Kon ishlari asoslari


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 1,88 Mb.
bet84/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Nazorat uchun savol va topshiriqlar


  1. Ochiq kon ishlari ta ’rifi va rivojlanish yo ‘nalishlarini so ‘zlab bering.


  2. Ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari va kon jinslarining texnologik xususiyatiarini aytib bering.


  3. Karyer (razrez)ning asosiy elementlariga nimalar kiradi?


  1. Konni ochish koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? Uning turlari va aniqlash usullarni tavsiflab bering.


  2. Karyerlarda kon jinslarini qazishga tayyorlashning qanaqa usullarini bilasiz va ular qanday sharoitlarda qo ‘llanadi?


  3. Karyerlarda qazib yuklash ishlari deganda nimani tushunasiz va ushbu jarayonlarni qanday texnik vositalar bilan mexanizatsiyalashtiriladi?


  4. Karyer transporti, unda qo ‘llanadigan transport vositalari, ulardan foydalanish yo ‘llarini tushuntirib bering.


  5. Karyerlarda qoplama jinslar ag‘darmalari hosil qilish usullari, ag‘darma turlari va ularni qo ‘llash sharoitlarini so ‘zlab bering.


  6. Ag‘darma hosil qilishda qanday texnik vositalardan foydalaniladi?


  7. Karyer maydoni deganda nimani tushunasiz?Karyer maydonini ochish usullari, sxemalari va ularni qo ‘llash sharoitlarini tushuntirib bering.


  8. Ochiq usulda konlarni qazib olishda qanaqa qazish tizjmlari qo‘llanadi?


  9. Ochiq usulda kon qazish tizimlari qanday jarayonlar asosida tasniflanadi (Y.F. Sheshko, N. V. Melnikov, V. V. Rjevskiy tasniflari) ?


  10. Karyer maydonini rekultivatsiya qilish deganda nimani tushunasiz va uning mohiyati nimada ?

FOYDALI QAZILMALARNI QAYTA ISHLASH VA BOYITISH ASOSLARI 6.1. Turli foydali qazilmalardan foydalanishda boyitishning ahamiyati



Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida ishlatiladigan metall, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqa mineral xomashyolarning manbayi hisoblanadi.

Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon bo‘ladi. Biroq faqat qattiq foydali qazilmalargina boyitish obyekti bo‘ladi.

Yer qa’ridan qazib olingan mineral xomashyoni dastlabki qayta ishlash jarayonlari majmuyi asosida foydali qazilmani foydasiz kon jinslaridan ajratib olish foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Boyitish natijasida olingan bir yoki bir necha mahsullar konsentrat deb ataladi. Foydali qazilma massasidagi foydali komponentning katta qismi konsentrat tarkibida bo‘ladi, massaning qolgan qismi boyitish chiqindisi hisob­lanadi. Chiqindi tarkibi, asosan, foydasiz kon jinsidan, ozgina qismigina foydali komponentdan tashkil topadi. Foydali komponent miqdori konsentratdagiga nisbatan kam, chiqin- didagiga nisbatan ko‘p bo‘lgan kon massasining qismi oraliq mahsuli deb yuritiladi. Barcha qattiq foydali qazilmalar metall, nometall va yonuvchi turlarga ajratiladi.

Metall foydali qazilmalarga qora, rangli, siyrak, qimmatbaho va boshqa metallar ajratib olinadigan rudalar kiradi. Nometall elementlar, birikmalar, qurilish materiallari, tirnovchi (obraziv) va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyolar nometall foydali qazilma deb ataladi. Yonuvchi foydali qazilmalar (ko‘mir, slanes, torf)dan yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun xomashyo sifatida foydalaniladi.

Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi birin-ketin baja- riladigan qator jarayonlardan iborat bo‘lib, boyitish fabrika- larida amalga oshiriladi. Foydali qazilmani qayta ishlash orqali undan tarkibida bir yoki bir necha qimmatli foydali



komponenti ko‘p, zararli unsurlari oz bo‘lgan tovar mahsu- lotlarini ishlab chiqaruvchi korxona boyitish fabrikasi deyiladi. Boyitish fabrikalari hududiy joylashishiga ko‘ra individual, guruh va markaziy boyitish fabrikalari deb nomlanadi.

Individual boyitish fabrikasi bitta shaxta (rudnik)dan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va ushbu shaxta hududida joylashadi.



Guruh boyitish fabrikasi o‘zaro yaqin joylashgan shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga mo‘ljallangan bo‘lib, shaxtalardan birining hududiga joylashgan bo‘ladi.

Markaziy boyitish fabrikasi bir necha shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va alohida hududga joylashadi.
  1. Boyitish jarayonlari va texnologik ko‘rsatkichlari




Foydali qazilmalarni boyitish tayyorlovchi, asosiy va yor- damchi jarayonlardan tashkil topadi.

Tayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash hamda foydali qazilmani omuxtalashni o‘z ichiga oladi.

Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta’sirida foydali qazilmadagi foydali minerallar ajratilib, kon- sentratga, qolgan qismi chiqindilarga o‘tkaziladi.

Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentratni) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me’yoriga keltirish, ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo‘lgan changlarni bostirish (tutib olish) bilan bog‘liq ishlardan tashkil topadi.

Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi.

Masalan, boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, zichligi, shuningdek, magnitlanish, elektrik va shu kabi boshqa xossalardan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi. Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko‘mirni qo‘lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi. Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko‘mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini tanlab olishda katta ahamiyatga egadir. Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi.

Minerallar zichligi o‘zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo‘lishi) asosida ruda va ko‘mirni boyitish jarayonlari bajariladi. Minerallarning turli kuchlanishga ega bo‘lgan magnit maydo­nida magnitlanish darajasining turlicha bo‘lishiga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo‘llaniladi. Elektr maydonda mineral zarrachalarning elektrik va mexanik kuchlar ta’sirida turlicha munosabatda bo‘lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektrik boyitish rudalarni boyitishda qo‘llaniladi.

Boyitish fabrikalarida, ko‘pincha, mustaqil boyitish ja­rayonlari sifatida flotatsiya, gravitatsiya va magnit kabi boyitish usullaridan foydalaniladi.

Boyitishning natijalarini bir yoki ikki ko‘rsatkich orqali ifodalab bo‘lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy ko‘rsatkichlardan foydalanish lozim bo‘ladi. Asosiy ko‘rsat- kichlar — foydali komponentning boyitiladigan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajralib olingan foydali komponent miqdori va h.k.

Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komponent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati kom­ponent miqdori deyiladi. Komponent miqdori, odatda, foiz- larda, birlik ulushlarida, qimmatbaho metallar esa, gramm/ tonnalar bilan o‘lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Komponent miqdorlari quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:

a — boyitiladigan rudadagi komponent miqdori; в — konsentratdagi komponent miqdori; в в —oraliq mahsulot va chiqindi tarkibidagi komponent miqdorlari.

Boyitishdan olingan mahsulot (konsentrat) massasining boyitiladigan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va у orqali belgilanadi. Boyitilgan mahsulotdagi foydali komponent massasini ushbu kom- ponentning boyitiladigan foydali qazilma tarkibidagi massasiga nisbati orqali komponentli boyitilgan mahsulotga ajratib olish darajasi tavsiflanadi (e harfi bilan ifodalanadi). Foydali kom- ponentning konsentratdagi miqdori boyitilgan mahsulot tarkibiga qancha komponent ajratib olinganligi darajasini ifodalaydi.

Boyitishning barcha texnologik ko‘rsatkichlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, agar ko‘rsatkich- lardan birining miqdori aniq bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkich- larning miqdorlarini ham hisoblash asosida aniqlash mum- kin bo‘ladi.

Masalan, foydali komponentning boyitiladigan va boyitil­gan mahsulot tarkibidagi miqdori aniq bo‘lsa, boyitish jarayonida hosil qilinadigan mahsulot (konsentrat) hajmi, foydali komponentni konsentratga ajratib olish miqdori kabi boshqa ko‘rsatkichlar ham hisoblash asosida aniqlanadi. Agar boyitiladigan foydali qazilma miqdori Qboy, boyitilgan mahsulot miqdori Qk va chiqindi miqdori Qr orqali belgilansa, olinadigan konsentratning nisbiy miqdori Yk (%) va chiqindi hajmi Yr (%) quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi:


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish