Kon ishlari asoslari


Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar



Download 1,88 Mb.
bet5/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar

Yer qobig‘i yoki litosfera — bu yuqoridan gidrosfera va atmosfera bilan, ostidan esa mantiya bilan chegaralangan, qalinligi 15—70 km ga teng Yerni o‘rab olgan tosh qobiq bo‘lib, turli jinslardan tashkil topgan. Kon jinslari, o‘z navbatida, tub va ustama jinslarga ajraladi.


Tub jinslar — hosil bo‘lgan joylaridan qo‘zg‘almagan va buzilmagan (parchalanmagan) jinslar.
Ustama jinslar — tub jinslarning buzilishidan (parchalanib, maydalanishidan) hosil bo‘lgan yumshoq cho‘kindi jinslar.
Tub jinslar, asosan, issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta’sirida yemiriladi. Buning natijasida hosil bo‘lgan jins zarrachalari o‘z o‘rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta’sirida ma’lum masofaga ko‘chgan bo‘lishi mumkin.
Tub jinslar hosil bo‘lishiga nisbatan magmatik, cho‘kindi va metamorfik guruhlarga bo‘linadi.
Magmatik jinslari erib turgan magmaning sovushidan hosil bo'lib, ularga granit, siyenit, diorit, gabbro, diobaz, bazalt va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi.
Cho'kindi jinslar, asosan, yog'ingarchilik natijasida suv tarkibidagi jins zarrachalarining cho'kishi, shuningdek, muzlik- lar harakati natijasida hosil bo'lib, ularga ko'mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gil kabi jinslar kiradi.
Metamorfik jinslar — magmatik va cho'kindi jinslarning yer ostida bosim va harorat va ta’sirida o'zgargan ko'rinishi bo'lib, ularga, asosan, kvarsitlar va marmarlar misol bo'ladi. Yer qobig'ining yuqori qismi (16—20 km chuqurlikkacha), asosan magmatik jinslardan tashkil topgan (95%), metomorfik jinslar 4% ni, cho'kindi jinslar esa 1% ni tashkil qiladi.
Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalardan tashkil topgan bo'ladi.
Yer qobig'i yoki uning ustida sodir bo'lgan fizikaviy- kimyoviy hodisalar oqibatida hosil bo'lgan tabiiy birikmalar mineral deb ataladi.
Kon jinslari va minerallar, agar ulardan tabiiy holda yoki qayta ishlashdan so'ng foydalanish mumkin bo'lsa, foydali qazilma hisoblanadi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko'rinishlarga ega bo'ladi.
Foydali qazilma yotqizig'ini o'rab olgan jinslar puch (foydasiz) jinslardir. Kon jinslarini foydali qazilma va puch jinslarga ajratish nisbiy hisoblanadi.
Yer qobig'ida tabiiy ravishda to'plangan va ma’lum hajmga ega bo'lgan jinslar foydali qazilma koni deb ataladi. Ular tub va sochma ko'rinishda bo'ladi.
Tub konlar — o'zlari hosil bo'lgan joydan qo'zg'almagan konlar. Sochma konlar esa tub konlarining fizik yemirilishi natijasida maydalanib, o'z joyida qolgan yoki ma’lum masofaga shamol va suv oqimi orqali tarqalgan konlardir. Agar sochma konlar maydalangan joyida qolgan bo'lsa, bunday konlar elyuvial sochma konlar, tub konga nisbatan ma’lum masofaga tarqalgan bo'lsa, delyuvial sochma konlar deb yuritiladi.
Qazib olinayotgan foydali qazilmaga nisbatan konlar ruda va noruda konlariga ajratiladi. Tarkibida turli metallar, kimyo sanoati uchun kerakli bo'lgan minerallar (foydali kompo-
nentlar) bo‘lgan foydali qazilma konlari ruda konlari deyiladi. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tabiiy qurilish materiallari konlari esa noruda konlaridir.




  1. Download 1,88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish