Ishning bajarilish tartibi
Topshiriq 1. Ish o‘rnidagi mikroiqlim parametrlarini o‘lchang va uning eng qulay sanitariya me’yorlariga mos kelishi yoki kelmasligi to‘g‘risida xulosa qiling.
Ish zonasida atmosfera havosi haroratini termometr, atmosfera bosimini barometr-aneroid va havo namligini gigrometr M-19 yordamida o‘lchang.
a) Ish o‘rnidagi atmosfera havosi nisbiy namligini psixrometr PBU-1M yordamida aniqlang. Buning uchun mahsus idishda distillangan suv sathini tekshiring, agar suv sathi pasaygan bo‘lsa, suv bilan to‘ldiring. SHu bilan birgalikda ho‘l termometr idishi devorlariga va suvga tegmasligi lozim. Ho‘l va quruq termometrlarning ko‘rsatgichlari o‘zaro o‘zgarmas ko‘rsatgichga ega bo‘lgandan (stabiliziruyutsya) so‘ng ular ko‘rsatgichlarini bayonnomaga yozib oling va aniklangan qiymatlar yordamida psixrometrik jadvalga asoslanib nisbiy namligni aniqlang.
b) Havoning nisbiy namligini M-34 aspiratsion psixrometr yordamida aniqlang. Ho‘l termometrni batist bilan o‘ralgan qismini tomizgich (pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho‘llang, psixrometr shamollatgichini ishga tushirib 4 minut davomida ishlatib uning ko‘rsatgichlari o‘zgarmas holga kelgandan (stablizatsiya) so‘ng, olingan raqamlarni bayonnomaga to‘ldiring. Psixrometrik jadval yordamida havoning nisbiy namligini aniqlang.
v) Ish o‘rnidagi havo haroratini erdan 1,5 metr balandliqsa EA-2M termoanimometr yordamida o‘lchang.
Buning uchun termoanimometr EA-2M ni gorizontal holatda o‘rnating va kuchlanishi 220V bo‘lgan tarmoqqa ulang va signal lampochkasi yonishini kuzating. Mahsus qutichadan datchiqni olib, teleskopik ushlagichni qo‘zg‘atmay turib o‘lchovchi asbobga o‘rnating. Asbobning ishga tushirgichi P^ ni T holatga keltiring, ishga tushirgich "PG'- "Kont" holatiga qo‘ying. Dastak "Napr" yordamida asbob milini (strelkasini) shkalani maksimal bo‘linmasiga o‘rnating. Ishga tushirgich "P]" ni "Izm" holatiga o‘tkazing. Muhofaza qiluvchi metall qobig‘ini qo‘zg‘atib o‘lchagich (datchiq) ni talab qilingan balandlikda o‘rnating va asbob ko‘rsatgichlarini yozib oling va uni graduslarga aylantirib grafik yordamida aniqlang.
g) erdan 1500 mm balandlikda bo‘lgan ish o‘rnidagi havo harakati tezligini EA-2M termoanimometr yordamida aniqlang.
Buning uchun shamollatgich ishga tushiriladi, asbob datchigi metall futlyarga solinadi. Ishga tushirgich (pereklyuchatel) "P^" ni "A" holatiga qo‘ying. Ishga tushirgich "Pr -"Kontr" holatiga keltiring. Dastak (Ruchkoy) yordamida "Podogrev" ni asbob milini shkalaning eng maksimal bo‘lagiga keltiring. Ishga tushirgich "Pr ni -"Izm" holatiga o‘rnating, muhofaza qiluvchi metall qutidan o‘lchagichni (datchiq) olib uni havo oqimi yo‘nalishi ostiga o‘rnating. O‘lchov asbobi ko‘rsatgichlarini yozib oling va uni gradirlovlangan grafik yordamida m/s larda havo harakati tezligini aniqlang.
d) Xuddi shu ish o‘rnida havoning harakat tezligini parrakli animometr ASO- 3 yordamida o‘lchang. Buning uchun asbobning uch o‘lchagich: ming, yuz va o‘n birlik qiymatlari yig‘indilarini yozing. So‘ngra mahsus moslama - arretir yordamida parrakdan o‘lchagichni o‘chiring. Bunda asbobni shunday joylashtiringki parrak o‘qi havo harakatiga paralel bo‘lsin. Asbobning parragi harakatga kelgandan keyin (oradan 10-15 sekund vaqt o‘tgandan) bir vaqtning o‘zida sekundomer va animometr o‘lchagichini ishga tushiring, oradan 1-1,5 minut o‘tgandan so‘ng sekundomer va o‘lchagichni to‘xtating. Asbobni oxirgi ko‘rsatgichini yozib oling. Boshlang‘ich va oxirgi o‘lchash natijalari farqini o‘lchash vaqtiga bo‘lib shkaladagi son birligini 1 sekundga to‘g‘ri keladigan qiymatini aniqlang. (o‘lchagichni ishlash tezligi).
Havo harakat tezligini (gradirlovlangan) grafik yordamida aniqlang. Buning uchun bir sekundga to‘g‘ri keladigan shkala son birligini vertikal o‘q bo‘ylab, joylashtirib, gorizontal o‘qdan unga mos keluvchi havo harakati tezligi qiymatini m/s larda aniqlang.
Ish o‘rnida aniqlangan mikroiqlim parametrlarini davlat standarti DAVAN 12.10.05 SSBT (MXST) me’yorlariga mos kelishi va kelmasligini solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |