KOMPYUTERTAR TARMOQLARINING TEXNIK VOSITALARI Kompyuter tarmoqqurilmalari Kompyuter tarmoq qurilmalari to’grisida tushincha Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, Telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun ikkita struktura funksional bo‘g‘in ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi. Ishchi stansiyalar bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‘lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojat qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi, ham tarmoqli xam lokal rejimlarda ishlay oladi.
Server-bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‘rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p foydalanuvchili kompyuter bo‘lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi.
Firmaning turli bo‘limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‘lgan turli xil LHTlarini firma ichida birlashtirish zaruryati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday birlashtirish xech bo‘lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida keraklidir. Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo‘lgan intilish LHTni yuqoriroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin. Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlarishlatiladi. Takrorlagichlar (repitor) elektrsignallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir. Ko‘priklar(bridge) OSItarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqlar o’rtasidagi grafikni rostlaydi. Marshrutlovchilar(router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o‘zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‘lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo‘lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zibir bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi. Shlyuzlar(gateway) OSIning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun bayon nomali o‘zgartirishlarni bajaradi. Ko‘priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‘ida bu, odatta, dastur ta’minotli va qo‘shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHMdir. Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‘yiladigan talablar. Novell Net Ware LHTning asosiy bo‘g‘ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‘lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga bog‘liqdir.
Fayl-server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000Mbaytni tashkiletishi lozim. Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak. Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi. Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsizishlatish imkoniyatipaydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHTda fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyatini inkor qilinadi.
7.2.Tarmoqning aktiv qurilmalari 7.2.1. Serverlar Bugungi kunga kelib, axborot hajmining keskin ortib borishi va talab qilinayotgan vazifalar turining ko'pligi hisoblash texnikasiga bo'lgan talabning ham ortishiga olib keldi. Hisoblash texnikasi hayotimizning turli sohalarida(ilmiy masalalar, matematik modellash, Internet server, xosting, ilova va dasturiy maxsulotlar serveri va boshqalar) keng qo'llanilmoqda. Bular albatta-serverlardir. Server mijoz kompyuterlari soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati foydalanuvchilarni internetga ulaydi.
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server,Virtual server, Proksi-server, Ajratilgan server va Protokol. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Serverlarning turi kundan kunga ko'payib bormoqda va unga mo'ljallangan ehtiyot qismlarning ham soni oshib bormoqda. Blade–lezviya degani. Bu XXI asrning serverlaridir. Bladening birinchi nusxasi 2001-yilda ishlab chiqarilgan. Ushbu serverlar HP, IBM, Fujitsu va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Bladelar ko'p protsessorli serverlarni o'rniga yuqori ishlab chiqaruvuchanligi mavjud yagona protsessorlardan foydalanadi. 2 yadroli 4 yadroli 8 yadroli va hokazo. Bu esa serverda boshqarishni soddalashtiradi. Bladelarklaster serverlarga qaraganda kam joy egallaydi, energiyani iqtisod qiladi va ancha arzon tushadi. Blade sever blade tizim tarkibiga kiradi. O'z navbatida bleyde tizim quyidagilardan tarkib topgan: Blade–server–bu blok pitaniyasiz, passiv radiatorli va PCIrazyomsiz oddiy server, "keraksiz komponentlar" chiqarib tashlangan.
Korpus va passiv Backplane(o'rnatilgan qurilma kommutatsiyasi uchun xizmat qiladi).
Elektr manba va sovutish tizimi(ventilyator, blokpitaniya)
Tashqi kommutatsiya qurilmalari(Ethernet, FC va boshqalar).
Blade-server HPP reliant BL495cG5
Blade serverni yuqoridagi vetikal ko'rinishdagi HPP reliant BL495cG5 misolida ko'rsak bo'ladi. Ushbu server virtual serverlar infra tuzilmasi uchun keng qo'llaniladi. 4 yadroli 2.7G Gs chastotaga ega markaziy protsessor bilan ta'minlangan. Operativ xotira 4Gbni tashkil qiladi. Kesh–xotira 2–darajada 512Mb, 3-darajada 6Mbni tashkil etadi.