Kon ishlari asoslari



Download 1,88 Mb.
bet68/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Ьяваимж


4.16-rasm. Nimqavat shtreklari bilan qazib olish tizimi.

shamollatish shtreklari qazish maydoni flanglaridan o‘tiladigan ko‘mir tushirgich hamda shamollatish sirpanmalari (skatlari) bilan tutashtiriladi. Sirpanmalar orasida tabaqa konveyer shtreki o‘tiladi.

Shunday qilib, birinchi nimqavatning yuqori tabaqasida joylashgan ko‘mir zaxirasi qazish ishlari boshlanguncha har tarafdan kon-tayyorlov lahimlari bilan chegaralab qo‘yiladi.

Shamollatish sirpanmasi yaqiniga ko‘mirni qazish, yuklash, tashish, kon bosimini boshqarish, mustahkamlash va boshqa jarayonlarni mexanizatsiyalashtiradigan AKZ agregati montaj qilinadi.

Bunda ko‘mir qatlami (tabaqa) ning qalinligi 1,6—2,5 m va og‘ish burchagi 35—80° bo‘lishi lozim. AKZ agregati qo‘llanilganda qazish kavjoyida ishchilarning doimiy bo‘lishi talab etilmaydi. Ishchilar agregatni montaj va demontaj qilish vaqtidagina kavjoyda bo‘ladilar.

AKZ agregati kavjoydan tashqariga o‘rnatilgan pult orqali boshqariladi.

Agregat surilib borishi mobaynida hosil bo‘lgan bo‘shliq tez qotadigan materiallar bilan to‘ldirib boriladi. Shu bilan bir vaqtda, lava ketidan pastga joylashgan nimqavatni qazish uchun shamollatish shtreki shakllantirib boriladi va yangi tashish tabaqa shtreki o‘tiladi.

Nimqavat shtrekli qazish tizimida qalinligi 3,5—10 m, og‘ish burchagi 40—90° qatlamlarning buzilish amplitudasi 2 m gacha bo‘lgan uchastkalarning kavjoy oldi bo‘shlig‘ini mustahkamlamasdan, burg‘ilab-portlatish usulida qazib olishda, qatlam qalinligidan kelib chiqqan holda, qazish maydoni qatlam va maydon sxemalari bo‘yicha (ayrim tayyorlov lahimlari ko‘mirdan, ayrimlari esa atrof jinslardan o‘tiladi) qazishga tayyorlanishi mumkin.

Tashish va shamollatish shtreklari qatlam zaminidan o‘tilib, sirpanmalar bilan o‘zaro tutashtiriladi. Qazish maydoni balandligi 40 m gacha bo‘lgan nimqavatlarga bo‘linadi. Nimqavat da uzunligi 4—5 m bo‘lgan qazish shtreklari o‘tiladi.

Qavatdagi nimqavatlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olinadi, bunda yuqori nimqavatdagi qazish ishlari pastdagi nimqavatdagidan kamida 15 m o‘zdirilgan bo‘lishi shart.

Qavatni qazib olish ishlari qatlamning butun qalinligi bo‘yicha kesuvchi tirqish o‘tish bilan boshlanadi. Shundan so‘ng kengligi 1—1,5 m bo‘lgan ko‘mir burg‘ilab-portlatish usulida massivdan ajratib olinadi.

Buning uchun qazish shtrekidan bitta tekislik bo‘yicha yelpig‘ichsimon yo‘nalishda shpurlar burg‘ilanadi. Zaryadlar turkumlab (seriyalab) portlatiladi. Kavjoy 10—15 m ga suril- gandan so‘ng shift qulatiladi va yuqori gorizontdagi qulagan jinslarning bir qismi ham qazilgan bo‘shliqqa tushiriladi.

Shiftni qulatish tajriba asosida belgilanadi. Shiftni qula- tishga mo‘ljallangan seliklarning kengligi 2—3 m bo‘lishi mumkin. Shiftni qulatish bilan qazish ishlari sikli o‘z nihoyasiga yetadi va yangi sikl boshlanadi.

Yuqorida qayd etilgan buzilgan uchastkalarni qazib olish texnologiyasi quyidagilarni ta’minlaydi: oylik ko‘mir qazib olish — 6,5—7,5 ming tonna, uchastka bo‘yicha mehnat unumdorligi — 60—90 t/oy, 1000 t qazib olinadigan ko‘mirga to‘g‘ri keladigan kon-tayyorlov lahimlarning uzunligi — 33—37 m, yog‘och sarfi — 25 m3.



    1. Download 1,88 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish