Kon ishlari asoslari



Download 1,88 Mb.
bet56/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

a b d




4.6-rasm. Shaxta maydoni hududida bosh va yordamchi stvollarning o‘zaro joylashish sxemalari.
asosan, ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlashda foydalaniladi.

Flangli joylashtirishda bosh stvol shaxta maydoni marka- zidan o‘tilgan bo‘lib, yordamchi stvollar shaxta maydonining yuqori chegarasi bo‘yicha flangiga joylashtiriladi (4.6-d rasm).

Aralash joylashtirishda shaxta maydoni markazida ikkita, ba’zan uchta stvol joylashtirilgan bo‘lib, maydonning yuqori chegarasi bo‘yicha har bir pol yoki pollar guruhi uchun markaziy, flangli stvollar yoki shurflar o‘tiladi (4.6-e rasm). Markaziy stvollar yuklarni tashish va shaxtaga toza havo yuborish uchun xizmat qiladi. Shamollatish stvollari orqali ishlatilgan havo yer yuziga chiqarib tashlanadi.

Bosh ochuvchi stvollar soni va ularning o‘zaro joylashishiga nisbatan shaxtani shamollatishda markaziy-juftlangan, marka- ziy-chetlangan, flangli, seksiyali va chetlangan shamollatish sxemalaridan foydalaniladi.

Markaziy-juftlangan shamollatish sxemasida barcha ochuv­chi lahimlar (vertikal, qiya stvollar va shtolnyalar) shaxta maydonining cho‘ziqligi bo‘yicha, taxminan, uning o‘rtasiga joylashgan bo‘ladi. Toza havo stvollarning bin orqali shaxtaga kirib, qanotlar bo‘ylab tarqaladi, tayyorlov va qazish kavjoy- laridan o‘tib (shamollatib), yana markazga qaytib keladi hamda boshqa stvoldan yer yuziga chiqib ketadi.

Bu sxema chuqurligi katta bo‘lgan shaxtalarni shamol­latishda qo‘llaniladi. Yer usti texnologik kompleksining yig‘iq (kompaktli) bo‘lishi, muhofaza seliklarida yo‘qotiladigan ko‘mir miqdorining kam bo‘lishi, umumshaxta depressiyasi hisobiga shamollatish xarajatlarining kichik bo‘lishi ushbu sxemaning afzalliklari hisoblanadi.

Markaziy-juftlangan shamollatishning asosiy kamchilik- laridan biri — o‘ta gazdor, gaz va ko‘mirning to‘satdan otilib chiqishi xavfi bor shaxtalarni ishonchli shamollatish ishlari qiyinlashib ketadi.

Flangli shamollatish sxemasida bosh ko‘tarish va havo yuboriladigan vertikal (qiya stvol yoki shtolnya) stvollar shaxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha, taxminan, o‘rtasiga joylash­tirilgan bo‘lib, ishlatilgan havoni chiqarib tashlovchi shamol- latish stvollari esa, shaxta maydoni qanotlarining yuqori chegarasiga joylashgan bo‘ladi. Bu sxemada toza havo markaziy stvoldan yuborilib, asosiy gorizont lahimlari bo‘ylab harakat qiladi va qazish kavjoyini shamollatadi. Ishlatilgan havo shamollatish gorizonti lahimlariga o‘tib, flang stvollari (shurf- lari) orqali yer yuziga chiqib ketadi.

Bu sxema kon ishlarining xavfsizligini ta’minlaydi, chunki unda kamida uchta va undan ko‘p yer yuziga chiqish yo‘llari mavjud bo‘ladi. Flangli shamollatish sxemasi, asosan, yer yuziga yaqin joylashgan konlarni yoki chuqurga joylashgan konlarning yuqori gorizontlarini shamollatishda qo‘llaniladi. Flangli shamollatishning quyidagi asosiy kamchiliklari mavjud: kapital xarajatlarning ko‘pligi, shaxtani qurish va ishga tushirish muddatining uzoqligi, shamollatish inshootlarining tarqoqligi va boshqalar.

Blokli ochish sxemasida qo‘llaniladigan stvollarni seksion joylashtirishda asosiy (markaziy) stvol havo yuboruvchi, yon tomondagi stvollar esa, ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlovchi lahimlar hisoblanadi.

Seksion shamollatish sxemasi shaxtaning umumiy aerodi- namik qarshiligini kamaytiradi va shamollatish lahimlarining ko‘ndalang kesim yuzi kichik bo‘lishiga imkon yaratadi.

Bunday shamollatishda havo yo‘nalishlarini boshqarish, kon gazi va yong‘inlariga qarshi kurash anchagina oson bo‘ladi.

Markaziy-chetlangan shamollatish sxemasi, asosan, ishlab chiqarish quvvati nisbatan kichik bo‘lgan shaxtalarda qo‘lla- niladi. Bu sxemada bosh stvol shaxta maydoni markazida joylashgan bo‘lib, shamollatish stvollari uning yuqori chegaralari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Shamollatish stvoli vazifasini shurf ham bajara olishi sababli ushbu sxemada bittagina stvol o‘tish kifoyadir. Bu esa shaxtani qurish muddati va kapital xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va bu sxemaning asosiy afzalligi hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu sxema kamchiliklardan ham xoli emas, chunonchi, bremsberg va uklon maydonlarining shamollatish oqimlari turlicha bo‘lishi shaxta maydonini bir tekis shamol­latish ishlarini murakkablashtiradi.



  1. Download 1,88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish