O’tkinchi jarayonlarning asosiy turlari
Sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda (masalan, generator yoki yuklamalarni uzilishi yoki qo’shilishi) elektr va elektromexanik zanjir bilan bog’liq energiya miqdorini o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, qisqa tutashuvlarda, ayniqsa uch fazali qisqa tutashuvda, barcha energiya shikastlanish joyida sarflanadi va shuning uchun u erda qurilmalarning mexanik buzilishini, ravshan portlashni yoki shu kabilarni kuzatish mumkin. Bu jarayon juda tez sodir bo’ladi, kuchlanish deyarli zudlik bilan nolgacha kamayadi, lekin boshlang’ich momentda generator va motorlarning aylanish tezliklari ularning inersionliklari tufayli o’zgarishsiz qoladi. Aylanuvchi mashinalarning vallaridagi momentlar balansi o’zgarishi hisobiga ularning aylanish tezligi sekin asta o’zgaradi. Boshqacha so’z bilan aytganda, agregatlarning elektromagnit va mexanik holatlari o’zgarish tezligi sezilarli farq qiladi. Shuning uchun o’tkinchi jarayonlar tadqiqot paytida paydo bo’lish sabablari, tebranishlar chastotasi, kechish vaqtiga ko’ra turlicha guruxlarga bo’linadi. Vaqt bo’yicha farq qiluvchi o’tkinchi jarayonlarni qisqacha ko’rib o’tamiz.
O’tkinchi jarayonlarning birinchi ko’rinishi – bu to’lqinsimon o’tkinchi jarayonlar bo’lib, ular ichki, kommutatsiya, momakaldiroq va boshqa o’takuchlanishlar bilan bog’liq. Sistema elementlarining mexanik holatlarini o’zgarishi, masalan, generator, turbina rotorlarining aylanish tezligini o’zgarishi va boshqalar ushbu jarayonlarning kechishiga tasir ko’rsatmaydi. Ushbu jarayonlarni yuz berish va kechish vaqti ttul=(10-510-8) s mobaynida bo’ladi. Ushbu hodisa ma’lumotlarini yuqori kuchlanish texnikasi kursida o’qitiladi.
Elektromagnit o’tkinchi jarayonlar sistemada yuz berayotgan mexanik holatlarni hisobga olmagan holda o’rganiladi. Masalan, sinxron generatorlardagi elektromagnit o’tkinchi jarayonlar generator rotorlarini aylanish tezligining o’zgarmasligi shartida p=const ko’riladi. Bunday jarayonlarning sodir bo’lish va kechish vaqti tem=2 (10-210-3) s ni tashkil etadi.
O’tkinchi jarayonlarning uchinchi turi - bu elektromexanik o’tkinchi jarayonlardir. Ushbu jarayonlarga generator, turbina, motorlarning aylanish tezliklarining o’zgarishi sezilarli darajada tasir qiladi. Biz sistemaning elektromagnit va mexanik holatlarini bir vaqtda ko’rib chiqamiz va bunda ularni birgalikda va o’zaro tasirlarini hisobga olamiz. Ushbu holatlardan kursning tarkibi, nomi va mazmuni kelib chiqqan. Ushbu o’tkinchi jarayonlarning sodir bo’lishi va kechish vaqti uni xarakterlovchi (U, I va boshqalar) fizik kattaliklarning tarqalish vaqtidan sezilarli darajada katta bo’lib, tem= 0,0210 s. atrofida va undan katta bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |