Ishlab chiqarish - maishiy binolar
1. Ochiq konlarda va otvallarda ochiq havoda ishlaydiganlar uchun ish joyidan 300 m dan uzok bo’lmagan masofada joylashgan dam olish va ovqatlanish uchun maxsus xonalar bo’lishi lozim.
Ko’rsatilgan xonalar stollar, suyangichlar, bet-qo’l yuvgich sovun bilan, ichimlik suvi favvorasi (suvquvuri bo’lsa) yoki ichimlik suvi to’ldirilgan idish, yuqori kiyim ilgichlarga ega bo’lishi kerak.
qishda ishlab chiqarish-maishiy xonalarida havoning harorati + 20 S dan kam bo’lmasligi kerak.
2. Ekskavatorlar, burgilash dastgohlari va boshqa mexanizmlarning kabinalari isitilgan, xavfsiz isitish moslamalari, zaruriyat tugilganda esa sovutgichlar va filyt ventilyatsiyaqurilmalari bilan jixozlangan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |