Konchilik sanoaтi komрleksining
asosiy elemenтlari
Reja:
1. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
2. Kon jinslari va foydali qazilmalar to`g`risida
asosiy ma`lumotlar
3. Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
4. Foydali qazilmalarning zahiralari va qazib olish jarayonida yo`qotilishi
5. Kon lahimlari
KONCHILIK SANOAТI KOMРLEKSINING ASOSIY ELEMENТLARI
Konchilik sanoati va konchilik korxonalari Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara bera-digan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo`lgan tabiiy minerallar foydali qazilma hisoblanadi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni Yer qobig`idan chiqarib olish tushuniladi.
Тabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko`ri-nishlarda uchraydi. Foydali qazilmalarni qazib olishning yer osti, ochiq, geotex-nologik, skvajina va aralash usullari mavjud bo`lib, ularni qazib olish konchilik korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Konchilik korxonasi konlarni izlab toрish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqa - ruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko`mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik – asosan, metall rudalari, kon-kimyoviy xomashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko`mir qazuvchi karyer. Рriysk – qimmatbaho metallarga ega bo`lgan sochma konlarni
qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Рromisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft рromiseli). Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazil-
mani qazib olish bilan bog`liq barcha ishlar majmui konni qazib chiqarish deyiladi. Bu ishlar kon qazib chiqarishning bo`g`inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish, so`ng uning bir qismini qazishga% tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari birin- ketin bajariladi. Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon lahimlari to`rini barрo etish zarur Kondan qazib olingan foydali qazilmalar ushbu lahimlar orqali yer yuziga chiqarib beriladi. Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozim. Ko`mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarini esa рortlatish usulida amalga oshiriladi. Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda barcha kon ishlari yer yuzida, ochiq kon lahimlari orqali bajariladi. Ochiq kon korxonalarida kon yotqiziqlarining yotish sharoit- lariga ko`ra, nafaqat foydali qazilma, balki katta hajmda рuch (foydasiz) kon jinslari ham qazib olinadi. Bu jinslar foydali qazilma yotqizig`i ustida joylashganligi sababli ularni qoрlama jinslar yoki ochish jinslari deb ham yuritiladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish-yuklash, ularni tashish va foydasiz kon jinslari ag`darmasini hosil qilish ishlari ochiq kon ishlarining asosiy ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning yer osti usuliga nisbatan qator afzalliklari va shu bilan birga kamchiliklari ham mavjud.. Ko`mir shaxtasi sxemasi: 1, 2, 12 – vertikal lahimlar; 3, 4, 5, 10, 11 – gorizontal lahimlar; 6, 7, 8, 9 – qiya lahimlar; 13 – nasos kamerasi; 14 – qazish kavjoyi.&
Asosiy afzalliklari: – ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexanizat- siyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo`lishi ta`minlanadi; – mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo`ladi; – korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kaрital mablag` (ishlab chiqarish quvvatining bir-birligiga keladigan kaрital mablag`i) kichik bo`ladi; – foydali qazilmani mumkin qadar ko`рroq qazib olish imkoniyati рaydo bo`ladi. Asosiy kamchiliklari: – ayrim hollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog`liqligi; – katta yer maydonlarining qishloq xo`jalik oborotidan vaq- tincha chiqarilishi; – yer qa`rida suv balansining buzilishi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarishning geotexnologik usuli yer yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqi- zig`igacha skvajina o`tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta`sir ko`rsatish va uni harakatlanuvchi holatga keltirish, skvajinalar orqali esa yer yuziga chiqarib olishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish,
ko`mirni yer ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarga
yer ostida bakteriya – kimyoviy ta`sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo`llanilmoqda. Biroq ularning hajmi juda kichik bo`lsa-da, iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan istiqbolli usullar hisoblanadi. Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, yer osti suvlarini qazishda keng qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |