ASOSLASH.
Tanlangan mexanizatsiyalarni asoslashda quyidagi faktorlarga e’tibor qaratiladi:
Burg’ilash qurilmasi tanlanishi dolota turiga, zaboyga ta’sir qilish usuli va tezligiga, skvajina diametri va chuqurligiga bog’liq.
Burg`ilash uskunasini tanlashning asosiy parametrlaridan biri tog` jinslarini burg`ilanuvchanlik ko`rsatkichidir va u V.V Rjevskiyning emperik formulasi orqali topiladi.
Pb = 0,07(σsj + σsd) + 0,7γ=0,07(100 + 40) + 0,7*2.1=11
bu yerda: σsj - 34-450 MPa σsd -0,01-75 MN/m2 – tog’ jinslarining siqilishga va siljishga mustahkamligi chegaraviy qiymatlari.
Ishlab chiqarish amaliyoti ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, sharoshkali burg’ilash stanoklari texnik burg’ilash tezligining o’rtacha qiymatlari tog’ jinslarining M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsienti f ga bog’liq bo’ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: f=6-16 bo’lsa - D1=0,2 m, nv=160-80 min-1 va Ros=0,12-0,22 MN bo’lganda vb.t=0,34-0,13 m/min, tashkil etadi; D1=0,25 m, nv=81 min-1 va Ros=0,18-0,3 MN bo’lganda vb.t= 0,32-0,1 m/min , tashkil etadi ; f=6-20 bo’lsa, D1=0,32 m, nv=80 min-1 va Ros=0,45-0,55 MN bo’lganda, vb.t=0,29-0,15 m/min ni tashkil etadi.
Tog` jinslarini burg`ilanuvchanlik ko`rsatkichi mexanik burg`ilash usulida 5 ta sinfga bo`linadi:
I sinf –yingil burg`ilanuvchanlik (Pb = 1÷5); II-sinf o`rta burg`ilanuvchanlik (Pb = 5,1÷10); III sinf – qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb = 10,1÷15); IV sinf –o`rta qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb = 15,1÷20); V sinf –uta qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb = 20,1÷25);tog` jinslarini ko`rsatkichlari Pb > 25 bo`lganda kategoriyadan tashqari xisoblanadi.
Burg’ilash stanoklarini tanlashning ikkinchi asosiy ko’rsatkichi bu skvajina diametrini D (m), tanlashdan iboratdir. Skvajina diametrini aniqlash formulasi:
D = K ∙ Lk = 0.156 ∙1.8=0.280 (m)
Bu yerda:
K=0.156- tog’jinslarini katta bo’laklarini hisobga oluvchi imperik koefitsentdir.
Lk –tog’ jinsi bulagining maksimal o’lchami. U to’rtta usul bo’yicha aniqlab topiladi:
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, qazuvchi-yuklovchi mashina cho’michining geometrik ko’rsatkichlariga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
m
Bu yerda:
Ek - 4÷30 m3 –yuklovchi mashina cho’michining hajmi;
-ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, tashuvchi vosita kuzovining hajmiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
; m
Bu yerda:
Ekuz – tashuvchi vosita kuzovining sig’imi m3;
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami,kanveyer uskunasining yuk tashuvchi elementi, qabul qilish qobilyatiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
; m
Bu yerda:
BS –kanveyer lentasining eni, m;
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, qayta ishlash korxonasida maydalash-saralash kompleksi va maydalash uskunasi bunkerining qabul qilish tuynigiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
; m
Bu yerda:
Vd –bunkerni qabul qilish eni, m.
Skvajina diametrini aniqlash uchun tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami yuqoridagi tengsizliklardan eng kichigi tanlab olinadi.
Burg`ilash uskunasini tanlash kon korxonasining burg`ilash ishlarining yillik hajmi va ish joyining texnologik parametrlari hisobga olinadi.
b) Qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlash quyidagi sharoitlarda ishlab chiqiladi:
-tog’ jinslarini qazib olishga bo’lgan qiyinchilik ko’rsatkichi va solishtirma kovlash qarshiligi V.V.Rjevskiyning imperik formulasi orqali aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |