Kon ishlari asoslari


-rasm. Shaxta maydonini vertikal va gorizont kvershlaglari bilan ochish



Download 0,55 Mb.
bet58/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

4.7-rasm. Shaxta maydonini vertikal va gorizont kvershlaglari bilan ochish:

1, 2 — bosh va yordamchi stvollar; 3, 4 — birinchi va ikkinchi gorizontlar kvershlaglari; 5 — shamollatish kvershlagi; 6 — shurf.
Bu ochish usulida bir vaqtning o‘zida ikki gorizontdagi zaxiralar har bir gorizont uchun mustaqil xizmat qiladigan ko‘tarish qurilmasi yordamida qazib olinadi, go‘yo alohida ko‘mir qatlamlarini qazib olayotgan ikki shaxtaga o‘xshaydi. Bunda yuqori gorizontdagi qazish kavjoylari doimo pastki gorizont kavjoylaridan o‘zib borishi lozim, aks holda yuqori gorizont qatlamlarining ostini qazish natijasida bo‘shliq hosil bo‘lib, o‘pirilish xavfi tug‘ilishi mumkin. Bosh stvol har bir gorizontdan ko‘mirni alohida ko‘tarish uchun ikkita ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlanadi. Yordamchi stvol esa, bitta ko‘tarish qurilmasiga ega bo‘lishi mumkin.

So‘nggi gorizont zaxiralarini qazib olish uchun stvolni chu- qurlashtirish shart emas.

Agar qatlam og‘ish burchagi 18° dan oshmasa, so‘nggi gorizont zaxirasini undan oldingi gorizoni lahimlari yordamida qazib olish mumkin.

Konchilik amaliyotida bosh ochuvchi lahimlarni chuqur- lashtirish asosida ko‘p gorizontli ochish sxemasi ko‘proq uch- rab turadi. Bu sxemada og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha birin-ketin stvollarni chuqurlashtirib, shaxta maydoni qismlarga ajratiladi va har bir gorizont kvershlaglar o‘tish yo‘li bilan ochiladi. Shu sababli ushbu kvershlaglar gorizont kvershlaglari deb ataladi (4.8-rasm).




4.8-rasm. O‘ta qiya va tik qatlamlarni vertikal stvollar va qavat kvershlaglari bilan ochish: 1, 2 — bosh va yordamchi stvollar; 3, 4 — tashish va shamollatish qavat kvershlaglari.
Shaxta maydonini vertikal stvollar va gorizont kvershlaglar bilan ochish usuli qatlamlarning og‘ish burchagi 8—18° (ayrim hollarda 25° gacha) va shaxta maydonining og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchami 2,5 dan 4 km gacha bo‘lganda qo‘llaniladi.

Stvollar dastlab birinchi gorizont belgisigacha o‘tiladi, bu gorizontdagi qatlamlar gorizont kvershlagi bilan ochiladi. Shu kvershlaglar orqali bremsberg maydonidagi zaxiralar qazib olinadi. Birinchi gorizontdagi zaxiralarni qazib olish mobaynida stvollar ikkinchi gorizontgacha oldindan chuqurlashtirib borila- di va bu gorizontdagi qatlamlar ham gorizont kvershlaglari bilan ochiladi.

Ikkinchi gorizont zaxiralarini qazib olishda birinchi gorizont kvershlaglaridan shamollatish lahimlari sifatida foydalaniladi. Zahiralarni qazib olish bremsberg maydonida ham, uklon maydonida ham shu tartibda amalga oshiriladi.

Shaxta maydonini vertikal stvollar va gorizont kvershlaglar bilan ochish usuli quyidagi afzalliklarga ega:


  • shamollatish sxemasi sodda;


  • kon-tayyorlov lahimlarini o‘tish va saqlash uchun sarfla- nadigan xarajatlar nisbatan kam;


  • qazish maydoni va kavjoylar yuklamasi (vaqt birligi ichi- da qazib olinadigan foydali qazilma miqdori) yuqori.


Shuningdek, bu ochish usulining quyidagi kamchiliklari ham mavjud:


  • stvollarni tez-tez chuqurlashtirib borish zaruriyati;


  • gorizontning (boshqa ochish usullariga nisbatan) ishlash muddatining qisqaligi;


  • ochuvchi gorizont kvershlaglarini o‘tish va saqlash xa- rajatlarining ko‘pligi va boshqalar.



  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish