Kon ishlari asoslari



Download 0,55 Mb.
bet38/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

A-A




3.11-rasm. Qavatni majburiy buzib, qisilgan rudani yonboshdan tushirib olish tizimi:

1 — yo‘lak; 2 — ort; 3 — rudatushirgich; 4 — burg‘ilash shtreki;

5 — rudani massivdan ajratib olish skvajinalari; 6 — muhofaza to‘sig‘i;

7 — shamollatish shtreki; 8 — tebranma konveyer; 9 — tebranma yuklagich.
Bu qazish tizimida ruda qavatning bor bo‘yiga skvajinalar orqali siqilgan muhitda (qulatilgan jinslar bosimi ostida) ajratib olinadi va blok yonboshidan yetkazib berish lahimiga tu- shiriladi.

Rudani yonboshdan tushirish uchun xizmat qiladigan lahim tepasida qoldirilgan selik rudani tushirib olish mobaynida qazib olinadi. Skvajinalar diametri 100—150 mm ni tashkil etadi.

Blokni qazishga tayyorlash skvajinalarni burg‘ilash va yet­kazib beruvchi lahimlar o‘tish, blok yon tomonlari bo‘ylab ko‘tarilmalar orqali qirqmalar hosil qilish hamda ularga (qirq- malarga) ruda yotqizig‘i tepasidagi kon jinslarini qulatishdan iboratdir. Qulatilgan jinslar ruda massivini siquvchi material vazifasini o‘taydi. Massiv siqilgandan so‘ng rudani vertikal qatlamlar bo‘ylab birin-ketin massivdan ajratib olinadi. Skvaji­nalar veyer (yelpig‘ich)simon joylashtiriladi. Qazish tizimining o‘lchamlari: qavat balandligi — 50—60 m, blok uzunligi 50 m.

Rudani tushirib olish qazish ishlarining asosiy bosqichi bo‘lib, bu jarayonda, dastlab blokdan toza ruda tushadi va uning hajmi blokdagi ruda hajmining 20—25% ini tashkil qiladi. Keyinchalik esa, tushirib olinayotgan ruda sifati pasayib bora- di. Chunki ajratib olingan ruda ustiga qulatilgan kon jinslari rudaga aralashib, uni sifatsizlantiradi, ya’ni tushirib olingan ruda massasidagi metall miqdorining kamayishiga olib keladi. Rudani yonboshdan tushirish vaqtida, ruda sifatsizlanishi oshib boradi va nihoyat, ruda sifatiga qo‘yilgan talab darajasi uning tarkibidagi metallning minimal miqdorigacha yetib boradi. Shundan so‘ng rudani yetkazib berish lahimidan bevosita tushirib olish to‘xtatiladi. Blokda qolgan rudani yetkazib beruv­chi lahimiga o‘rnatilgan surilib yuruvchi tebranma ta’min- lagichli tebranma konveyer yordamida yoki o‘ziyurar yuklab- tashuvchi uskunalar yordamida tushirib olinadi.

Rudani ommaviy (ko‘plab) massivdan ajratib olishga asoslangan qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa-da, bu tizimlar qo‘llanilganda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishi boshqa tizimlarga nisbatan katta bo‘ladi (20% gacha bo‘lishi mumkin).

Qator kon-geologik sharoitlarda qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlash ruda qazish texnologiyasining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari, asosan, qimmatbaho, o‘z-o‘zidan yonish xususiyatiga ega bo‘lgan konlarni qazib chiqarishda qo‘llanadi. Bu qazish tizimida qazish bo‘shlig‘i mustahkamlagichlar yorda- mida, uni kon jinslari yoki boshqa materiallar bilan to‘ldirish orqali yoki har ikkala usulni bir vaqtda, parallel qo‘llash bilan saqlanadi. Qazish bo‘shlig‘ini saqlashning yuqorida keltirilgan usullari qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari tavsifini belgilab beradi.

Qazish bo‘shlig‘ini mustahkamlab qazib olish tizimi boshqa tizimlarga nisbatan ancha qimmat hisoblanadi. Biroq bu tizim ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanish miqdorining kamayishini ta’minlaydi.

Ushbu tizimlar ichida eng qimmati (ko‘p xarajat talab qila- digani) qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirib qazib olish tizimidir. Shu sababli bu qazish tizimi juda qimmatbaho rudalarni qazib olishda qo‘llanadi. Qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirishga asoslangan qazish tizimi ko‘p xarajat talab qilsa-da, bu tizim qo‘llanilganda ruda yo‘qotilish va sifatsizlanish darajasi boshqa tizimlarga nisbatan ancha kam bo‘ladi.

Konchilik amaliyotida to‘ldiruvchi materiallar bilan qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirishda turli usullardan foydalaniladi. To‘ldi- ruvchi materiallarni o‘z og‘irlik kuchi ta’siri asosida qazish bo‘shlig‘iga joylashtirish, mexanik, pnevmatik va gidravlik usullarda (qurilmalar yordamida) qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirish ruda konlarini qazib chiqarishda keng qo‘llanadigan usullar hisoblanadi. Ba’zan qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirishda tez qotib, mustahkamlanuvchi to‘ldiruvchi materiallar aralashmasi qo‘lla- niladi.

Qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirib rudani qazib olishga asoslangan qazish tizimlaridan eng ko‘p yo‘llaniladigan — ruda yotqizig‘ini gorizontal qatlamlar bo‘yicha qazish tizimidir (3.12-rasm).

Bu tizim turli kon-geologik sharoitlardagi ruda konlarini qazib olishda qo‘llanishi mumkin (kichik qalinlikdagi yotiq joylashgan ruda yotqiziqlari bundan mustasno). Bunda blok gorizontal qatlamlar bilan pastdan yuqoriga yo‘nalishda qazib olinadi. Har bir qatlam qazib olinishi bilanoq, qazilgan bo‘shliq to‘ldirma materiallari bilan to‘ldiriladi. To‘ldirma qazish







Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish