2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariyasi-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo‘yicha ham o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyilanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |