Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari



Download 34,05 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi34,05 Kb.
#694165
Bog'liq
Kon ishlari Mustaqil ish 1



Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
Konchilik fakulteti
Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari” fanidan

mustaqil ish

Guruh: 19B-20 TMJ


Bajardi: Usmanova U
Qabul qildi: Giyazov O

Navoiy-2022



Mavzu: Ochiq konchilik ishlarida portlatish ishlari
Reja:
1.Konlarni ochiq usulda qazib olish va uning mohiyati to’g’risida tushuncha.
2.Kon jinslarini qazishga tayyorlash usullari.
3.Portlatish skvajinalari va ularning parametrlari.
Bevosita yer yuzida turib foydali qazilmalarni qazib olish uchun bajariladigan kon qazish ishlari majmui ochiq kon ishlari deb yuritiladi. Mamlakatimizda konlarni ochiq usulda qazib olish 1947-yildan boshlangan bo’lib, hozirgi vaqtda ko‘mir metall konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi (85 - 90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100%) ochiq usulda qazib olinmoqda. Qisqa vaqt ichida konlarni ochiq usulda qazib olishning bunday tez rivojlanishi, birinchidan , ochiq kon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kon-transport uskunalari bilan mexanizatsiyalashgan imkoniyatlar mavjudligi (karyerlarning katta geometrik o’lchamlarga ega bo’lishi) bo’lsa, ikkinchidan, konlarni ochiq usulda qazib olishning yer osti usuliga nisbatan quyidagi afzalliklaridir:
1) kon qazish ishlarini yuqori darajada kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyatlarining yer osti usuliga nisbatan yuqori bo’lishi;
2) mehnat unumdorligini yer osti usulidagiga nisbatan 3 - 5 marta ko‘p bo’lishi;
3) solishtirma kapital xarajatlaming (yillik ishlab chiqarish quvvatining bir birligi - It yoki 1 m3 ga to‘g‘ri keladigan kapital xarajat miqdori) kichik bo’lishi;
4) ochiq usulda qazib olingan foydali qazilma tannarxining yer osti usulidagi tannarxga nisbatan 2 - 4 barobar arzon va ishlab chiqarish rentabellik darajasining yuqori bo’lishi;
5)ochiq usulda kon qazish ishlarining nisbatan xavfsiz va gigiyenik sharoitlarining yaxshi bo’lishi.
Konlarni qazib olish ishlarining qisman bo’lsada ob-havo sharoitlariga bog’liq bo’lishi va katta maydonlaring qishloq xo’jalik oborotidan chiqib ketishi, shuningdek, yer osti suv balansining buzilishi hamda konlarni ochiq usulda qazib olishning yer osti usuliga nisbatan atrof-muhitga salbiy ta’sirining ko‘proq bo’lishi konlarini ochiq usulda qazib olishning kamchiliklari hisoblanadi.Hozirgi vaqtda chuqurligi 500 - 700 m va undan ham chuqur bo’lgan karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda. Pog'onalar balandligini 10 - 12 m dan 40 m gacha oshirishga imkon yaratilgan. Transportsiz va transport-ag’darma texnologik sxemalaming keng qo’llanilishi asosida ochiq usulda kon qazish ishlarining jadallik darajasi oshib, karyerlarning yillik chuqurlashish tezligi 15 - 20 m ni tashkil etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, karyerlaming yillik ishlab chiqarish quvvati yuqori bo’lishini taminlamoqda.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash keyingi jarayonlarni (kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash, qabul punktlariga tashish, ag'darma hosil qilish, qayta ishlash va boshqalar) bajarish uchun qulay sharoit va texnologik imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajarilishi mumkin. Hozirgi vaqtda konlarni ochiq usulda qazib olishda kon jinslari massivini qazishga tayyorlash ishlarida quyidagi usullardan keng foydalaniladi. Kon jinslarini bevosita massivdan ajratib olishga asoslangan mexanik usul, gidravlik usul, maxsus maydalagich mashinalari yordamida maydalash, burg’ilash-portlatish asosida kon jinslarini massivdan ajratib olish va boshqalar.
Mexanik usulda yumshoq va bo'shoq kon jinslari ekskavator yoki boshqa kon qazish mashinalari bilan bevosita massivdan ajratib olinadi va transport vositalariga yuklanadi yoki qazishdan bo'shagan maydonga to'kiladi. Gidravlik usul o'zidan suv yoki boshqa suyuq moddalarni o'tkazib yuborish xususiyatiga ega boigan, g'ovakdor kon jinslarini (foydali qazilmani) qazishga tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda yuqori bosimdagi suyuqlik oqimi jins g'ovaklariga kirib, jins zarrachalarini bir-biriga bog’lab turgan modda (sement) ni eritib, jinsning qattiqlik darajasini pasaytiradi, ya'ni yumshatadi. Maxsus yumshatish (maydalagich) mashinalari katta quvvatga ega bo’lgan traktorga osilgan qurilma bo’lib, yarimqoyasimon kon jinslarini qazishga tayyorlashda qo’llaniladi. Burg’ilab-portlatish usuli qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlashda keng qo’llaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi boiaklarining chiziq bo'yicha maksimal o’lchami qazib
yuklash va tashish vositalarining parametrlariga mos kelishi zarur. Qozonsimon zaryad usuli qo’llanganda katta miqdordagi portlovchi modda zaryadi (400 - 2000 kg) skvajinaning ostki qismi maxsus burg'ilash snaryadi yoki kichik hajmdagi PM zaryadini portlatish asosida kengaytirilgan, qozonsimon ko'rinishga ega boigan skvajinaga joylashtiriladi. Karyerlarda portlatish ishlarini olib borishda qo’llaniladigan zaryad turlari: a-skvajina zaryadi; b-qozonsimon zaryad: d—shpur zaryadi; e, f—mos ravishda shurf va shtolnya kamera zaryadlari; g - ustqo'ym a zaryad. 1-PM zaryadi; 2—tiqin; h - pog‘ona baladligi; W - pog'ona osti bo'yicha qarshilik chizig’i. Bu usul skvajinaga katta hajmdagi PM zaryadini joylashtirish mumkin bo'lmagan, skvajina ostki qismi qiyin portlaydigan jinslardan tashkil topgan hollarda va baland pog'onalarni portlatishda, shuningdek, tog'
yonbag’irlarida yarimtransheyalar o'tishda qo’llaniladi.Shpur-zaryadi usuli. Bu usulda portlovchi modda zaryadi diametri 75 mm gacha, chuqurligi 5 m gacha bo’lgan shpurlarga joylashtiriladi. Portlatish ishlari hajmi kichik, turli navdagi rudalarni saralab qazib olish, yuqori qiymatga ega boigan foydali qazilmalami qazib olish, nogabaritlarni ikkilamchi maydalash, pog'ona ishchi maydonidagi to'siqlarni yo'qotish, pog'onalar qiyalik tekisligini ta’minlash kabi ishlarni bajarishda bu usuldan keng foydalaniladi. Kamera-zaryadi usuli . Bu usul juda katta massaga ega bo'lgan (bir necha tonnadan yuz tonnalargacha) portlovchi modda zaryadini maxsus tayyorlangan kameralarga joylashtirishini kо’zda tutadi va tog’li relyefga ega bo'lgan joylarda massivni bir yo'la qo'porib tashlash, xandaqlar barpo etish, kotlovanlar, to'g'onlar hosil qilish kabi ishlarni bajarishda
qo'llanadi. Ustqo‘yma-zaryad usuli. Nogabaritlami ikkilamchi maydalash va qiyin sharoitlarda yordamchi ishlarni bajarishda qo’llanadi. Bu usulda portlovchi modda zaryadi maydalanishi lozim bo’lgan jins bo'lagi (obyekti) ustiga joylashtiriladi. Portlatish skvajinalari silindr shakliga ega kon lahimi bo'lib, ular portlovchi modda zaryadini joylashtirishga mo'ljallangan bo'ladi. Portlatish skvajinalarining parametrlari. Skvajina diametri kon ishlari hajmi, jinslarining fizik-texnik xossalari va ularning maydalanganlik darajasiga qo'yiladigan talablami hisobga olgan holda tanlab olinadi. Karyerlarda, asosan, diametri 100 - 320 mm bo'lgan portlatish skvajinalaridan foydalaniladi. Kichik diametrga ega bo'lganskvajinalar qiyin portlaydigan qattiq jinslarini portlatishda qo’llanadi. Katta diametrga ega bo’lgan skvajinalar esa oson va
o‘rtacha qiyin portlaydigan jinslarni portlatishda ishlatiladi. Skvajina chuqurligi pog'ona balandligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq bo’lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: bunda h - pog‘ona balandligi, m. Perebur (skvajinaning ortiqcha burg’ilangan qismi) skvajinadagi PM zaryadi portlatilganda pog‘ona ishchi maydonining tekis bo’lishi (ishchi maydonda do‘ngalaklar bo’lmasligi)ni va transport kommunikatsiyasini joylashtirish hamda uni surish ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida burgilanadi. Perebur miqdori pog‘ona balandligi, pog‘ona ostki maydoni bo‘yicha qarshilik chizigi, PM xususiyatlari, jinslarining fizik-texnik xossalari va konning yotish sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Perebuming taxminiy miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Ip = (\0 + I5)ds, m.
Ayrim hollarda oson portlaydigan jinslarda pereburning minimal miqdori I <10d bo’lishi. qiyin portlaydigan qattiq jinslarda esa lf>J5ds bo’lishi mumkin. Agar pog'ona ostidan pastda yupqa foydali qazilma qatlami joylashgan bo’lsa, perebur burgilanmaydi, hatto ayrim hollarda skvajinalar ham pog'ona ostigacha yetkazib burgilanmaydi. Skvajina qiyalik burchagi. Karyerlarda vertikal skvajinalar keng qo’llaniladi. Chunki vertikal skvajinalar burg’ilash stanoklarining yuqori unumdorlik bilan ishlashi va skvajinalarni mexanik usulda zaryadlash uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Download 34,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish