Konchilik” fakulteti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi



Download 1,47 Mb.
bet14/36
Sana03.01.2021
Hajmi1,47 Mb.
#54189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Geologiya

Geoxronologik jadval


Era

Davr va uning belgilari

Bo’limi

Davr mln.yil

Rang

Kaynazoy-Kz

To’rtlamchi

Antropogen-Q

Hozirgi zamon Q4

1,5-2

Sarg’ish kulrang

Yoqori to’rtlamchi Q3

O’rta to’rtlamchi Q2

Quyi to’rtlamchi Q1

Neogen-N

Pliotsen

24

Limonsimon-sariq

Miotsen

Poleogen- 1

Oligotsen

41

O’ta to’q sariq

Eotsen

Paleotsen

Mezozoy-Mz

Bo’r-K

Yuqori Bo’r

70

Pushti rang

Quyi Bo’r

Yura-I

Yuqori Yurskiy

58

Havo rang

O’rta Yurskiy

Quyi Yurskiy

Trias-T

Yuqori trias

45

Binafsha rang

O’rta trias

Quyi trias

Poleozoy-Pz

Perm-P

Yuqori Perm

45

Och jigarrang

Quyi Perm

Tosh ko’mir-C

(karbon)

Yuqori tosh ko’mir

65-70

Kulrang

O’rta tosh ko’mir

Quyi tosh ko’mir

Devon-B

Yuqori devon

55-60

Jigarrang

O’rta devon

Quyi devon

Silur-S

Yuqori sulur

35

Och pushti rang

Quyi sulur

Ordovik-O

Yuqori Ordovik

70

Sariq- ko’kimtir

O’rta Ordovik

Quyi Ordovik

Kembriy-E

Yuqori Kembriy

70

To’q ko’k rang

O’rta Kembriy

Quyi Kembriy

Proterozoy-Pr

Yuqori – PR3

Vend-v

110

Och qizil

O’rta – PR2

Ritey-R

400

Och qizil

Quyi – PR1

-

600

Och qizil

Arxey

-Ar

Yuqori

-

700

Och binafsha Och qizg’ish

Quyi




1500

Och binafsha Och qizg’ish



Geoxronologik jadval

Era

Davr

Bo’lim

Indeks

Ustun

Davomiyligi ml.

Organik dunyosining qisqacha tavsifi

Burma

chanlikк


KAYNAZOY

KZ




Hozirgi zamon

Q4

 

 




AL’P

To’rtlamchi

Yuqori

Q3

 

1,5 - 2

Hozirgi zamon ko’rinishidagi organik dunyo, insonning paydo bo’lishi

(antropogen)

O’rta

Q2

 

 




Q

Quyi

Q1

 

 













 




Hozirgi zamon yaqin bo’lgan quruqlik va dengiz jonzotlarining paydo bo’lishi

Neogen

Plitsen

N2

 

 




N

Miotsen

N1

 

24 




Paleogen

Оligotsen

3

 

 

Yopiq urug’li o’simliklar, soda ko’rinishdagi sut emizuvchilarning zamonaviy ko’rinishiga yaqin dengiz faunalarini paydo bo’lishi



Eotsen

2

 

41







Paleotsen

1

 

 




MEZAZOY

MZ

Bo’r

Yuqori

K2

 




Yopiq urugli ulkan sudralib yuruvchilar, dengizlarda ulkan sudralib yuruvchilar dengizlarda bosh oyoqli molyuskalarning hukumronligi

KIMREY

K

Quyi

K1

 

70 







Yuqori

J3

 

 

Ochiq urug’li quruqlikda ulkan sudralib yuruvchilarni paydo bo’lishi

Yura

O’rta

J2

 

58




J

Qo’yi

J1

 

 







Yuqori

Т3

 




Оchiq urug’li o’simliklarning, sudralib yuruvchilar faunasi. Dengizlarda umurtqasiz hayvonlarni yangi guruhlari

Trias

O’rta

Т2

 

45 




Т

Quyi

Т1

 

 




PALEOZOY

PZ




Yuqori

Р2

 




Ochiq urug’li o’simliklarning, quruqlikda ilk sudralib yuruvchilar, dengizlarda iolezoy xarakterli umurtqasizlar halikari

GERTSEN

Perm

Quyi

Р1

 

45 




Р




 

 

 







Yuqori

С3

 

 

Ignabarg iolorotlniklar, quruqlikda yirik hayvonm dengizda xilma-xil umurtqasiz tog’ayli va suyakli baliqlar paydo bo’lishi

Toshko’mir

O’rta

С2

 

65-75

умуртқасиз тоғайли ва суякли

С

Quyi

С1

 

 

балиқлар пайдо бўлиши.




Yuqori

D3

 

 

Psilifit, porotnik, quruqlik jonivori va hashorotning paydo bo’lish, dengizdagi xilma xil umurtqasizlar

Devon

O’rta

D2

 

55-60




D

Quyi

D1




 




Silur

Yuqori

S2

 

35

Псилоф итлар, умуртқасизлар, денгиз фаунаси, гигант қисқичбақалар ва

KALEDON

S

Quyi

S1

 

 

бошқаларнинг илк бор пайдо бўлиши.




Yuqori

О3

 

 

Trifolitlar. Dengizda grabtolitlar ignatanali jonzotlarning paydo bo’lishi

Ordovik

O’rta

О2

 

70




О

Quyi

О1

 

 







Yuqori

Е3

 

 

Sodda ko’rinishdagi o’simliklarning paydo bo’lishi, dengizlarda aretitlar

Kembriy

O’rta

Е2

 

70




Е

Quyi

Е1

 

 




PROTERAZOY

PR




Yuqori

PR3

 

 

Sodda ko’rinishdagi umurtqasizlar, chuvalchanglar, suv, o’simliklarining keng tarqalishi

 




O’rta

PR2

 

2100




 




Quyi

PR1










 

ARXEY

AR







 

 

 

Sodda ko’rinishdagi  bog’lanish, hayotning yerga taxminiy paydo bo’lishi ,

 







 АR

 

2800





 










 







 


Nazorat savollari


  1. Absolyut geoxronologiya deb nimaga aytiladi?

  2. Era deb nimaga aytiladi?

  3. Davr deb nimaga aytiladi?

  4. Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy, kaynazoy eralarining kelib chiqishi va qanday ma’nolarni anglatishini ayting?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.

2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.

3. Hayitov O.G’ Geologiya. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2005 yil

4. B.Toshmuhammedov. Umumiy geologiya. “Noshir” 2011 yil

5. Tarqatma materiallar.
3-AMALIY ISH
MAVZU: STRATIGRAFIK USTUN TUZISH USULLARI
Ishning maqsadi: Talabalarga burg’ quduqlari ma’lumotlariga asoslanib joyning stratigrafik kolonkasini tuzishni o’rganish.

Kerakli ma’lumotlar va jihozlar:

Burg’ qudug’i ma’lumotlari,

millimetrovkali qog’oz,

joyning geoliogik kartasi,

rezinka va qalam.

Nazariy qism:

Strаtigrаfiya lоtinchа strаtium ya’ni qаtlаm dеgаn so’zdаn оlingаn. Strаtigrаfiya tog’ jinslаrining kеtmа-kеt pаydо bo’lib, nаvbаtmа-nаvbаt tаriqаsidа jоylаshib ulаrning o’zаrо аlоqаdоrligini o’rgаnаdi vа shu qаtlаmlаrning nisbiy yoshini аniqlаshgа imkоn berаdi.

Gеоxrоnоlоgiya - Yerning tаriхiy gеоlоgik vа pаlеоgrаfik rivоjlаnish yilnоmаlаrning (shаjаrа) tаrаqqiyotini аniqlаydi. Gеоhrоnоlоgiya - lоtinchа gео - Yer, хrоnоs - vаqt, lоgоs - fаnni o’rgаnish.

Gеохrоnоlоgiyadа gеоlоgik vаqtning uzоq оrаliq vаqti - 2 tа e’оn mаvjud.

1.Kriptоzоy eоni: Kаtаrхеy, Аrхеy vа Prоtyerоzоy erаlаrini O’z ichigа оlаdi. 2.Fаnyerаzоy eоni: Pаlеоzоy, Mеzоzоy vа Kаynаzоy erаlаridаn tаshkil tоpgаn.

Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik va mukammal geo­logiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan qismlar orqali aniqlangach, qatlamlarning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi.

Stratigrafiya ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlarning geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarus, indeks, tog' jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jin­slarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog' jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma-ket joylashtirilib, har bir bo'linmalarning yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi.

Stratigrafiya ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi.

Stratigrafiya bo'linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chi­ziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichi­ga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalarning qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi.

Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi.

Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stra­tigrafiya ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi.


Amaliy ishni bajarish tartibi:
Geologik kartada burg’ulangan quduqlarning natijalariga asoslanib, ko’rsatilgan maydonda poleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga mansub bo’lgan tog’ jinslari yotqiziqlari tarqalgan bo’lib ular cho’kindi, magmatik, effuzif va intruziv hamda metamorfik genetik turlardan iborat.

Stratigrafik kolonka tuzish uchun berilgan maydonning geologik kartasiga asoslanib quduqdan olingan metamorfik tarkiblarni maxsus chizilgan kolonkaga masshtabda geologik yoshi, qatlamning qalinligi, stratigrafik indeksi, tog’ jinslarining qisqacha xususiyati, eralar, davrlar, bo’limlar kiritiladi. Qo’yidagi geologik kartada tabiiy hosil bo’lgan joyning hududda mezazoy, kaynazoy, yotqiziqlari ularning tarqalish hududlari chegaralari, to’rtlamchi Q4 davr yotqiziqlari ularning qatlamlardagi nomutanosibligi ko’chkilar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan era relefi, qirqim chizig’i, buloqlar, burg’quduqlari va tartib nomlari daryodagi suv sathi va absalyut balandligi hamda rel’efni ifodalovchi gorizontallar o’tkazilgan bo’lib, shu kartadagi asosiy ko’rsatgichlarga asoslanib kartada sizga berilgan topshiriqni variantingiz bo’yicha qo’yidagi tartibda bajaring kartada trassalarni, qirlarni, suv ayirgich qirralarini, botqoqlikni, soylarni, yoshlari bilan farq qiluvchi tog’ jinslari komplekslarini, hamda geologik jarayonlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlang. Shundan keyin kartada hosil bo’lgan bir xil jinslar tarqalgan xududlar rayonni ajrating. Daryolarni trassasi, uzanni ajrating, vodiyning haqiqiy bortlarini aniqlang, suv bo’linadigan maydonlarni ajrating, vodiy soylarini va jarlarini aniqlang.



Ajratilgan rayonlarni gidrogeologik va gruntlar turlaruni sharoitiga qarab rayonlarga bo’ling. Masalan: xududlarni botqoqli hududlarga bo’lsa bo’ladi.Undan keyin jadvalni kartaga qarab, o’tkazilgan kesimdan, burg’ quduqlari ma’lumotlariga va boshqa kesimlar natijalariga qarab to’ldiring.







  1. Stratigrafik ustun nima?

  2. Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo'lgan qismi qanday belgilanadi?



Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.

2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.

3. Hayitov O.G’ Geologiya. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2005 yil

4. B.Toshmuhammedov. Umumiy geologiya. “Noshir” 2011 yil

5. Tarqatma materiallar.

4-AMALIY ISH
GEOLOGIK XARITALARDAGI SHARTLI BELGILARNI O’RGANISH.
Ishdan maqsad: Talabalaga geologik xaritalardagi shartli belgilarni o’rgatish.
Geologiya xaritalarining eng muhim tarkibiy qismi ularning shartli belgilaridir. Geologik xarita, kesim, stratigrafik ustun tuzishda shartli belgilardan foydalaniladi. Chunki ularda tasvirlangan tog' jinslarining nomi, yoshi, tarkibi, paydo bo'lish sharoitlari, yotish elementlari, qatlam chegaralari, mos va mos emas yotishlari, burma va yoriqlar turlari, topografiya ma'lumotlari shartli belgilar bilan ifodalanadi.

Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli (ingichka chiziq), harf va raqamli bo'ladi.

Rangli belgilar - cho'kindi, vulqon, metamorflashgan jinslarning yoshi, intruziv jinslarning tarkibi ifodalanadi.

Shtrixli belgilar - tog' jinslarining tarkibi, ayrim holda yoshi tasvirlanadi.

Harfli va raqamli belgilar - tog' jinslarinig yoshi va paydo bo'lishi harf yoki raqam (indeks) bilan belgilanadi.

Tuziladigan xaritalarning tur va maqsadiga qarab, shartli belgilarni tanlash aniq tartib asosida bo'ladi.

Geologik kartalarning asosi qilib tog’ jinslarning yoshi qabul qilingan bo’lib bu uning mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun bu kartalarni tashkil qiluvchi ranglar soni kartani sifat jihatidan ko’rinishini hosil qiladi. Tog’ jinslarning (xususiy cho’kindi jinslarini) nisbiy yoshini kartadan belgilashda II xalqaro geologik kongresda (Italiya, Boloniya 1881 y ) qabul qilingan jahonda tan olingan yagona ranglar bilan ranglash, rus geologi akademik A. P. Karpinskiyning taklifiga ko’ra qabul qilingan. Shu shkalaga muvofiq MDH (SNG) davlatlarida chiqarilayotgan ko’rgazma kartalarda geologik tizimlarni ranglashda qo’yidagi ranglar qabul qilingan (kartaga qarang).

To'rtlamchi davr (Q) - nim sarg'ish;

Neogen davri (N) - och-sariq;

Paleogen davri ()- zarg'aldoq rang (to'q-sariq);

Bo’r davri (K) - yashil;

Yura davri (I) - havorang, ko'k;

Trias davri (T) - och-binafsha;

Perm davri (P) - g'isht-qizil rang;

Toshko'mir davri (C) - kulrang;

Devon davri (D) - jigarrang;

Silur davri (S) - yashilrang;

Ordovik davri (O) - to'q-yashil;

Kembriy davri (Є) - binafsha rang;

Tokembriy davri (AR, PR, R) - pushti rang.

Ularda qari qatlamlar odatda to'q, yosh qatlamlar esa och ranglarda beriladi. Ayrim hollarda rangli va shtrixli belgilar birgalikda qo'llaniladi.

Rangli, shtrixli, harfli va raqamli belgilarning to'liq izohi odatda geologiya xaritalari shartli belgisida (legendasida) beriladi. Xarita shartli belgilarida magmatik jinslar odatda eng pastga joylashtiriladi.


INDЕKSLAR
Xaritalarda turli yoshdagi qatlamlar qaysi geologik davrga (tizimlarga) mansubligiga qarab, shu davrning lotin alifbosidagi bosh harfi: kembriy, toshko'mir, bo’r davrlari Є , C, K tarzda yoziladi.

Oldin ba'zi bir bosh harfi bir xil davr nomlarida bosh harfdan keyin-undosh harf ham qo'shib yozilar edi. Hozirgi vaqtda indekslar bir harf bilan yoziladigan bo'ldi.

Masalan, hozir paleogen ()- (oldin Pg), bo'r davri K (oldin Cr), kembriy davri Є (oldin Cm) harflari bilan yoziladi. Agar xaritalarda davr (sistema)lar kichik bo'linmalarga bo'lingan bo'lsa, davr indeksining tagiga raqamlar qo'yiladi. Davrning qariroq bo'limi bir bilan, undan yuqoridagi yoshrog'i ikki bilan yoziladi. Davr qismlari yarus va svitalarga ajratilib berilgan bo'lsa, ular ham qoida bi­lan yoziladi. Masalan, D1+2 ol - quyi o'rta devon - Oltiaul svitasi deb o'qiladi.

Indekslarni o'qiganda


ma'lum tartibni saqlash kerak, ya'ni eng yirik bo'limdan mayda bo'limga tomon o'qish talab qilinadi, masalan, C2/3 indeksni Tse-uch-ikki deb o'qilishi lozim. Masalan: ordovik davri uch bo'limga bo'linadi. Quyi ordovik O1, o'rta ordovik O2 va yuqori ordo­vik O3.

Xaritalarni tuzishda yangi geoxronologiya jadvalidan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki bu xaritalarda ayrim guruhga va davr (sistema) qatlamlarining indekslari eskirgan. Agar cho'kindi, metamorflashgan va magmatik jinslarning yoshi taxminiy aniqlangan bo'lsa, ularning indeksi oldiga so'roq bo'lgisi qo'yiladi. Tog' jinslarning yoshi stratigrafiya shkalasining taxminan biror-bir geo­logiya bo'linmasiga to'g'ri kelsa, indekslar ikki nuqta bilan ajratiladi. Masalan: PR3Є yuqori proterozoy yoki kem­briy. Geologiya xaritalarida tog' jinslarining yoshi maxsus belgilar bilan belgilanadi. Intruziv va effuziv jinslar har xil rang va belgilar bilan belgilanadi. Har bir guruhda intruziv va effuziv jinslar o'z rangiga ega. Nordon jinslar - qizil, ishqorli jinslar qizil-pushti, o'rta jinslar-ko'k, asos jinslar-yashil, o'ta asos jinslar-binafsha ranglarda, effuziv jinslarning nordonlari-pushti, o'rta va asoslilari ko'k rangda bo'ladi.

Tarkibiga qarab intruziv va effuziv jinslarning indeksi grek harfi bilan belgilanadi.

Intruziv jinslar granitlari γ (kichik gamma), dioritlar δ (kichik delta), sienitlar ξ (kichik ksi), gabbro ν (kichik v), piroksenitlar, perioditlar, dunitlar Σ (ki­chik sigma), nefelinli sienitlar ώ (epsilon).

Effuziv jinslar riolitlar λ (kichik labda), traxitlar ﭑ (kichik tau), a andezitlar α (kichik alfa), bazaltlar ß (kichik betta), diabazlar ß1, (kichik betta prim).



Magmatik tog' jinsining yoshi belgilanishi kerak bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoshini ko'rsatuvchi indeksi qo'yiladi. Masalan, C3- yuqori toshko'mir graniti. Odatda shartli belgilar xaritaning o'ng tomoniga joylashtiriladi. Biz bu yerda geologiya xaritalarida va boshqa hujjatlarda uchraydigan shartli belgilar bilan tanishtirdik.



Nazorat savollari


  1. Xarita deb nimaga aytiladi?

  2. Geologik kartalarning hosil bo’lish sharoitiga ko’ra turlari?

  3. Kartalarning masshtabiga ko’ra turlari?

  4. Kartadagi ranglarning asosi qilib nimalar olingan?

  5. Maydonning geologik sharoitlarini tahlil qilish. Maydonning geologik tuzilishiga tushuntirish sharh yozish deganda nimani tushunasiz?

  6. Shartli belgilarning qanday turlari bor?

  7. Geologik xaritalarda intruziv jinslar qanday rang bilan bo'yaladi

  8. Gidrogeologik xaritalarda nimalar ko'rsatiladi?


5-AMALIY ISH

TOG’ KOMPASI
Ishdan maqsad: Talabalarga yer qatlamlarini yoki foydali qazilma konlaridagi ruda qatlamlarini yotish holati, hamda qatlamlarning yotish elementlarini kompas yordamida aniqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar:

Tog’ kompasi,

kompaslar,

qatlamsimon ruda yoki tog’ jinslari namunalari,



hamda geologik kartalar.

Umumiy tushuncha
Tabiatda yer po’stida yotgan tog’ jinslari va minerallar o’zining kelib chiqish genetikasiga binoan va shu hududlarda endogen kuchlar ta’sirida sodir bo’lgan geologik jarayonlar natijasida qatlamlarning hosil bo’lishi, burmalanishi qotishi kabi o’zgarishlarga duchor bo’ladi hamda, yer bag’rida qatlamsimon yoki yaxlit massiv sifatida yotadi. Yer bag’rida qatlamning aniq fazoviy orientirlash maqsadida qatlam elementlari degan tushuncha kiritilganki bu tushuncha qatlamlarning yer sharining qutblariga nisbatan holati, hamda qiyalik yotishi holatini aniqlashni taqazo etadi. Qatlamning yotishi elementlari shimolga nisbatan yotish holati, qiyaligi va nishoblik burchagi kiradi.


7-rasm. Qatlamning yotish elementlari: a) qiyalik burchagi; b) to’gri chiziq bo’yicha qiyaligi
Tog’ kompasi to’rt burchak metall plastinkasiga o’rnatilgan bo’lib uning uzun tomoni 0-1800 (N-S) chizig’iga parallel. Limba doirasidagi bo’laklar sanog’i soat strelkasi yo’nalishiga teskari qilib joylashtirilgan. Tog’ kompasida ishlaganda o’lchanishi kerak bo’lgan yo’nalishdan shimol yo’nalishigacha, shuning uchun u soat strelkasi yo’nalishiga qarshi tomonga qarab o’lchanadi. Limbaning 0 nol chizig’i o’lchanishi kerak bo’lgan yo’nalishga qo’yib soat strelkasiga qarshi tomonga qarab sanoq sonlari yoki magnit strelkasining uchi o’lchanadigan azimut qiymatini ko’rsatadi.Tog’ kompasining ignasimon o’qiga ikkinchi strelka muallaq osib qo’yligan bo’lib, bu strelka yordamida qatlamning og’ish burchagi o’lchanadi. Kompasning ikkinchi chuqurlikdagi aylanma gardishida 00dan 900 gacha bo’linmalar bo’lib, kompas asosi qatlamga vertikal, parallel qilinganda qatlamning og’ish burchagi aniqlanadi. Dala sharoitida qatlamning ustki qismini tozalab qaralsa unda qatlamning nishabligi yoki og’ish burchagi ko’rinadi, bu chiziq qatlamning eng ko’p og’ish burchagi hisoblanadi. Tepa qismi tozalangan qatlamga kompasning yon qirrasining uzun tomoni qo’yiladi. Shunda kompas ichidagi muallaq turgan strelka og’ish burchagiga teng bo’lgan qiymatiga og’adi. Shunda kompasning qirrasi og’ish chizig’iga parallel bo’ladi va strelka og’ish azamuti ko’rsatgichini ko’rsatadi. Qatlam ustida qalam yoki uchi o’tkir predmet bilan chiziladi va og’ish burchagi azimuti aniqlanadi. Buning uchun tog’ kompasi shunday qo’yiladiki, kompasning eng uzun qirrasi qatlamning og’ish chizig’i bilan parallel kompas lambasining 00 raqami ham qatlam yo’nalishi bo’yicha og’ish burchagi yo’nalishi bo’yicha to’g’ri tushish kerak.Undan keyin kompasni pastki tomoni sekin gorizontal holatga kelguncha ko’tariladi va arritir bo’shatilib kompas strelkasining shamoligacha hisoblab sanoq olinadi. Hisoblangan sanoqda tuzilma kiritiladi, chunki olgan sanog’imiz magnit azimuti biz haqiqiy azimutga o’tish uchun topografik kartada ko’rsatilgan og’ish burchagi, agar g’arbiy og’ish bo’lsa tuzilma burchak ayriladi, Sharqiy og’ish bo’lsa tuzatma qo’yiladi. Undan keyin qo’yidagi tartibda sanoqlar yoziladi. Birinchi bo’lib og’ish chizig’i azimuti yozilib undan keyin qiyalik burchak yoziladi. SSHq450-250

Dala sharoitida odatda joylashish azimuti hisob qilinadi. Shunda qatlam elementlarining qiymatlari qo’yidagicha yoziladi (PR) JSH 135; og’ish SSH45-250



6-MAVZU: QATLAM ELEMENTLARINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Talabalarga qatlam elementlari haqida umumiy tushuncha berish va ularning turlarini o’rgatish.
QATLAMLARNING YOTISH ELЕMЕNTLARI. Qatlamning asosiy tavsiflaridan biri uning yotish holatidir.

Qatlamning fazoda joylashishi uning yotish elementlari bilan aniqlanadi. Bu tushunchaga qatlamning quyidagi yotish holatlari kiradi:

1. Yo'nalish - yerning gorizontal tekisligida qatlam­ning yo'nalishi.

2. Qatlamning yo'nalish chizig'i - qatlam tagi yoki ustki yuzasi bilan gorizontal tekislikning uchrashgan chi­zig'i.

Qatlam yuzasida bunday chiziqlar behisob bo'lishi mumkin (1 chiziqlar ab, a1, b1, a2, b2) ular bir-biridan balandlik belgilari bilan farqlanadi (10- rasm).

3. Yo'nalish azimuti chizig'i-magnit meridiani bilan qatlam yo'nalishi o'rtasidagi gorizontal burchak. Azimut yo'nalishi 0° dan 360° gacha o'zgarishi mumkin (P, a2).

4. Qatlamning tushishi (egilishi) - qatlamning gori­zontal tekislikka nisbatan bir tomonga egilib yotishi.

5. Qatlamning yotish chizig'i - qatlam yo'nalish chizig'iga nisbatan tik bo'lgan qatlam tekisligiga joylashib, uning qaysi tomonga yotishini ko'rsatuvchi chiziq (1-chi­ziq d, e).

6. Qatlamning yotish azimuti - bu yotish chizig'ining gorizontal proyeksiyasi va meridianining shimoliy chizig'i orasidagi o'ng burchak.

Yotish azimuti qatlamning yotish sharoitiga qarab 0° dan 360° gacha o'zgarishi mumkin. Qatlamning yo'nalish chizig'i va yotishi bir-biriga tik, ularning azimuti 90° bilan farqlanadi.

Qatlamning yotish azimutini aniqlab, yo'nalish azi­mutini hisoblash mumkin.

Bunda yotish azimut qiymatiga 90° qo'shiladi yoki ayriladi.

7. Qatlamning yotish burchagi - gorizontal tekislik bilan qatlam burilishi o'rtasidagi hosil bo'lgan burchak (1-burchaklar: α va ß).

Qatlamning yotish burchagi 0° dan 90° gacha bo'ladi. Qatlamlarning yotish elementlari geologiya xaritasiga tog' kompasi va transportir yordamida tushiriladi.


10- rasm. Qatlamlarning yotish elementlari (I) va ularning plandagi nisbati (II)





Nazorat savollari


  1. Tog’ kompasi qanday tuziladi?

  2. Qatlamni yotish azimuti qanday o’lchanadi?

  3. Yo’nalish azimuti deganda nimani tushunasiz?

  4. Limb degani nima?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.

2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.

3. Hayitov O.G’ Geologiya. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2005 yil

4. B.Toshmuhammedov. Umumiy geologiya. “Noshir” 2011 yil

5. Tarqatma materiallar.

7-AMALIY ISH
BURMALAR, BURMA TURLARINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Talabalarni tog’ jinslari qatlamini birligi asosiy formasini hosil bo’lish jarayoni va shakli hamda ikkilamchi ko’rinishi ya’ni tektonik harakatlar natijasida ularni shaklan o’zgargan ko’rinishlari bilan tanishish orqali o’rganish.
Kerakli jihozlar:

Tog’ kompasi,

kompaslar,

qatlamsimon ruda yoki tog’ jinslari namunalari,



hamda geologik kartalar.
Nazariy qism

O'q yuzasining gorizontal holatiga nisbatan tutgan o'rniga qarab burmalar to'g’ri, qiyshiq, ag’darilgan va yotiq bo'ladi.

O'q tekisligi va qanotlari bir - biriga parallel bo'lgan burmalar izoklinal burmalar hisoblanadi. Qanot tekisliklarini gorizontal enkayishiga qarab ular to'g’ri, agdarma va yotiq xillarga bo'linadi. Antiklinal va sinklinallarda burma qanotlarining burchagi gorizontga nisbatan 90° dan katta bo'lsa, yelpig’ichsimon burma deb ataladi. Ularda o'q tekisligi pastga, yoki yuqoriga taram-taram bo'lib ketadi. Yelpig’ichsimon burmalar paydo bo'lganda, tog’ jinslarining yelpig’ichiga to'g’ri kelgan qatlamlari ko'pincha shunday siqiladiki, burmalar ichida orol tarzida tog’ jinslaridan bir qismi uzilib qoladi. Bu bukilmaning ezilgan yadrosi deb ataladi. Keng, tekisroq gumbazga va tik qanotga ega bo'lgan burmalar sandiqsimon yoki qutisimon burmalar deb ataladi.

Antiklinal burmalar kesmada qanday shaklda bo'lishidan qat’iy nazar, uning yadrosida har doim eng qadimgi jinslar, qanotlarda esa, yosh jinslar joylashadi. Sinklinallar yadrosida aksincha, yosh jinslar, qanotlarida qadimgi jinslar joylashgan bo'ladi.

Ko’ndalang kesmalarda burma sharnirlari har doim to'g’ri, groizontal chiziqlar bo'yicha bo'lavermaydi. Odatda ular to'lqinsimon bo'lib, bir joyda gorizont tekisligiga nisbatan cho'kkan, boshqa joyda ko'tarilgan bo'ladi. Sharnirning bunday to'lqinlanishi undulyatsiya deb ataladi. (kichikroq to'lqinlarning hosil bo'lishi burmalarning o'qlari ham har doim to'gri chiziq shaklida bo'lmaydi. Ularning egri-bugri shakldagisi geologiyada sigmoidlar deb nom olgan.

Sharnirlari gorizontal, o'q tekisligi vertikal burmalar normal burmalardir. Ularni gorizontal tekislikda kesilsa, qatlamni tashkil etgan jinslar yuzaga yo'l-yo'l shaklda chiqadi. Qarama-qarshi yo'nalishlarda cho'kkan antiklinal burmalar braxiantiklinal burma deb ataladi.

Bunday antiklinal burmalardagi qatlamlar ostida ko'pincha tuz to'plangan bo'lib, ularning gorizontal holdagi kesmasi doira shaklidagi konturlarga ega bo'ladi.

Tog’ jinslari holatlari qalinligining o'zgarishini tekshirish katta amaliy ahamiyatga ega. Burmaning ko'tarilgan va cho'kkan (botgan) qismlarida jins qalinligi ortib boradi, bu hodisa biror qanot qalinligining kamayishi tufayli yuz beradi. Bunday hollarda burmalarning qanotlari shunday siqiladiki, natijada siqilgan qatlam qanotlari butunlay yo’qolib ketadi.

Yer ichki harakatidan qatlamlarni yon tomondan siqilishi natijasida ular 15-40° gacha burchak hosil qilib sinadi va bir tomoni (qatlam) ikkinchi (yon qatlam) tomonga siljib chiqadi, bunga nadvig deyiladi.

Burmalar ichida ximiyaviy - mexanik harakatlar natijasida plastik (osh tuzi, gips, plastik gil va boshqalar) massalarning qisilishdan o'ziga xos struktura kelib chiqadi.

Jins qatlamlari yadrosidan qisilgan massa uning ustiga oqib chiqib, yuzasida yotgan qatlamlar yon tomonga siqilib ko'tariladi va bunda diapir (diapir - grekcha - oqib chiqish) burmalar hosil bo'ladi. Oqib chiqadigan yadro shakllari ham har xil konussimon, taroqsimon, gumbazsimon, silindrsimon) bo'ladi. Diapir burmalarning balandligi 100 m va undan ko'p bo'ladi. Bunday burmalar cho'kindi jinslar orasida tuzlar yoki bo'shoq jinslar ko'p tarqalgan rayonlarda (Qashqadaryodagi yura davri yotqizig’ida) uchraydi va rel’yefda yaqqol ko'rinib turadi.

Fleksura deb, ataluvchi burma gorizontal yotuvchi qavatlarning bir tekisda vertikal yo’nalishda harakat qilmasligidan paydo bo'ladi. U jins qavatlarining gorizontal yotishida ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Fleksura — uziq burmalarga o'tish bosqichidir.

Darzlik va uzilmali (dizyunktiv) strukturalar. Tog jinslari qatlamlarning buzilishiga, ajralishiga dizyunktiv harakat deb ataladi. Bu bilan harakat tufayli qatlamlarni kesib o'tuvchi yoriqlar (darzlik) namoyon bo'ladi. Yoriqlar katta, kichik hamda sayoz va chuqur bo'lishi mumkin, kichik yoriqlar bir qatlamdan tashqariga chiqmasligi mumkin. Bunday darzlar jins qavati yuzasidagina bo'lib fizik kuch ta’sirida tog’ jinsini qarshiligiga (egiluvchanligi, chidamliligi, mo’rtligi) qarab, ajraluvchan va egiluvchan xillarga bo'linadi. Burmalangan struktura o'ziga parallel yo’nalgan darzlarga klivaj deyiladi.

Chuqur yoriqlar esa juda ko'p qatlamlarni kesib o'tib va minglab m gacha cho'ziladi. Masalan Janubiy Farg’ona chuqur yer yorig’i zonasi, sharqda Oldiyor (Fargona tog’i)dan Uralgacha boradi. Bunday yoriqlarga yondoshgan tog’ jinslari uning qanotlari deb ataladi. Gorizontga enkaygan yoriqlarda osma va yotiq qanotlar bir - biridan farq qiladi.

Paraklaz (tog’ jinslari bir-biriga nisbatan siljib joylashgan tektonik) yoriqlar kattaligi va qanotlar siljishining yo'nalishiga hamda yoriq tekisligi enkayish burchagining kattaligiga qarab belgilanadi. Bu belgilarga qarab uzilmalar (sbros), siljishlar (sdvig) aniqlanadi. Paraklaz yoriqlarini ko'pincha siljish yoriqlari deb ham atashadi, chunki qanotlar shu yoriqlar bo'yicha ko’chadi. Qanotlar nisbiy ko'chishining kattaligi yoriq amplitudasi deb ataladi.

Uzilma siljish deb shunday paraklazlarga aytiladiki, ular qanotlarining ko'chishi (50°dan ortiq) qiya yo'nalishda ro'y beradi. Uzilma yoriqlaridan uziluvchi burchak tik yoki qiya bo'lishi mumkin. Agar uzilma yoriqlari pastga qanotlar tomoniga qiya bo'lsa, u normal uzilma deb ataladi.

Ko'tarilgan qanotga qiya bo'lsa, aks uzilma yoki ko'tarilma deb ataladi.Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko'chsa oddiy uzilma hosil bo'ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikki yon tomoni cho'kmagan, parallel yoriqlar bilan chegaralangan, o'rtasi cho'kkan joy graben deyiladi. Oddiy graben ikkita uzilma bilan chegaralandi. Murakkab graben uzilmalar sistemasi bilan chegaralanadi. Grabenlarga O'lik dengizi, Baykal ko'li, Reyn vodiysi, Oxangaron daryosi vodyisi misol bo'la oladi. Katta va murakkab grabenlar sistemasi Sharqiy Afrikada Zambezi daryosi, Katta Afrika ko'llaridan Efiopiyagacha cho'ziladi. Keyin bu sistema Afrika bilan Osiyo orasidan o'tadi, uning markazi Qizil dengizga tug’ri keladi. Bu grabenning uzunligi taxminan 5000 km.

Qatlamlarning parallel yoriq bo'ylab uzilishidan cho'kmay qolgan o'rta qismiga gorst deb ataladi. Ikki tomondan uzilma bilan chegaralangan gorstlar oddiy, bir necha uzilma bilan chegaralangani - murakkab gorstlar deb ataladi.

Uzilma amplitudasi (tebranish balandligi) uzilgan qatlamlarning bir-biridan ajralgan qismi orasidagi masofaga teng bo'ladi.

Burmalar yo'nalishiga qarab bo'ylama, diagonal va ko'ndalang bo'ladi. Birinchisi burma bo'yicha cho'zilgan bo'ladi, ikkinchisi uni o'tkir burchak bilan, uchinchisi to’g’ri burchak bilan kesadi. Uzilmalar qatlamlarning qiyaligiga qarab turlicha bo'ladi. Qatlamlarning qiyaliklari va uzilma yuzasi bir tomonga yo'nalgan bo'lsa mos uzilma aksincha nomos uzilma (vzbros) ataladi.

Tog’ jinslaridan uzilmaning harakat yo'nalishini unda paydo bo'lgan yuzaga qarab aniqlash mumkin. Bunday harakat natijasida yoriqlar yuzasi tekislinadi, o'tkir qattiq jinslar ularni tirnaydi, ariqchalar hosil bo'ladi va burmalar surilib ketadi.

Yoriqlar devorlarining tekislangan yaltiroq oynasimon yuzasi “sirg’anish oynasi" (zerkalo skol'jeniya) deb yuritiladi. Sirg’anish oynasi yuzasining qarama-qarshi tomoni odatda g’adir-budur bo'ladi.

Yer yoriqlari devorlarining birida paydo bo'lgan chuqurchalar qarama-qarshi devorda chiqib turgan qattiq jins yoki minerallarning bu devorni o'yishidan vujudga keladi. Agar bunday chuqurcha uchburchak shaklida bo'lsa, uchi harakat yo'nalishining old tomonida, yoy shaklida bo'lsa, uning qavariq tomoni harakat yo'nalishining orqa tomonida bo'ladi. Shunga ko'ra harakat yo'nalishini aniqlash oson..

Paraklaz yoriqlari bo'yicha harakatning yo'nalishini aniqlashda “tektonik gil”ning ( Tog’ jinslarining bir-biriga ishqalanishi natijasida maydalangan uni) roli kattadir. Yoriqlarni to'ldiruvchi tektonik gil qatlamlarining ajralgan yuzasi yo'nalishiga tomon engashgan bo'ladi. Tektonik gillar yon jinslar tirnalishidan yoki yoriqlarda hosil bo'lgan minerallanishdan paydo bo'lganligini mikroskop ostida ko'rib aniqlash mumkin. Ajralgan strukturalarning geologik qidiruv ishlarida ahamiyati katta. Bu strukturalar rudaga boy gidrotermal suyuqliklarning harakatlanishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Shuning uchun ham geologlar ma’danlarni izlashda bunday tektonik strukturalarga katta ahamiyat berishlari lozim.


11-chizma. Xususiy va umumiy burmalarning elementlari:

а) deformatsiyalangan yuzaning kesmasi;

б) xususiy burmа;

в) umumiy burma



12-chizma. Burmalarning geometrik xususiyatlari
а – yassi o’q yuzasiga silindrik burma;

б – yassi o’q yuzasiga ega yuzasiga ega nosilindrik burma;

в – silindrik o’q yuzasiga ega silindrik burma;

г – silindrik o’q yuzasiga ega nosilindrik burma;



д – egri o’q yuzasiga ega nosilindrik burma.

Nazorat savollari

  1. Burma deb nimaga aytiladi?

  2. Burmalar qanday va qayerlarda hosil bo’ladi?

  3. Antiklinal va sinklinal burmalarning hosil bo’lishi?

  4. Antiklinal va sinklinal burmalar qayday elementlarga ega?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.

2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.



8-AMALIY ISH
GEOLOGIK XARITALARNI O’QISH
Ishdan maqsad: Talabalarga geologik xaritalarni o’qishni o`rgatish.
Kerakli asbob va materiallar.

1. Geologik xarita

2. Tog’ jinslari va minerallar

3. Shartli belgilar chizmalari

4. Joyning sxematik geologik xaritasi

5. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi


Umumiy tushuncha
Geologik xaritani qo’yidagi tartibda o’qish tavsiya etiladi:

1. Xaritaning nomi, masshtabi va qabul qilingan shartli belgilar bilan tanishish.

Geologik kartalar yer shari yoki bir bo’lagining geologik tuzilishini ma’lum masshtabda berilgan shartli belgilar asosida berilgan tekislikdagi grafik tasviri tushuniladi. Geologik kartalariga nazar solsak unda alomat belgilar (rangi, shtrixovkasi, harfli indekslari, gorizontal yoki texnologik yoziqlar) topografik kartani asos qilib olib kartaga tushurilgan yoki unda daryolar, dengizlar, aholi yashash punktlari, yo’llar, joy rel’efi haqida ma’lumotlar gorizontallar yordamida yoki boshqalar ko’rsatiladi.

2. Relyef turlarini ajratish va tavsiflash. Xaritada tog’li (juda ham baland tog’lar – absolyut balandligi 2000 m dan yuqori; o’rtacha balandlikdagi tog’li- absolyut balandligi 700-2000 m; past tog’li- absolyut balandligi 700 m dan kam), tekislik va past-baland ko’rinishdagi relyeflarni ajratish lozim. Ayniqsa relyefning yirik tektonik, erosion va akkumulyativ shakllariga e’tibor berish kerak.

3. Xaritada relyefning tuzilishini ko’rsatuvchi gorizontal chiziqlarning joylashishi, tog’ jinslarining holati va stratigrafik chegaralariga e’tibor berish. Ilgari aytib o’tilgandek, to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan jinslar gorizontal holatda yotgan bo’lsa, qatlamlar orasidagi chegaralar gorizontal chiziqlarga parallel, monoklinal holatda yoki bukilmalar hosil qilib yotgan bo’lsa, bir necha gorizontal chiziqlar bilan kesilgan bo’ladi. Agar qatlamlarning birlamchi yotish holatlari uzilmalar, bukilmalar ta’sirida o’zgargan bo’lsa u holda maydonda ko’p uchraydigan yirik bukilmalarning cho’ziqligini va qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash kerak. Ayniqsa magmatik tog’ jinslarining yer yuzasiga chiqqan qismlariga va qatlamlarning yoriq bo’ylab siljishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, geologik strukturalar bilan relyefning o’zaro bog’liqligini ham hisobga olish zarur.

4. O’rganilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma qismiga ta’luqli ekanligini aniqlash. Geosinklinal qism yer qobig’ining kuchli burmalanishi va mayda bo’laklarga (qismlarga) bo’linishi, cho’kindi jinslar qalinligi ko’pligi, magmatik va metamorfik jinslarning ko’p tarqalganligi va juda baland tog’li relyeflarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Platforma qismida esa yer yuzasining relyefi tekis, bukilma va uzilmalar rivojlanmagan, cho’kindi jinslarining qalinligi kichik va magmatik jinslar kam tarqalgan bo’ladi.

5. Tog’ jinslarining litologik tarkibini, yotish holatini, yoshini hisobga olgan holda maydonni tegishli rayonlarga ajratish.

6. Maydonning geologik sharoitlarini tahlil qilish. Maydonning geologik tuzilishiga tushuntirish sharh yozish. Maydonning geologik kartasini har tamonlama o’rganish va tahlil qilish hamda tanlangan yo’nalishdagi geologik kesmani tuzish asosida tushuntirish sharhi yoziladi. Tushuntirish sharhi qo’yidagi tartibda yoziladi:

1. Kirish. Bajariladigan ishning maqsadi va vazifasi, kartaning nomi va masshtabi ko’rsatiladi.

2. Geomorfologiya. Relyefning xususiyatlari, yer yuzasining eng yuqori va eng past joylari, notekisliklari ko’rsatiladi. Daryo vodiylari batafsil yoritiladi, terassa (supalar) soni, ularning kengligi, bir-biriga nisbatan balandligiga izoh beriladi.

3. Maydonning litologik va stratigrafik tavsifini. Maydonda tarqalgan cho’kindi, magmatik va metamorfik jinslarga qisqacha tavsif beriladi va ularning litologik tarkibi, yotish holatlari,qalinligi va yoshi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

4. Tektonik sharoitlar. Maydonning tektonik tuzilishi qadimda sodir bo’lgan

tektonik harakatlar natijasi orqali ifodalanadi. Yer qobig’ining yuqoriga asta-sekin ko’tarilishini yoki pastga cho’kishini, egilishini va bukilishini, qatlamlarning burmalar hosil qilib siqilishini, yoriq va uzilmalar paydo bo’lishini va ular orqali qatlamlarning bir-biriga nisbatan surilishini, hamda bukilma va uzilmalarni yuzaga keltiruvchi tebranma harakatlarga tavsif beriladi.



Qatlamlarning birlamchi yotish holati o’zgargan yoki uzilmalar va yoriqlar bilan bo’lingan bo’lsa u holda nisbatan yirik bukilmalar elementlari va cho’ziqlik chegaralari aniqlanadi. Ayniqsa qatlamlarning yoriqlar bo’yicha siljishiga, sbros, vzbros, graben, gorst ko’rinishdagi burmalarga, magmatik va metamorfik jinslarning yer yuzasiga chiqqan qismlariga e’tibor beriladi. Tekshirilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma turiga mansubligi aniqlanadi.

5. Maydonning geologik rivojlanish tarixi. Tuzilgan stratigrafik kolonka yordamida tog’ jinslarining paydo bo’lishi va geologik strukturalarning rivojlanishiga ta’rif beriladi. Yer qobig’ining ustki qismini-dengiz, quruqlik, tekislik va tog’larning uzoq geologik vaqt davomida o’zgarishi haqida ma’lumotlar beriladi. Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga oid o’zgarishlar, taktonik harakatlarga hamda hozirgi relyefni yaratuvchi jarayonlarga ta’rif beriladi.

6. Xulosa. Geologik kartani tahlil qilish asosida maydonning dastlabki geologik ta’rifi beriladi.

Nazorat savollari

  1. Xarita deb nimaga aytiladi?

  2. Geologik kartalarning hosil bo’lish sharoitiga ko’ra turlari?

  3. Kartalarning masshtabiga ko’ra turlari?

  4. Kartadagi ranglarning asosi qilib nimalar olingan?


9-10-AMALIY ISH.

TOG` JINSLARNI HOSIL QILUVCHI MINERALLARNI O`RGANISH.

Ishdan maqsad: Talabalarga tog‘ jinslarni hosil qiluvchi minerallarni o’rgatish.

Mineralogik tarkibi jihatdan tog' jinslari ikkiga bo'linadi.

  1. Monomineralli tog' jinslari.

  2. Polmineralli tog' jinslari.

Agar tog' jinslari bir mineraldan tarkib topgan bo'lsa monomineralli tog' jinsi deb ataladi. Masalan, olivinitlar, dunitlar, ohaktosh, kvarts, marmar.

Agar tog' jinslari bir necha minerallardan tarkib topgan bo'lsa polimineralli tog' jinslari deb ataladi. Ularga granit misol bo'la oladi, u kvarts, dala shpati, slyuda va amfibiol minerallardan tarkib topgan.

Tog' jinslarining tuzilishi deganda ularning struktura va teksturasi tushuniladi.

Tog' jinslarining strukturasi (tuzilishi) deganda ularning ichki jins hosil qiluvchi mineral zarralarining o'lchami, shakli, miqdoriy nisbati va zarralarining o'zaro bog'liqligi tushuniladi.

Deyarli hamma magmatik, metomorfik jinslar hamda kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan cho'kindi jinslar kristallangan strukturaga ega bo'lsa ko'pgina cho'kindi jinslar chaqiq va gil strukturali bo'ladi.

Tog' jinslarining teksturasi ularni tashkil etuvchi mineral zarralarning jinsda fazoviy joylashishi va jinslarning yaxlitlik darajasiga aytiladi.

Minerаllаrning ishlаtilishigа qаrаb tuzilаdigаn klаssifikаtsiyasi: Mаsаlаn, qоrа mеtаllurgiya rudаlаri-gеmаtit, mаgnеtit, siderit, pirаlyuzit. Rаngli mеtаllurgiya rudаlаri: gаlеnit, sfаlerit, хаl’kоpirit vа h.k. Gеохimik klаssifikаtsiya-minerаllаr tаrkibigа хаrаkterli elеmеntlаrgа аsоslаngаn. Minerаllаrning хimiyaviy klаssifikаtsiyasi bоshqа klаssifikаtsiyalаrgа ko’rа ko’prоq qo’llаnilаdi.



Biz umumiy geologiya to’g’risida A.G.Betextin taklif qilgan tasnif bo’yicha to’liq bo’lmasada bir necha bo’limlari va mineral sinflari bilan tanishib chiqamiz. Minerallar sof tug’ma elementlar, sulfidlar, galloid birikmalar, oksid va gidroksidlar, kislorodli tuzlar, karbonatlar, sulfatlar, vol’framat va molibdatlar, fosfatlar va silikatlar sinfiga bo’linadi.

Sоf tug’ma elеmеntlаr

Bu sinfgа yer qоbig’idа tаbiiy хimiyaviy birikmа hоsil qilmаy sоf yoki tug’mа hоldа uchrаydigan хimiyaviy elеmеntlаr kirаdi. Sоf hоldа uchrаydigan elеmеntlаrning sоni 30 dаn оrtiq, ulаr litоsfyerа, gidrоsfyerа vа trapоsfyerаlаrning umumiy mаssаsidаn 0,1% ni tаshkil etаdi. Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.



Sul’fidlаr

Sul’fidlar tarkibiga oltingugurtning S2 - anioni kiradi. Elementlarning oltingugurt bilan qo'shilib hosil qilgan birikmasi sul’fidlar deb ataladi. Ular tog' jinslarida, ko'pincha ma'danlar tarkibida ko'p uchraydi. Sul’fidlar sinfi 250 ga yaqin mineralni, ya'ni ma'lum bo'lgan minerallarning taxminan 10% ini tashkil qiladi. Ko'pchilik sulfidlar gidrotermal yo'l bilan hosil bo'ladi, biroq magmadan, uchuvchi komponentlaridan ham hosil bo'ladi.

Gаllоid birikmalar

Bu sinfgа vоdоrоdli kislоtаlаrining turlаri: ftоr, хlоr, brоm vа yоd hоsil qilgаn minerаllаr kirаdi. Yer po’sti tаrkibidа bulаrning 2000 gа yaqin minerаllаri bоr.

Bulаrdаn Ftоr vа Хlоrlаr ko’p tаrqаlgаn.

Ftоrlаr – NaF kislоtаsining tuzlаridаn hоsil bo’lgаn minerаllаri. Bulаr gidrоtermаl, hаqiqiy mаgmаtik vа pnеvmаtоloid jаrаyonlаridа hоsil bo’lаdi. Ulаrdаn bа’zilаri cho’kindi yo’l bilаn vujudga kеlаdi.

Хlоridlаr - хlоridi minerаllаr (Nа, K vа MgS2 lаr). kumush, mis, qo’rg’оshin, simоb tuzlаri kаm uchrаydi. Ko’pinchа хlоridlаr ko’l vа dеngiz hаvzаlаridа kimyoviy cho’kindi tаriqаsidа vujudgа kеlаdi. Ulаr suvsiz vа suvli хlоridlаrgа bo’lingаn.

Gаllоidlаr O’zbеkistоnning Qurаmа, Chоtqоl vа Hisоr tоg’ tizmаlаridа uchrаydi.



Оksidlаr vа gidrоksidlаr

Kislorod va suv bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stidagi oksidlarning umumiy og`irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi, qolgan qismida aluminiy, marganes, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar, gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit - CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2 O3, ilmenit – FeTiO3 , megnetit - FeO Fe2 O3 , shpinel – MgAl2 O4 , xrizoberill – BeAl2 O4 , rutil – TiO2, kassiterit – SnO2, priluzit – MnO2 , uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.



Kаrbоnаtlаr

Karbonatlar sinfiga 80 dan ortiq minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalsit –CaCO3, magnezit – MgCO3, siderit – FeCO3 , smitsonit – ZnCO3, rodoxrozit – MnCO3, serussit – PbCO3, malaxit – Cu2 [CO3 ] (OH)2 , azurit – Cu3 [CO3]2, (OH)2 suvli karbonatlarga soda – NaCO3 10 H2 O kiradi. Kаrbоnаtlаr - yer po’sti umumiy mаssаsining 2 % tini tаshkil etаdi.

Bu minerаllаr O’zbеkistоn territоriyasining hаmmа yeridа uchrаydi.



Sul’fatlar

Bu guruh minerallariga sulfat kislotaning selenatli va selenitli birikmalari kiradi. Bu sinfga kiruvchi minerallar 175 dan ortiq, ularning ayrimlari qo`shimcha anionlar [PO4], [AsO4](CO3] tufayli hosil bo`ladi. Sulfatlarning tuzilishida [SO4]-2 anionining ahamiyati ulkan, bunda olti valentli oltingugurtni kislorodni qurshab olgan va ular faqat yirik ikki valentli kationlar bilan birikishi natijasida barqaror panjaralar hosil qiladi. Sulfat minerallarini hosil qilishda faol kationlardan: Ca, Ba, Na, Pb, K, Mg, Cu, Zn ning roli katta



Vol’framatlar va molibdatlar

Bu guruhga 15 dan ortiq minerallar kiradi. Ularning aksariyati volfram va molibden kislotalarining tuzlari. Minerallarning asosiy qismini Ca, Fe, kamroq Pb, Mn+2, Cu+2, kationlar tashkil qilib, ba`zan o`zaro izomorf qatorlarini hosil qiladi.

Vol’framat guruhiga gubnerit – MnWO – ferberit – FeWO4 izomorf aralashma qatori minerallari kiradi. Bularning ko`p xususiyatlari bir-biriga juda yaqin va tabiatda ular keng tarqalgan.

Vоl’frаmаtlаr endоgеn shаrоitidа, yer po’stining chuqur qismlаridа skаrn vа gidrоtyerаl shаrоitlаrdа hоsil bo’lаdi. Vоl’frаmаtlаrning аsоsаn ikkitа minyerаli kеng tаrqаlgаn.

1.Vоlfrаmit

2. Shiееlit

Volfrаm mеtаll qоtishmаlаridа ishlаb chiqаrishdа, hаrbiy tехnikа mеtаll ishlаb chiqаrishdа, bоshqа minyerаllаr tаrkibigа qоtishmа sifаtidа qo’shilаdi vа elеktrоlаmpаlаr, simlаrш ishlаb chiqаrishdа qo’llаnilаdi. Vоlfrаmаtlаrning minyerаllаri kаm tаrqаlishigа qаrаmаy O’zbеkistоndа Vоlfrаm kоnlаri vа uning zахirаlаri "Ingichkа" dеb nоmlаngаn vоl’frаm kоnidа mаvjud, Urgut yuqоrisidаgi Sаlguzоr ; tоg’lаridа "Yaхtоn" dеb nоmlаngаn vоl’frаm kоni, Sаmаrqаnddа "Ko’ktоsh" dеgаn kоn, Nurоtа tоg’ tizmаsidа "Lаngаr” dеb аtаlgаn vоl’frаm kоni tоpilgаn.

Fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar

Ushbu guruh minerallari fosfor, margimush va vanadiylarning tuzlari bo`lib, tabiatda kam tarqalgan. Ularni hosil qiluvchi kationlar – Al, Fe, Mn, Ca, Zn, Cu va Rb. Fosfatlar, arsenatlar va vanadat minerallarining ichki tuzilishini tashkil qilishda qo’yidagi tetraedrlar radikali [PO4]-3, [AsO4]-3 va [VO4 ]-3 muhim hisoblanadi.



Silikаtlаr

Silikatlar sinfiga juda ko’p minerallar kiradi. Tabiatda ma’lum bo’lgan mineral turlarining taxminan 3/1 qismi silikatlarga to’g’ri kaladi. A.YE. Fersmanning hisobiga ko’ra silikatlar yer po’stining 75% tashkil etadi.

Juda ko’p silikatlar, hamma magmatik tog’ jinslarda ularning gidrotermal o’zgargan xillarida ham kontakt-metasomatil mahsulotlardagina emas, balki ularning nurash mahsulotlarida ham, juda ko’p cho’kindi tog’ jinslarida (asosan gil va gilli slaneslarda) ham, nihoyat xilma-xil kristallangan slaneslarda ham eng muhim jins tuzuvchi mineral bo’lib qoladi. Deyarli hamma foydali qazilma konlarining mineral tarkibida, faqat ruda minerallarining yo’ldoshi sifatida emas, balki ko’p hollarda qimmatli metallarga (Ni, Zn, Be, Zr, Li, Cs, Rb, U, TR va h.k.) ega bo’lgan mineral sifatida ham katta rol o’ynaydi. Silikatlardan iborat bo’lgan metallmas foydali qazilmalar ham juda ko’p. Bir qator silikatlar (zumrad, akvamarin, turmalin, topaz, rodonit, nefrit va boshqalar) qadimdan qimmatbaho hamda bezak toshlari sifatida ishlatilib kelinmoqda.

4-jadval


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish