Концепция реализации денежно-кредитной политики


VI. Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar



Download 460,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana14.02.2023
Hajmi460,71 Kb.
#911159
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

VI. Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar
Inflyatsion targetlashga o‘tishning huquqiy asoslari yaratilganligi hamda pul-kredit siyosatining tamoyil va mexanizmlarini amaliy jihatdan qayta ko‘rib
chiqish jarayonining boshlanganligiga qaramasdan, ushbu rejimga to‘laqonli o‘tish qator xatar va cheklovlar hisobiga qiyinlashadi.
Bozor mexanizmlari ta’sirida almashuv kursining moslashuvchanligini oshirish, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorining kengayishi va rivojlanishiga
xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarda oltin-valyuta rezervlarini maqsadli darajada saqlash bilan bir qatorda valyuta bozorida qimmatbaho metallarni
sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish hamda inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-
tadbirlar Kompleksida keltirilgan vazifalarning amalga oshirilishi, o‘z navbatida, moliya bozorlari rivojlanishiga xizmat qilib, pul-kredit siyosatining ta’sir
kanallarini mustahkamlashga yordam beradi.


Xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar inflyatsion kutilmalarining barqaror yuqori darajada saqlanib qolayotganligi inflyatsion targetlashga
muvaffaqiyatli o‘tish jarayonidagi asosiy cheklovlardan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning barcha sektorlarini erkinlashtirish davrida inflyatsion
bosimning oshishi inflyatsion xatarlar saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Inflyatsion kutilmalarning o‘tgan yillardagi narxlar dinamikasi asosida shakllanishini hisobga olganda, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni pasaytirish va
barqarorlashtirish o‘tish davridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirining yuqori bo‘lganligi sababli ushbu vazifalarni amalga oshirish yanada qiyinlashadi va inflyatsion targetlashga
muvaffaqiyatli o‘tishda qator to‘siqlarni vujudga keltiradi.
Mazkur sharoitlarda inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi Markaziy bank kommunikatson siyosatining ta’sirchanligi hamda aholining amalga
oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda narxlar o‘sishining sabablari va narxlar barqarorligini ta’minlash borasida
ko‘riladigan choralarni aholiga tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, valyuta bozorining shakllanishi sharoitida valyuta siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatning liberallashtirilishi jarayonlarining davom ettirilishi
bilan bog‘liq xatarlar ham kuzatiladi.
Bunda erkin suzib yuruvchi valyuta kursiga o‘tishda valyuta kursining qisqa muddatli keskin tebranishlarini yumshatish va valyutani xedjirlash
instrumentlarini rivojlantirish orqali salbiy oqibatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish, pul-kredit siyosati instrumentlarining ta’sirchanligi hamda samaradorligini kamaytiruvchi sabablarni bartaraf etish bilan
uzviy bog‘liq.
Moliya sektorining institutsional jihatdan sust rivojlanganligi va yashirin iqtisodiyotda katta hajmdagi naqd pul mablag‘lari aylanmasining mavjudligi
Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiruvchi omillardan hisoblanadi.
Davlat qarz majburiyatlarining muomalada mavjud emasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish hamda bank sektorining
ushbu qarz instrumentlaridan garov ta’minoti sifatida foydalanib, qisqa muddatli likvidlikni jalb qilish imkoniyatlarini cheklaydi.
Tashqi iqtisodiy xatarlar ko‘p jihatdan eksport tarkibi va iqtisodiyotga valyuta tushumlari dinamikasi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunday holatlarda,
qimmatbaho metallar bozoridagi narxlar o‘zgarishi hisobiga hamda qo‘shni mamlakatlar va asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy muammolar
natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni minimallashtirish talab etiladi.

Download 460,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish