’lami unchalik katta emas. Xuddi shunday fikrni kishilar o’rtasida ularning ish yoki yashash joylarida sodir bo’ladigan turmush konfliktlariga nisbatan ham bildirish mumkin.
Ma’lumki, individlar, ijtimoiy guruhlar yoki davlatlar o’rtasidagi konfliktlar o’z-o’zidan tugashi, zo’rlik qo’llash orqali to’xtatilishi yoki tinch ma’rifiy yo’l va vositalar bilan hal qilinishi mumkin. Shuningdek, sud, parlament va konstitusiyaviy tartiblar kabi ichki davlat va xalqaro-huquqiy institutlari hamda kelishuvga erishishning boshqa norasmiy vositalari (oqsoqollar kengashi, hakamlik sudlari va b.) ham qo’llaniladi. Shunga qaramasdan, aynan konfliktlarni hal qilishning psixik mexanizmlari eng maqbul va samarali usullar bo’lib hisoblanadi, chunki ular ziddiyatlarni qonuniy yo’l bilan bartaraf qilish imkonini beradi, vaziyatni barqarorlashtiradi, muayyan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarni yuzaga keltiradi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosining davlat yoki xalqaro hamjamiyat kuchi va obro’si bilan ta’minlanishini kafolatlaydi.
Konfliktlar tabiatini o’rganish bo’lajak pedagog-psixologlarga hozirgi zamon murakkab ijtimoiy muhitida maqbul yo’lni izlashga, odatdan tashqari vaziyatlarda va favqulodda sharoitlarda ishonchli qarorlar qabul qilishga, «inson tabiati»ga xos bo’lgan kuchli va zaif jihatlarni chuqur anglashga yordam beradi. Psixik konfiliktologiya fani hozirgi davrda pedagog-psixolog uchun zarur bo’lgan bilimlar doirasini kengaytiradi.

Download 49,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish