Tajriba o‘tkazish tartibi.
Topshiriq 1: Tajriba xonasini tabiiy yoritilganligini tekshirish.
Tajriba xonasida sun’iy yorug‘lik manbalari elektr chiroqlari o‘chirilib, tabiiy yoritish ko‘rsatkichi xonaning o‘qi bo‘ylab 5 ta nuqtasida aniqlansin.
Birinchi o‘lchov ishlarini derazadan eng uzoq va devordan bir metr uzoqlikda joylashgan nuqtasida, ikkinchisi ikki metr masofada va hokazo yorug‘lik tushayotgan deraza tomonga qarab yoritilganlik o‘lchansin.
Tajriba xonasidagi yoritilganlik ish stoli balandligidan (0,8 1,0 m) balanlikda o‘lchansin. Xonadagi istalgan nuqtadagi tabiiy yoritilganlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun bir vaqtning o‘zida bino tashqarisidagi va tajriba xonasida tekshiriladigan nuqtaning yoritilganligi o‘lchanadi.
Ish xonasidagi tekshiriladigan nuqtaning tabiiy yoritish koeffitsientining qiymat miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Tajriba mashg‘ulotida o‘lchov ishlarini olib borish uchun bir vaqtning o‘zida bir gurux o‘quvchilar xona ichidagi, ikkinchi gurux o‘quvchilar esa bino tashqarisidagi yoritilganlikni lyuksmetr yordamida o‘lchaydilar. Har bir nuqtadagi yoritilganlikning bir vaqtda o‘lchanishi sekundometr yordamida amapga oshiriladi. O‘lchash paytida lyuksmetrning fotoelementi gorizontal holatda ushlab turilib, yorug‘likni qabul qiluvchi tomoni yuqoriga qaratilgan bo‘lishi talab qilinadi. Galvanometr ham gorizontal holatda bo‘lishi kerak.
Fotoelementga haddan tashqari yorug‘lik tushmasligi va uning milli chegaradan chiqib ketmasligi uchun fotoelement ustiga K va T moslama o‘rnatish maqsadga muvofiq. Agar galvanometr ko‘rsatkichi 20 lk ga bormasa, bunda hisob 0-30 lk ko‘rsatkichi bo‘yicha olib boriladi. Agar galvanometr ko‘rsatkichi 100 lk dan ortiq bo‘lganligini ko‘rsatsa unda yoruglik yutish koeffitsienlari past bo‘lgan K va R yoki K va M o‘rnatmalarni o‘rnatib har safar o‘lchov natijalarini solishtirib, qayd etish lozim. Past yoritilganlik holatlarida (100) lk gacha o‘lchov ishlari ochiq fotoelement yordamida ya’ni hech qanday o‘rnatmasiz amalga oshiriladi.
O‘lchov ishlari binodan tashqarida bajarilayotganda lyuksmetrning fotoelementiga osmondan tushadigan yorug‘lik nurlari bir tekisda ta’sir etishi uchun binodan 10 metr kam bo‘lmagan uzoqlikda bajariladi.
O‘lchov natijalari asosida tajriba xonasining o‘qi bo‘yicha tabiiy yoritilganlikning koeffitsienti aniqlanib, yoritilganlikning o‘zgarish grafigi chizilsin. Qurilish qoida va me’yorlari SNi P-P-4-88 "Tabiiy va sun’iy yoritish yoritilganlik me’yorlari" ga ko‘ra tajriba xonasida bor bo‘lgan yorug‘lik yordamida ruxsat etilgan ishning razryadi bo‘yicha, bajariladigan ishda eng kichiq detalning o‘lchami aniqlansin.
Binolar ikkala yon tomondan tabiiy yoritiladigan xonalarda tabiiy yoritish koeffitsientining me’yorlangan eng kichiq qiymati binoning o‘rta qismi uchun belgilanadi.
Binolar yuqoridan va murakkab yoritilganda tabiiy yoritish koeffitsientining o‘rtacha qiymati olinadi. Birinchi va oxirgi o‘lchash nuqtalari esa devor yoki poydevordan bir metr masofada aniqlanadi.
SHuni hisobga olish kerakki qurilish me’yorlari va qoidalari SNi P- P-4-88 "Tabiy va sun’iy yoritish yoritilganlik me’yorlari"ga ko‘rsatilgan tabiiy yoritish me’yorlari Rossiyaning III yorug‘lik kengligi uchun keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi yorug‘lik kengligi bo‘yicha IV kenglikka kiradi. SHu sababli O‘zbekiston Respublikasi uchun tabiiy yoritish koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Bu erda enIII - tabiiy yoritish koeffitsientining jadvaldan olinadigan qiymati t - 0,8 yorug‘lik iqlimiy koeffitsienti
S- quyoshli kunlar iqlimiy koeffitsienti (0,6-0,8)
Do'stlaringiz bilan baham: |