Kon ishlari asoslari



Download 0,55 Mb.
bet8/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

Gorizontal


0-3


0


0


Qiyaroq (yotiq)


3-18


10 gacha


25 gacha


Qiya


19-35


10-30


5


  1. -


  2. 2


O‘ta qiya


36-55


-


-


Tik


56-90


31-90


46-90

Tasnifdagi tafovutlar qatlam va foydali qazilma yotqiziq- larini qazib olish usuli va texnologiyasiga bog‘liqdir.
Foydali qazilma qatlami (yotqizig‘i) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o‘tkazilgan chiziq uzunligi tushuniladi.
Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik, qatlam shifti bilan asosi o‘rtasidagi gorizontal chiziq bo‘yicha masofa qatlami gorizontal qalinlik (mg), vertikal chiziq bo‘yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi.
Qatlam qalinligi, ko‘pincha, o‘zgaruvchan bo‘ladi, ya’ni bir joyda qalin bo‘lsa, ikkinchi joyda yupqaroq, uchinchi joyda esa, yanada yupqaroq bo‘lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o‘rtacha qalinlik (mor) atamasidan foydalaniladi.
Ko‘mir qatlamlari va ruda yotqiziqlarining qalinlik bo‘yicha tasnifi 1.2-jadvalda keltirilgan.


1.2-jadval

Foydali qazilma yotqiziqlarining qalinlik bo‘yicha tasnifi


Qalinlik bo‘yicha qatlam (yotqiziq) rusumlari


Qalinlik, m


Ko‘mir qatlamlari


Ruda

konlari


Yerosti usulida

qazish


Ochiq usulda qazib olishda


Gorizontal va yotiq


Qiya va o‘ta qiya


Juda yupqa


0,7 gacha


-


-


0,6

gacha


Juda kichik qalinlik


-


3-5 gacha


15-20

gacha


-


Yupqa


0,71-1,2


-


-


0,6-2


Kichik qalinlik


-


6-20


25-75


-


O‘rtacha qalinlik


1,21-3,5


20-40


75-100


2-5


Qalin


>3,5


-


-


5-20


Juda qalin


-


-


-


>20


Katta qalinlik


-


>40


>100


-

Foydali qazilma yotqiziqlarining yotish elementlari o‘ta o‘zgaruvchan bo‘lib, ko‘mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o‘zgaradi, ruda konlarida esa, yotish elementlari keng miqyosda o‘zgaradi.



  1. Foydali qazilmalarning zaxiralari va qazib olish jarayonida yo‘qotilishi

Yerostida, kon joylashgan o‘rnida to‘plangan foydali qa­zilma miqdori kon zaxirasi deb ataladi (zaxira tonna yoki kub metrda o‘lchanadi).


Konning umumiy yoki uning bir qismidagi (o‘rganilgan qismidagi) zaxirasi geologik zaxira deyiladi. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga nisbatan geologik zaxira balans va balansdan tashqari zaxiralarga bo‘linadi, ya’ni


Zgeol Zbal+Zbal.t.
Balans zaxira o‘rganilgan zaxira bo‘lib, mavjud texnika va texnologiya yordamida qazib olinib, xalq xo‘jaligida foyda- langanda yetarli darajada iqtisodiy samara beradigan geologik zaxira qismi.
Balansdan tashqari zaxira esa, zamonaviy texnika va texno­logiya yordamida qazib olinib, xalq xo‘jaligida foydalanilganda iqtisodiy samara bermaydigan geologik zaxira qismidir (hajmi kichik, sifatsiz, yupqa, murakkab geologik sharoit va hokazo).
Balans zaxira, o‘z navbatida, sanoat zaxirasi va yo‘qotilish qismlariga ajraladi, ya’ni:


Zbal Zsan + Zyo‘qot.
Sanoat zaxirasi - bu balans zaxiradan konni qazib chiqarish jarayonlarida yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan qismining ayirmasi- ga teng bo‘lgan va yer yuziga chiqarib beriladigan balans zaxira qismi.
Sanoat zaxirasining balans zaxiraga nisbati zaxirani qazib olish koeffitsiyenti deb ataladi (C).

z

Q san

Zbal

Yo‘qotilish - qazib olish jarayonlarida foydali qazilma - balans zaxirasining yerostida qolib ketadigan qismi.
Yo‘qotilishning balans zaxiraga nisbati yo‘qotilish koef­fitsiyenti (Ky) deb ataladi.
_■ z>'

Zbal
Demak, C + Ky = 1 ekanligi aniq.
Konchilik amaliyotida foydali qazilma yo‘qotilishi muqar- rar bo‘lib, uning miqdori ko‘pgina omillarga, asosan, iqtisodiy, geologik, texnik va texnologik omillarga bog‘liq. Ulardan aso- siylari: yotqiziqning qalinligi va og‘ish burchagi; kon usti yer yuzida saqlanishi lozim bo‘lgan inshootlar (obyektlar) mav- judligi; konning yotish sharoiti murakkabligi; qazish ishlarida qo‘llanadigan texnika va texnologiyalar va h.k.
Foydali qazilma yo‘qotilishini kamaytirishga oid tadbirlar katta miqdorda qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, qazib olingan foydali qazilma tannarxi yuqori bo‘lishiga olib keladi. Zamonaviy konchilik korxonalarida foydali qazilma yo‘qotilish miqdorlari ularning turiga nisbatan katta diapazonda o‘zgaradi.
Masalan, ko‘mir konlarida yotiq va qiya qalinligi o‘rtacha bo‘lgan qatlamlarni qazib chiqarishda yo‘qotilish 10-5%ni tashkil qilsa, qalin va o‘ta qiya qatlamlarni qazib chiqarishda 25-30% ni tashkil qiladi.


  1. Kon lahimlari

Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin.


Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq ishlar majmuyi kon ishlari deyiladi.
Yer qobig‘ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun’iy bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi.
Kon lahimlari bajaradigan vazifasiga ko‘ra o‘rganish va kon qazish (ekspluatatsion) lahimlariga ajratiladi.
Konlarni qazib chiqarish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish.
Shunga ko‘ra ekspluatatsion kon lahimlari ham uchga, ya’ni kapital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlariga bo‘linadi.
O‘tilgan joyga nisbatan kon lahimlari ochiq va yerosti kon lahimlariga ajraladi. Ochiq kon lahimlari yer yuzida, yerosti lahimlari esa, kon jinslari orasida barpo etiladi.
Yer qobig‘ida joylashishi bo‘yicha kon lahimlari vertikal, gorizontal va qiya bo‘lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo‘lishi mumkin (1.6-rasm).









Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish