Kon ishlari asoslari


-rasm. Rudani shpurli ajratib olish sxemalari



Download 0,55 Mb.
bet33/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

3.6-rasm. Rudani shpurli ajratib olish sxemalari: a — qatlamlab ajratib olish; b — shift-pog‘onalab ajratib olish; d — nimqavatlab ajratib olish; e — vertikal shpurlar orqali ko‘tarilish bo‘yicha rudani tabaqalab ajratib olish; f — shift pog‘ona usulida rudani ajratib olish; g — nimqavat bo‘yicha rudani ajratib olish.
Shpurli ajratib olish usuli, asosan, qalinligi 5—8 m gacha bo‘lgan va har qanday og‘ish burchagiga ega ruda yotqiziq- larini qazib olishda qo‘llaniladi.

Qalin ruda tanalari (qalinligi 6—8 m dan katta)ni qazib olishda rudani massivdan ajratib olish skvajinalarga joylash- tirilgan zaryadlarni portlatish orqali amalga oshiriladi. Skvajina- larning chuqurligi 40—60 m gacha, diametri 60—150 mm gacha bo‘lishi mumkin.

Skvajina usulida rudani ajratib olish ochiq kompensatsion kamerada (bo‘shliqda) yoki siqilgan muhitda, ya’ni maydalan­gan kon massasi bilan to‘ldirilgan makonda bajarilishi mumkin (3.7-rasm), kompensatsion bo‘shliq hajmiga nisbatan ajratib olinadigan ruda hajmi ikki barobardan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Jipslashish xususiyatiga ega bo‘lmagan qalin, qattiq va o‘rtacha qattiq ruda yotqiziqlari massivdan rudani ajratib olib siqilgan muhitda skvajinalarni portlatish usulida amalga oshiriladi. Bu esa massivdan ajratilgan rudaning yaxshi maydalanishini ta’minlaydi (3.7-rasm).




3.7-rasm. Rudani skvajinalar bilan massivdan ajratib olish sxemalari:

a — kompensatsion bo‘shliqda; b — siqilgan muhitda.

1 — ruda tushirish voronkasi; 2 — kompensatsion kamera; 3 — skvajinalar;

4 — siqilgan ruda.
Ruda ajratib olishning skvajina usuli blok massividagi ruda­ning vertikal, gorizontal yoki qiya qatlamlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda skvajinalarni blok kavjoyda parallel yoki yelpig‘ichsimon tarzda joylashtirish mumkin. Odatda, skvaji­nalar bir necha qator (5 qatorgacha) joylashtiriladi va ular orasidagi masofa 2—2,5 m bo‘lishi mumkin.

Markazlashtirilgan katta hajmdagi portlovchi modda zarya- dini portlatib, rudani massivdan ajratib olish usulida portlovchi modda zaryadi maxsus tayyorlangan kon lahimiga joylash- tiriladi. Bu usul qalin va qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan ruda yotqiziqlarini, shuningdek, kameralar orasidagi qoldiril- gan seliklarni qazib olishda qo‘llaniladi.

Rudani mexanik usulda massivdan ajratib olish nisbatan yumshoq rudalarni (marganes, kaliy va boshqa tuzlar) qazib olishda qo‘llaniladi.

Rudaning o‘z-o‘zidan qulashiga asoslangan ajratib olish usuli amaliyotda juda kam qo‘llaniladi. Bunda ruda yotqizig‘i o‘ta darzdor bo‘lgani sababli qazish blokdagi ruda o‘zining og‘irlik kuchi va yuqoridagi jins qatlamlarining bosimi ta’sirida qulab, massivdan ajralib tushadi. Bu usul iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. U qo‘llanilganda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishini boshqarib bo‘lmaydi.



  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish